Qirg‘izistonliklarga davlat qarzini uzish uchun pul to‘plab berish taklif etildi

388
0

Qirg‘izistonliklarga davlat qarzini uzish uchun pul to‘plab berish taklif etildi

Ayni vaqtda Qirg‘izistonning tashqi qarzi 4,8 mlrd dollarni tashkil qilib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 56 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi.  Qirg‘iziston bu summadan 40 foizini Xitoyga to‘lashi kerak. Avvalroq mamlakat rahbariyati pandemiya sababli yuz bergan qiyinchiliklarni sabab qilib ko‘rsatib, Pekindan qarzni restrukturizatsiya qilishni iltimos qilgan. Biroq ushbu masala ochiq qolgan. Prezident iste’fosiga olib kelgan siyosiy inqiroz esa muammoni yanada chuqurlashtirib yubordi.

 Parlament deputati, Qirg‘izistondagi ayollar tashkilotlaridan birining rahbari Aynura Altibaevaning ta’kidlashicha, davlat banklaridan birida qarzni to‘lash uchun aholidan jalb qilinadigan pullar yig‘iladigan maxsus hisobraqam ochish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, Qirg‘izistonda oltin qazib olishni nazorat qiluvchi davlat kontserni bilan muzokaralar olib borilmoqda. Faollarning ta’kidlashicha, bu respublikada nafaqat pul, balki zargarlik buyumlarini xayriya qilmoqchi bo‘lgan odamlar borligi uchun zarur.    

 “Biz jamiyatda ushbu tashabbus keng qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildiramiz. Albatta, qarzni mamlakatga ajratilgan pullarni talon-taroj qilganlar uzishi kerak, degan fikr bor, biroq biz ham birdamligimizni ko‘rsatib, o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim. Bu erda hech qanday siyosat yo‘q”, – deb ta’kidlab o‘tgan Respublika askarlar onalari qo‘mitasi raisi Uulkan Baygubatova.

 Ma’lumki, Qirg‘izistonda bunday urinishlar avval ham ikki marotaba – 2007 va 2018 yillarda amalga oshirilgan. Biroq qarzni to‘lashda yordam berishga chaqiriqlar aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan. Odamlar bunga javoban lavozimiy jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirishni va qarzni korruptsiyachilar mol-mulki hisobiga uzishni taklif qilishgan edi. Bunga sabab, xalqning hukumatga nisbatan ishonchi qolmagan. Agar bu tashabbus qo‘llov topib, pul yig‘ilgan taqdirda ham, bu mablag‘larning maqsadli ishlatilishi savol ostida qoladi.

 Shu sababli ham bu safargi tashabbus ham hech qanday ijobiy natija bermaydi. Bu tashabbus ham yangi hukumatga yoqmoqchi bo‘layotganlarning navbatdagi populistik chaquruvdan boshqa narsa emas.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.