Faqat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik AQShning zo‘ravonligini tiyib qo‘yadi va Falastinni ozod etadi

278
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Faqat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik AQShning zo‘ravonligini tiyib qo‘yadi va Falastinni ozod etadi

AQSh ma’muriyati Keniyadan yahudiy vujudining siyosiy va tijoriy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashni talab qilib, AQShning Keniya bilan tuzgan savdo bitimini bekor qilishi mumkinligi bilan tahdid qildi. Vashington, shuningdek, Keniyadan AQSh-«Isroil» o‘rtasidagi savdo harakatlariga zarar keltiradigan chora-tadbirlarni oldini olishni ham talab qildi.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrirning Keniyadagi matbuot vakili ustoz Sha’bon Muallim o‘z bayonotida bunday dedi:

«Amerikaning bunday dimog‘dor bayonotidan ko‘rinib turibdiki, bu davlat muborak Falastin zaminidagi musulmonlarga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlarni qo‘llab-quvvatlab, rahnamolik qilyapti, o‘zining tashqi siyosatida barcha dunyo davlatlari ishiga aralashishni va ularning tashqi siyosatlarida ularga ko‘rsatma berishni o‘zi uchun shart, deb bilyapti».

Bayonotda yana bunday deyildi:

«Bu talab Amirliklar va Bahrayn davlatlarining qora poytaxt Vashingtonda yahudiy vujudi bilan muborak Falastin zaminiga qarshi eng yomon xoinlik bitimi imzolashlari ortidan qilindi. Bundan Falastin masalasini yo‘q qilish operatsiyasining muhandisi ham, faol idora qiluvchisi ham Amerika ekanligi, u Islom Ummatining qiynalishini ko‘rishni istayotgani ko‘rinib turibdi».

Ustoz bayonotni quyidagi so‘zlar bilan yakunladi:

«Yahudiy vujudi Islom eridagina mavjud bo‘lib turgan vujuddir. Islom eri bo‘lmasa yoki u bosqinchilik qilmasa, bu vujud yo‘q bo‘lgan bo‘lardi. Shu bois, u Aqso masjidi joylashgan muborak zaminimizni bosib oldi. Binobarin, bu vujudga har qanday xalqaro munosabatlarni yoki tijoriy manfaatlarni taqdim etish unga qonuniylik beradi va bu ish dinimizda harom qilingan, taqiqlangan ishdir. Falastin masalasi islomiy masaladir. Shuning uchun biz ayni masalaning har qanday g‘ayriislomiy echimiga rozi bo‘lmasligimiz lozim. Zudlik bilan kirishmog‘imiz shart bo‘lgan eng muhim ish musulmon o‘lkalarini Islom bilan boshqarmoqdir. Bu esa, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasidagina amalga oshadi. Ushbu davlat butun islomiy armiyalarni birlashtirib, Falastinni va barcha bosib olingan islomiy yurtlarni ozod etadi».

Roya gazetasining 2020 yil 30 sentyabr chorshanba kungi 306-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.