بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Inqoz hukumatiga qarashli «Vatid» kompaniyasining yonilg‘i narxlarini ko‘tarayotgani bu hukumatlarning qasddan mustabidlik qilib, o‘lpon solayotganini ko‘rsatmoqda
Tahriri Shom hay’atiga qarashli neftь kompaniyasi Idlib muhofazasida yonilg‘i mahsulotlari narxi ko‘tarilganini e’lon qildi. Buni dollar kursining turk lirasiga nisbatan balandlashi bilan dastakladi. Bu ikki oy ichida beshinchi marta bo‘lishi. Ilgari ham kompaniya Idlib muhofazasida «tez-tez bo‘lib turadigan sabablarga ko‘ra, yonilg‘i mahsulotlari narxi oshgani»ni o‘zining aloqa saytlari orqali e’lon qilgan edi. Ushbu yonilg‘i mahsulotlari narxi oshishida benzin 4.60 turk lirasiga, mazot 5.50 turk lirasiga etdi. Maishiy gaz balloni narxi juda balandga ko‘tarilib, 65 turk lirasiga etdi. Bu tobora yomonlashayotgan turmush sharoitini yanada murakkablashtirdi.
Roya:
O‘zini «Inqoz», deya atovchi hukumatga qarovchi «Vatid» kompaniyasining yonilg‘i mahsulotlari narxini oshirishi va boshqa qilmishlari shuni aniq isbotlab turibdiki, bu hukumatlar qasddan sistematik ravishda va «qo‘llab-quvvatlovchi» davlatlar buyrug‘i bilan zo‘ravonlik va repressiya qilishmoqda, shu orqali odamlarga bosim qilib, ularni amerikacha siyosiy echim darvozalaridan qayta Suriya rejimi qo‘yniga kirishga rozi qilishmoqchi. Ta’kidlash lozimki, Tahriri Shom hay’ati sobiq etakchisi Abu Abd Ashdo hay’at etakchilarini tanqid qilib, ulardan obro‘larini G‘arb oldida emas, xalq oldida yaxshilab olishni talab qildi. O‘tgan chorshanba kuni u telegram aloqa vositasi orqali quyidagilarni qoldirgan edi: «Tahriri Shom hay’ati etakchilari ozod etilgan erlar xalqi oldida o‘z obro‘larini tiklab olishsin. Bu G‘arb oldida tiklab olishlaridan ko‘ra muhimroqdir». Keyin u hay’at etakchilari «rahmdillik, tavozelik va maslahatga rioya qilishlari hamda odamlarni «foydasiz va faqat zararkunanda hamda isloh qilmay, faqat buzg‘unchilik qiladigan mahkama»ga topshirmasliklari kerak, dedi. Hay’at etakchilaridan «qoziyatni adliya hokimiyatiga topshirib, unga hech kim aralashmaydigan to‘liq vakolatlar berishni hamda qamoqxonalarni sudlov va nazoratga topshirish orqali mintaqada adliya islohoti o‘tkazish»ni talab qildi.
Roya gazetasining 2020 yil 30 sentyabr chorshanba kungi 306-sonidan