Misrda yangi qo‘zg‘alish va harakat boshlandi – Allohning izni ila – uning kelajagi ham bo‘ladi

412
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misrda yangi qo‘zg‘alish va harakat boshlandi – Allohning izni ila – uning kelajagi ham bo‘ladi

Shu kunlarda Misr yangi o‘zgartirish qo‘zg‘oloniga guvoh bo‘lmoqda. Hech qanday uyushtirishsiz o‘z-o‘zidan kelib chiqib, yurtning shimolidan to janubigacha cho‘zilgan ushbu harakat kimningdir chaqirig‘i bilan boshlanmadi. Balki u odamlar qalbidagi yashirin g‘azabning tabiiy natijasi bo‘ldi. Chunki rejimning halokatli siyosatlari va qarorlarini, ayniqsa, «noqonuniy va vaziyatga to‘g‘ri kelmaydi», degan da’vo bilan masjidlar va uy-joylarni buzish to‘g‘risida yaqinda chiqargan qarorini ijro qilishda qattiqqo‘llik qilishi odamlar qalbidagi g‘azabni portlatdi.

Buzish to‘g‘risidagi ushbu qarori balosi Al-Jazira telekanalini ham, muxolafat kanallarini ham tomosha qilmaydigan, faqat hukumatning rasmiy televideniesi va axborotlarini ko‘radigan toifadagi insonlarga ham etdi. Ammo hodisa to‘lqini kuchaygach, bu toifadagi insonlar ham hukumatning yolg‘onchiligini, agar avval anglamagan bo‘lsa, endi anglamoqdalar. Uning qarorlarining barcha insonlarni qutulib bo‘lmas real krizisga tiqayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishyapti. Hatto hukumatning «bu namoyishlar ortida Ixvon turibdi», degan iddao ham ularni chalg‘itolmayapti. Chunki ko‘chadagi odamlar Ixvondan maydonga chiqishni talab qilmoqdalar. Masalan, razvedka manbalaridan sizib chiqqan xabarda Ixvonning namoyishga chiqmagani, unda ishtirok etishdan qo‘rqayotgani aytildi.

Hatto ayni hodisadan hukumatning axborot vositalari ham qasddan ko‘z yumishga urindi, xuddi yanvar qo‘zg‘oloni boshlanishida qilgani kabi. Bu urinishdan ko‘rinib turibdiki, hukumat zohirda bo‘lsa ham o‘zining ayrim qarorlaridan voz kechmoqda, namoyishchilardagi g‘azab olovini o‘chirish maqsadida ularning ijrosini keyinga surmoqda. Biroq uylari buzilgan hamda masjidlar yopilganiga, o‘z mehnatlari bilan qurilgan masjidlarning buzilganiga guvoh bo‘lgan odamlar g‘azabini qanday so‘ndira oladi. Shuning uchun ham Misr ahli ko‘chaga «la ilaha illalloh, Sisiy aduvvuloh (Allohning dushmani)», deya hayqirib chiqdi. Yosh yigitchalarning shaharda osilgan Sisiy portretini parchalab tashlayotganlarini ko‘rdik. Bu esa, odamlarning Sisiy rejimidan qanchalik nafratlanishlari ifodasidir. Chunki bu rejim ularga, masalalari va muammolariga nisbatan shafqatsiz ravishda temir tayoqlar bilan muomala qilyapti. O‘zining qarorlariga, hatto boshlariga yog‘dirayotgan balolariga qarshi chiqqan har bir kishidan o‘ch olyapti, repressiya mashinam bilan ularning qalbiga qo‘rquv solaman, deb o‘ylayapti. Biroq Misrdagi bu ishlarni halokatli, deyish mumkin yoki muqarrar halokatni keltirib chiqarishi, buning oqibatida siyosiy bo‘shliq kelib chiqishi turgan gap. Chunki xalq rejimning hech qanday echimiga rozi bo‘lmayapti, aksincha, rejim gumashtalari qo‘lida xorlangani sari xalq yanada ko‘proq talablar qo‘yishi kutilmoqda. Ular rejimning va’dalari yolg‘on ekaniga, xalq harakatidan qo‘rqqanligi uchungina ortga tisarilganiga ishonmoqdalar. Agar odamlar ortga chekingudek bo‘lsalar, rejim ularga aslo rahm qilmasligini – chunki buni tajribadan o‘tkazishgan – aksincha o‘zining halokatli qarorlarini yanada ko‘paytirajagini yaxshi bilmoqdalar. Shuning uchun ham hech qanday ta’mirlash-yamash bo‘lmasligi kerak, chunki kiyim chirib bo‘ldi, unga yamoq solishning iloji yo‘q, albatta o‘zgartirish kerak. Tuzumni ta’mirlash va yamashga bo‘lgan har qanday urinish foyda bermaydi. Foyda bermaydigina emas, hatto oqibati avvalgidan ham yomon bo‘ladi. Agar vaziyat ham, ularning qo‘zg‘olonlari ham yillab o‘zgarishsiz davom etaveradigan bo‘lsa, kul ostida cho‘g‘ saqlanib qolaveradi, bir kun alanga olib, ularning qo‘llarini kuydirishi, keyin kiyimlariga ilashishi turgan gap!

Biz chirik kiyim, deganda kapitalizm tuzumini nazarda tutyapmiz. Chunki o‘nlab yillardan beri Misrda shu tuzum hukmron bo‘lib, ho‘lu quruqni barobar yoqdi, yurt ahliga hech narsa qoldirmadi. Bil’aks, ularga og‘irligi bilan tinkalarini qurituvchi qarzlar olib keldi. Bu tuzumda muammolar echimi va muolajasi ham yo‘q, aksincha, yurt boshdan kechirayotgan qashshoqlik, ochlik va kasallik muammolarining bosh sababchisi shu kapitalizmining o‘zidir. Endi bo‘lsa, bu soliqchi rejim davlat bo‘ynidagi riboli qarzlarning tani va protsentini to‘lash uchun insonlar bor budlarini ham tortib olishdan boshqa chora topolmayapti. Biroq, bundan ham g‘alati-g‘ayritabiiy joyi, rejim G‘arb kompaniyalarining yirik loyihalariga xarajatlar qilib, buning yukini xalqning elkasiga yuklamoqda.

Xalqning bunday qo‘zg‘alishi birinchi marta bo‘layotgani yo‘q va mudom hokimiyat tepasida kapitalizm va uning qo‘g‘irchoqlari turaverar ekan, bu oxirgi qo‘zg‘olon ham bo‘lmaydi, davom etaveradi. Chunki kapitalistlarning bo‘lishi bilan krizislar saqlanib qolaveradi, yanada murakkablashaveradi. Xalqning sabr kosasi to‘ldi, endi yolg‘on va’dalarga, boyliklari va peshona teri bilan topgan narsalarining tinimsiz o‘marilishiga toqat qilolmaydi. Shuning uchun ushbu qo‘zg‘alish davom etadi va uning kelajagi ham bo‘ladi. Garchi uning qo‘lida hazoratga oid kerakli loyiha hamda ayni rejim alьternativasi bo‘lmasa-da, ammo anglab etish bosqichlarini bosib o‘tib, nihoyat najot yo‘lini topadi, haqiqiy va yagona alьternativani qo‘liga oladi.

Misr muammolarining echimi juda engil. U o‘zidagi yurtga jon kiritib, obod etishga yaroqli boyliklari, resurslari, energetika va bepoyon maydoni bilan hatto yirik davlatga aylanishga –dunyoning birinchi davlati bo‘lmasa agar – yaraydi. Lekin mudom kapitalizm va uning hukmron malaylariyu general to‘dalari bor ekan, bu amalga oshmaydi. Bu malay hukmdorlar va generallarning muhim vazifasi Misr va mintaqa boyliklarini G‘arbga topshirib, uning manfaatlarini himoya qilishdir, buning yo‘lida azbaroyi hokimiyatda qolish uchun har qanday qilmishdan tap tortishmayapti. Shunday ekan, har qanday o‘zgarish yasash uchun albatta kapitalistik tuzum va uning malaylariyu boshqa basharalari tubdan yo‘q qilinishi kerak, bu tuzumning alьternativ loyihasi yurt boyliklarini qanday idora qilishni va undan qanday boyliklar ishlab chiqarishni, uni odamlar o‘rtasida qanday taqsimlash lozimligini aniq tasvirlab beruvchi loyiha bo‘lishi shart.

Insonlar muhtoj bo‘layotgan haqiqiy al’ternativa to‘la keng qamrovda tatbiq etiluvchi Islomdir. Vaholanki, u insonlarning qo‘lida bo‘lib, faqat uni olisholmayapti, xolos. Yolg‘iz Islom insonlarni tuzum tomonidan poymol etilgan sha’nini himoya qiladi, yolg‘iz Islom Misrning barcha muammolarini hal qilib, boyliklarini muhofaza etadi. Chunki bu Payg‘ambarimiz ﷺga nozil bo‘lgan Islom tuzumidir va uning uchun etishmayotgan narsa Kinona armiyasidagi xolis rostgo‘y harbiylarning nusrati qoldi. Ushbu nusrat bilan xolis ongli insonlar zudlik bilan Islomni tatbiq qilishga, insonlar ishlarini boshqarishga va manfaatlarini himoya qilishga muvaffaq bo‘ladilar.

Ey Kinona armiyasidagi xolis insonlar!

Siz Ummat qo‘zg‘oloniga guvoh bo‘lmoqdasiz. U to Islom bayrog‘i hilpiraganini, davlatining barpo bo‘lganini va shariatining tatbiq etilayotganini ko‘rmaguncha tinchimaydi. Bas, birlamchi vazifangizni belgilab oling va kimlar tomonga o‘tishingizga qarang: Ummatingiz va diningiz tarafigami yoki Ummatingiz va yurtingizni sotgan, diningizga dushmanlik qilib, masjidlaringizu uy-joylaringizni buzayotgan xoinlar tarafigami?! O‘lim kelib, hisob boshlansa ular sizga yordam berolmaydilar, balki sizdan tonadilar:

إِذْ تَبَرَّأَ الَّذِينَ اتُّبِعُوا مِنَ الَّذِينَ اتَّبَعُوا وَرَأَوُا الْعَذَابَ وَتَقَطَّعَتْ بِهِمُ الأَسْبَابُ * وَقَالَ الَّذِينَ اتَّبَعُوا لَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةً فَنَتَبَرَّأَ مِنْهُمْ كَمَا تَبَرَّءُوا مِنَّا كَذَلِكَ يُرِيهِمُ اللَّهُ أَعْمَالَهُمْ حَسَرَاتٍ عَلَيْهِمْ وَمَا هُمْ بِخَارِجِينَ مِنَ النَّارِ

«U kunda peshvolar ergashuvchilardan tonadilar va hammalari azobni (ko‘zlari bilan) ko‘radilar. (U kunda ularni bog‘lab turadigan) bahonayu sabablar uziladi. Ergashuvchilar: «Qaniydi, yana bir karra (yashashning) iloji bo‘lsa-yu, ular bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonsak», deydilar. Shunday qilib, Alloh Taolo ularning qilgan amallarini o‘zlariga hasrat-nadomat qilib ko‘rsatadi va ular jahannamdan chiquvchi bo‘lmaydilar» [Baqara 166-167]

Sizga rejim berayotgan maoshlar, boyliklar va vakolatlar uning jinoyatlariga sukut qilishingiz uchun berilgan misoli bir poradir. Ammo bu maoshu boylik va vakolatlarning barchasi sizga Islom o‘zining davlatida beradigan haqqingiz oldida arzimaydi. Shunday bo‘lgach, haqqingizni haromdan olmang va noningizni Kinona yurtidagi mazlum ahlingiz qoniga bulamang. To Ummatingiz va diningiz tomoniga o‘tib, uni tatbiq qilish uchun xolis faoliyat qilayotganlarga nusrat berguningizcha hargiz najot topmaysiz. Nusratki, unda Alloh kalimasi oliy bo‘ladi, u bilan Allohning mag‘firati umid qilinadi. Shoyad, U sizdan qabul aylab, sizning qo‘lingiz bilan davlat barpo bo‘lishi uchun yo‘llarni ochib bersa. Ana shunda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida Islom va uning ahli aziz bo‘ladi.

Allohim, ushbu davlatimizni tezlashtir, Misrni uning markaziga aylantir, bizni uning qo‘shinlaridan va shohidlaridan qil.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar» [Anfol 24]

Roya gazetasining 2020 yil 30 sentyabr chorshanba kungi 306-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.