Amerika hamda parchalanishning turli xil yangi omillari

404
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika hamda parchalanishning turli xil yangi omillari

(Oltinchi so‘nggi qism)

Ustoz Hamd Tobib – Baytul Maqdis

Avvalgi halqalarimizda AQSh vujudini kemirayotgan, birligi va federatsiyasiga buzilish xavfini solayotgan asosiy ishlarni bayon qilib o‘tdik. Shuningdek, mufakkirlar, iqtisodchilar, siyosatchi va yozuvchilarning ayrim fikrlarini, ya’ni, xuddi Sovet Ittifoqi kabi, kelasi vaqtda ayni federatsiyaning bo‘linib, parchalanishini taxmin etishayotgani haqida so‘z yuritdik. Shulardan so‘ng ulkan va keng miqyosdagi savollarga etib keldik: Amerika qulab, federatsiyalari parchalangandan keyin nima bo‘ladi? Kapitalistik dunyodagi kapitalizm tizimining boshi vayron bo‘lsa, nima kutilmoqda? Insoniyat qanday alьternativaga muntazir bo‘lib turibdi? Ayniqsa, masalan, kapitalistik tuzum tarafdorlarining o‘zlari Sharqiy Evropada o‘tgan asrning boshlarida sotsialistik tuzum paydo bo‘lganida kapitalistik tuzumni tark etishgan. Shuningdek, o‘sha asrning o‘zida sotsialistik tuzum tarafdorlari bu tuzumlari emirilgandan so‘ng yana kapitalistik tuzumga qaytishgan.

Hozir qanday alьternativa bor, axir, insoniyat kapitalizmning buzuqligidan qancha-qancha azob-uqubatlarni boshdan kechiryapti, hatto kapitalistik davlatlarda, ayni tuzumning markazi bo‘lgan AQSh va Evropada ham uning zulmi va uzoq yillar mobaynida hech qanday erkinlik, inson huquqlarini ro‘yobga chiqarib bermaganidan odamlar bu tuzumdan zada bo‘lishdi-ku?

Insoniyatni qanday alьternativa kutmoqda, axir odamlar ko‘tarilib, erkin bozor singari kapitalizmning ko‘plab tamoyil va asosiy fikrlarini vayron qilishmoqda, shuningdek, namoyishlarga chiqib, Uoll-Stritdagi kapital va bizneslar hamda London va Parij bozorlari yo‘q qilinsin, deya hayqiradigan, bu yurtlarning eng taraqqiy topgan shaharlari ko‘chalarida kezadigan bo‘lib qolgan bo‘lsa?

Biz etib kelgan yorqin haqiqat shuki, insoniyatning sistema-tuzumlari insonga mos keladigan, aqlini qanoatlantirib, hayotida baxt-saodat, adolat va xotirjamlikni ro‘yobga chiqaradigan tuzumni yaratishdan ojizdir. Buning sababi, bu tuzum va sistemalar insonning kalta aqlining natijasidir. Ushbu tuban ojiz sistemalarning tarixini o‘rganib chiqadigan bo‘lsak shunga guvoh bo‘lamizki, kapitalistik tuzum cherkovlar, patriarxlar va dindorlarning zulmiga nisbatan instinktiv reaktsiya sifatida paydo bo‘lgan. Mufakkirlar va etakchilar hayot ishlarini tartibga soluvchi biror tuzum ishlab chiqmoqchi bo‘lishdi va ana shunda avvalgi voqelikdan ta’sirlangan hamda sog‘lom tarzda aqlga asoslanmagan mafkuradan kelib chiqib harakat qilishdi… cherkovlar davridagi qullikdan ta’sirlanishdi… Oqibatda erkinliklarga chaqirishdi va uni hayotlaridagi eng yaxshi narsaga aylantirishdi. Hatto barchalarining hayotiy ishlarida sig‘inadigan narsalari shu erkinlik bo‘lib qoldi. Natijada erkinlik kapitalistik qonunlarning har biriga asos bo‘ldi, hatto G‘arb davlatlaridagi hayotning poydevoriga aylandi.

Sotsializmga kelsak, u ham kapitalistik zulmga nisbatan reaktsiya va undan qutulish nazariyasi sifatida paydo bo‘lgan tuzumdir. O‘shanda Evropada mufakkirlar kapitalizm tuzumini o‘rganib chiqib, u zolim tuzum degan xulosaga kelishgan. Chunki kapitalizm qayta moliyaviy quldorlikni keltirib chiqaradi, hayotning har bir sohasida hukmron yagona sinfni paydo qiladi, deyishgan. Ya’ni, ular – cherkov zulmi va quldorligiga qarshi paydo bo‘lgan kapitalizmning o‘zi quldorlikdan ham yomon, cherkovdan ham zolimdir, shuning uchun undan qutulib, yangi mafkura va tuzum yaratish kerak va bu sotsializm tuzumi bo‘ladi, sotsializm tuzumi ana shu kapitalistlardan hukmronlik va burjuaziyani tortib oladi… degan xulosaga kelishdi. Natijada, ular yaratgan yangi sotsialistik sistema ham ilgari kapitalistik sistema tushgan xatolikka tushdi, ya’ni, ularning o‘zlari ham kapitalistlar singari yangi mafkuralarini g‘arizaviy reaktsiya asosiga qurishdi, boshqa narsaga emas.

Yo‘ldan ozgan zalolatdagi ushbu xalqlar uchun haqiqiy alьternativa sog‘lom aql va mulohazali mafkura ustiga bino bo‘lgan rabboniy sistemadir. Ushbu sistema inson uchun nima yaroqli ekanini, insoniyatni nima baxtli qilishini biladi va u Islom sistemasidir. Yolg‘iz uning o‘zi barkamol keng qamrovli rabboniy dindir. Yolg‘iz uning o‘zi aqlga asoslangan, ya’ni, sog‘lom fikr ustiga qurilgan dindir. Faqat ugina fikrlash jarayonida aqlni qanoatlantiradigan va hujjat keltirib, rushd-hidoyat va mulohazaga olib kelishga qodir sistemadir. Darvoqe, insoniyat bu sistemani uzoq yillar davomida o‘z tajribasidan o‘tkazgan… uning soyasida xotirjam, barqaror, adolatli tinch hayot kechirgan.

Haqiqatdan ham, bugungi kunda Evropa va AQShdagi insonlar aqliy muhokama yuritishning o‘zi bilan Islomga kirmoqdalar… Islomning go‘zalligi va adolatini siyosiy amaliy tuzum soyasida ko‘rmasdan ham musulmon bo‘lmoqdalar. Bas, shunday ekan, bu insonlar Islomni amalda tatbiq qiluvchi bir davlatda Islomning go‘zalligini, adolatini va o‘zgarmas, barqarorligini ko‘rishni istasalar nima bo‘lishi mumkin, tasavvur qiling?!

Ko‘plab g‘arblik yozuvchilar ham Islom dinini maqtadilar, uning o‘zgarmagan-barqarorligini va adolatini madh qilib, ugina haq dindir, ugina insonni zulmdan qutqarishga qodir, deya rostgo‘y guvohlik berdilar. Ushbu sharqshunos mufakkir va yozuvchilardan biri nemis yozuvchisi Sigrid Xunkedir. U o‘zining «Arab quyoshi G‘arbni nurafshon etmoqda» nomli kitobida bunday deydi: «Islom er yuzida eng bag‘rikeng va adolatli buyuk dindir, biz buni betaraf-xolislik bilan aytyapmiz va zolim qonunlarning unga qora chaplashlariga yo‘l qo‘ymagan holda gapiryapmiz…». Ingliz sharqshunosi Robert Smit bunday degan: «Muhammad shunday bir Kitobni olib keldiki, u etuklikda tengsizdir, shariatlar uchun dastur va bir vaqtning o‘zida, ham namoz, ham din va ham dunyodir. Qur’oni Karim butun insoniyatning muammolarini echa oladigan qilib yaratilgan kitobdir». Avstriyalik sharqshunos Jozef Alberman o‘zining «Islom beshigi» nomli kitobida bunday deydi: «Islom noyob ideal bir tuzumdir. Unga hozirgi asrimizda butun dunyo muhtoj… Bugungi kunda oramizda Muhammaddek bir buyuk insonga naqadar ehtiyojimiz bor. Chunki u «Musulmon musulmonning birodaridir», degan oddiy keng qamrovli so‘zi bilan irqiy ayrimachilikka birinchi bo‘lib chek qo‘ygan, shu uchta so‘z bilan muammoni hal qilgan. Biroq bugun esa, irqiy ayrimachilik muammosini hal etish uchun o‘nlab konferentsiyalar uyushtirildi, yuzlab kitoblar bitildi, biroq uni hal etishga muvaffaq bo‘linmadi». Frantsuz sharqshunosi Silьvestr de Sasi bunday degan: «Dunyoda Islomdek din yo‘q. Uning keng qamrovligi, jonliligi va har zamonu makonga yaroqliligi tengsizdir». Ispaniyalik sharqshunos Erik Pantnam o‘zining «Hayot» nomli kitobida bunday deydi: «Islom do‘stlik, vafodorlik, rostgo‘ylik va omonat… dinidir. Agar insofli bo‘lganimizda hamda oramizdagi ko‘rlarcha millatchilikni uloqtirganimizda, albatta musulmonlar safiga birlashgan bo‘lur edik. Holbuki, bu millatchilikni teologik ambitsiya sohiblari keltirib chiqarishgan va bizga uni istak-mayllariga ergashib to‘g‘ri yo‘ldan ozgan kimsalar qonun qilib berishgan…».

Ha, Haq Taboraka va Taolo bizga haq yo‘ldan burilgan va ozgan kimsalar haqida buyuk guvohlik keltirib, bunday marhamat qildi:

قَدْ مَكَرَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَأَتَى اللَّهُ بُنْيَانَهُم مِّنَ الْقَوَاعِدِ فَخَرَّ عَلَيْهِمُ السَّقْفُ مِن فَوْقِهِمْ وَأَتَاهُمُ الْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ

«Ulardan avvalgi (kofir) kimsalar ham makr-hiylalar qilgan edilar. Shunda Alloh ular (qurgan makr-hiyla) binolarini tag-tugi bilan emirib tashladi, bas, ular (to‘qib olgan yolg‘on bino-tuzumlari)ning tomi o‘zlarining ustiga quladi va ularga o‘zlari sezmagan-kutmagan tarafdan azob-halokat keldi» [Nahl 26]

Shubhasiz, kapitalizm dunyosi taqdiri yaqinda vayron bo‘ladi, kelayotgan yillar haq din bo‘lmish Islom yillaridir, Alloh Azza va Jallaning izni ila, ushbu din barcha insoniyatni kapitalistik sistema yovuzligidan xalos etadi, shu sistemaga e’tiqod qilgan davlatlarning, asosan, Amerikaning yomonligidan butun bashariyatni qutqaradi.

Roya gazetasining 2020 yil 7 oktyabr chorshanba kungi 307-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.