بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Amerika hodisalari va uning xalqaro pozitsiyaga ta’siri
Ustoz As’ad Mansur qalamiga mansub
Bugun Amerika xalqida ildiz otgan irqiy kamsitish muammosi portladi… 2020 yil 25 may kuni qora tanli amerikaliklardan birining oq tanli politsiyachi qo‘lida bo‘g‘ib o‘ldirilishi ortidan butun AQSh bo‘ylab norozilik namoyishlari kelib chiqdi. Bu hodisa Amerikadagi irqiy kamsitish qanchalar qabihligini, davlat o‘zining turfa xil millatlar, irqlar va oqimlardan tashkil topgan fuqarosini bitta doshqozonda toblashga muvaffaq bo‘lolmaganini ko‘rsatdi. 2011 yil o‘zgartirish yasash uchun yirik sarmoyadorlar zo‘ravonligiga qarshi «Uoll-stritni bosib oling» nomli norozilik namoyishi ortidan «Antifa» (antifashistik harakat) kabi yangi tashkilotlar tuzildi. Ko‘rinib turibdiki, Amerikadagi odamlar zo‘ravonlik bilan ustlaridan hukmronlik qilayotgan va mollarini talayotgan kimsalar Nьyu-Yorkdagi fond birjasida o‘tirib olgan sarmoyadorlar ekanini tushunib etishdi. Chunki AQShdagi boylar xalqning 1 %ni tashkil qiladi, ammo yurt boyliklaridan 99 %ga egalik qilishadi. Namoyishchilar mana shuni ta’kidlashdi va buni «Uoll-stritni bosib oling» nomli norozilik namoyishlari orqali ifodalashdi. Ular irqchilik ramzlarini buza boshlashdi. Masalan, irqchilikka qarshi namoyishlarning avji pallasida 2020 yil 11 iyunda AQShdagi Minnesota shtatining Sent-Pol shahrida o‘rnatilgan italiyalik dengiz sayohatchisi Xristofor Kolumbning haykalini ag‘darishdi.
Darhaqiqat, takabbur-millatchi amerikalik politsiyachining qora tanli shaxsni bo‘g‘ib o‘ldirishi AQSh va butun dunyoning g‘azabini qo‘zg‘adi. O‘z navbatida, bu narsa kapitalistik tuzum sababli barcha sohada o‘zlariga nisbatan adolatsizlik qilinayotganiga qarshi bo‘lgan odamlarning ham qo‘zg‘alishiga olib keldi. Haqiqatda, bu tuzum jamiyatning barcha qatlamlarida ayirmachilikni tan oladi. U irqiy kamsitishni tan olgani kabi, boylar bilan kambag‘allar o‘rtasidagi sinfiy ayrimachilikka ham ruxsat beradi. Mana, bu tuzumda boylar hurmat bilan muomala qilinib, har narsada zo‘ravonlik qilishyapti, kambag‘allar esa faqat tahqirlanyapti va e’tiborga olinmayapti. Odamlar millatiga qarab ajratilib, tuzumda bir xil ko‘rilmayapti. Masalan, Amerikada ko‘pchilikni tashkil qiluvchi millatlar boshqa millatlarni o‘z nazoratlari ostiga olib, o‘zlarining urf-odatlari, madaniyat va qarashlarini ularga zo‘rlab tiqishtirishmoqda. Shuningdek, kapitalistik tuzum turli din va mazhab egalari o‘rtasida diskriminatsiyaning hukmronlik qilishiga ham ruxsat beradi. Masalan, Amerikada hukmron din yoki mazhab vakillari boshqa din yoki mazhab vakillariga, xususan, musulmonlarga nisbatan haqoratlovchi munosabatda bo‘ladi.
Nьyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo Amerikada irqchilikning hamon davom etayotganidan shikoyat qilib, irqchilik «surunkali va bizga singib ketgan» illat, dedi. Jumladan, u bunday dedi: «Insonlarning aksariyati bu irqchilikni to‘xtatish juda muhim deb biladi. Odamlarni rangiga qarab o‘ldirish voqelikda bor narsa. Nahotki, Amerikani shu buyuk qilsa? Men bunday deb o‘ylamayman».
Ma’lumki, Britaniyaning mustamlakasi ostida bo‘lgan bu yurt, ilk Amerika sifatida tashkil topgan birinchi kundan boshlab diskriminatsiyaga asoslangan davlat bo‘ldi. Oq tanli evropaliklarga, ayniqsa ingliz-saksoniya protestantlarga, oq tanli boylarga hamma-hamma sohada keng imtiyozlar berilgan. Protestant bo‘lmagan muhojir evropaliklar esa, yigirmanchi asrning boshlarida ham diskriminatsiyaga uchraganlar. Shuningdek, Yaqin Sharq va Osiyodan kelgan muhojirlar diskriminatsiyaga uchraydilar. Ayniqsa, ulardan musulmonlari haligacha shunday illatning qurbonlari bo‘lmoqdalar. Qora tanlilarga kelsak, ular hech qanday haq-huquqlari yo‘q qul bo‘lishgan. 1863 yil boshida emansipatsiya va qullikni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa-da, biroq qora tanlilarga qullardek munosabat saqlanib qolgan… Ular bugungi kunimizgacha tinimsiz tahqirlanish, milliy kamsitilish va yomon muomalani boshdan kechirmoqdalar. Ta’kidlash zarurki, Amerika asil aholining bosh suyaklari ustiga qurilgan davlat. Darhaqiqat, asl aholi o‘z ona vatanlarida shafqatsiz qatli om qilinganlar va o‘nlab million qurbon berganlar. Qotil molboqarlar esa, o‘z qilmishlari bilan faxrlanib, uni Gollivud filьmlari orqali to‘g‘ri qilib ko‘rsatishga urinishadi, go‘yo erlik xalq qirg‘in etilishga mahkum vahshiylar emish!
O‘zining millatchiligi, irqchiligi va dimog‘dorligi bilan Amerika sistemasining asl basharasini namoyon etayotgan prezident Tramp milliy kamsitishga norozilik bildirayotganlarni bostirish uchun armiyani safarbar qilishni talab qildi. Buni u isyon to‘g‘risidagi qonunni tatbiq qilish orqali amalga oshirmoqchi bo‘ldi. Chunki u namoyishchilarga isyonchilar, deb qaradi. Ammo 2020 yil 3 iyunda AQSh Mudofaa vaziri Mark Esper Trampning bu niyatiga qarshi chiqib, «isyon to‘g‘risidagi qonunni qo‘llab-quvvatlamasligi»ni bildirdi hamda qora tanli Floydni o‘ldirilishini «dahshatli jinoyat va Amerikadagi real millatchilik», deb atadi.
Mudom amerikaliklar kapitalistik mafkuraga e’tiqod qilar ekanlar, bunday irqchilikdan aslo qutulolmaydilar. Xalos bo‘lish uchun Islomni qabul qilishdan o‘zga choralari yo‘q. Chunki Islom insonlarni ajratmaydi va buni qat’iy harom qilgan. Darhaqiqat, Islom davlati Allohdan taqvo qilish asosiga qurildi. Bu har bir inson barobardir, oq tanli bilan qora tanli o‘rtasi ajratilmaydi, degan ma’nodagi taqvodir. Islomdagi siyosiy etakchilik turli millat, rang va irqlardan iborat barcha xalqlarni bitta doshqozonda qaynatishi bilan yagona muvaffaqiyatli etakchilikka aylangan. Allohning izni ila, qaytadan roshid Xalifalik barpo etilganda, xuddi moziyda bo‘lgani kabi yana ushbu muvaffaqiyat amalga oshadi, balki undan ham ko‘proq amalga oshadi.
Mashhur amerikalik mufakkir Noam Xomskiy o‘z yurtidagi vaziyatni bunday ifodaladi: «Qo‘shma Shtatlar halokatga qarab ketmoqda. Buning sababi AQShda koronavirusga qarshi kurashda federal strategiya etishmaydi, hamma tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanmagan, shu bilan bir qatorda, bu yurt iqlim o‘zgarishining jiddiyligini ham tan olmaydi». Xomskiy o‘z yurtini koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rganligi sababini izchil boshqaruvning etishmasligi bilan bog‘lab, bunday dedi: «Oq uyni bir sotsiopat va paranoik kimsa boshqaryapti… Uni o‘z hukmronligini saqlab qolish va saylovda g‘olib chiqishdan boshqa narsa qiziqtirmaydi. Shundan kelib chiqib, u yirik boyliklar va mashhur ish ta’minlovchilardan iborat bazasini saqlash bilan ovora». Yana bunday dedi: «Bu epidemiyadan juda qimmat narxda chiqib ketamiz. Biroq bu ikki qutbdagi muz qatlamlarining erishidan, dengiz sathining ko‘tarilishidan va iqlim o‘zgarishining boshqa salbiy oqibatlaridan aslo qutulolmaymiz. Nima qilishimiz kerak?! Har bir mamlakat biror narsa qiladi. Lekin bu etarli emas. Qo‘shma Shtatlar esa, o‘z navbatida, falokat oqibatlarini kamaytiradigan dastur va qonunlar hujjatlarini bekor qilib, tubsizlikka tezda olib boradigan ishlarni qilish bilan band». Keyin qo‘shimcha qildi: «Ahvol shu. Ammo buni o‘zgartirish mumkin. Hamon kurashni davom ettirayotgan global kuchlar bor. Savol – bu kuchlarning kelajakda krizisdan qay yo‘l bilan chiqishni bilishlarida. Bu esa, olam taqdirini hal qiladigan masaladir». (Frans-Press, 2020 yil 25 may).
Roya gazetasining 2020 yil 7 oktyabr chorshanba kungi 307-sonidan