Xalq kapitalizmdan charchadi
4-oktyabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. 5-oktyabrda esa saylov natijalaridan norozi bo‘lgan odamlar mitingga chiqishdi. Ushbu mitinglarda ko‘palab odamlar tomonidan quyidagi ma’nodagi so‘zlar aytildi. “Eskilarning barchasi ketsin, iymonlilari kelsin”, “Bizga iymonli etakchi kerak”, “Bizga hech qanday partiyalarni keragi yo‘q” va hakazo.
Odamlar bu mitinglarga saylov sababligina chiqishmadb. Ular bunga qadar ham oyoq osti qilingan haq-huquqlari uchun g‘azablanib chiqishdi. Albatta, tabiiyki ular bunday tadbirlar uchun tashkilotchilar zarur ekanligini his qilishdi. So‘ng ular tadbirni tashkil etishni 7 foizlik dovondan o‘tolmagan partiyalar rahbarlariga topshirishga majbur bo‘ldilar. Aslida, boshida ko‘pchilik “bizga hech qanday eski etakchilarni, hech qanday partiyalarni keragi yo‘q, endi ularga aldanmaymiz” deb aytayotgan edilar.
Shuningdek, odamlar o‘z ishlariga rahbarlik qilishlari uchun etakchi farzandlariga muhtoj ekanliklarini his qilishdi. Shu sababli Oq uy halq tomonidan egallab olinganidan so‘ng, davlat ishlarini boshqarish uchun sakkiz partiya rahbarlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Ko‘tarilgan odamlarning aksariyati ilojsizlikdan bunga rozi bo‘lishdi. Ayrimlari esa hamon o‘z noroziliklarini izhor qilishmoqda. Shunga qaramay, to‘ntarishni uyushtirgan siyosatchilar o‘zlarini va hokimiyatlarini qonunlashtirish uchun prezidentni ham, hukumatni ham, avvalgi parlamentni ham de-yure saqlab turishipti. Chunki, boshqa davlatlar yangi hukumatni tan olishi uchun joriy etilgan xalqaro qonun shuni talab qiladi. Bu xalqning noroziligini yanada kuchaytirmoqda.
Mana shular oddiy xalq va ularning etakchi farzandlari o‘rtasida katta bo‘shliq mavjud ekanligini yanada yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi. Xalq hech kimga ishonmayapti, nima uchun? Ammo, ushbu savolning javobini xalqni o‘zi ham aniq bilmaydi.
Ey Qirg‘iziston xalqi, sizlar ishonmayotgan eski-yangi siyosatchilarning barchasi – sizlarning farzandlaringiz. Ammo, ular sizlarning ishlaringizni demokratiya niqobi ostidagi kapitalizm bilan boshqarganliklari sababli ular sizlarga zulm qilib ishonchni yo‘qotishgan. Ushbu buzuq tuzumning tabiatiga ko‘ra, kam sonli kuchli odamlar qolgan zaif odamlarga zulm qilish hisobiga yashaydilar. Shu tuzumni tatbiq qilinishi sababli o‘z farzandlaringiz o‘zingizga zulm qilgan zolimlar bo‘lib chiqishmoqda.
Ey Qirg‘iziston siyosatchilari, sizlarni xalq ishochidan mahrum qilgan yana bir narsa bu – imperializm. Boshqacha aytganda, yirik imperalistik davlatlar bizning yurtlarmiz ustidan mustamlakachilik siyosatini olib borishlarida. Bu mustamlakachilar o‘z xalqingizni qul qilib berishinglar uchun sizlardan qurol sifatida foydalanadi. Xalq buni anglab borgani sari sizlarga bo‘lgan ishonchi ham so‘nib bormoqda. Masalan, hozir muvofiqlashtiruvchi kengashdagi rossiyaparast partiyalar prezidentlik boshqaruvini taklif qilishayotgan bo‘lsa, g‘arbparast partiyalar to‘liq parlament boshqaruvini taklif qilishmoqda. Aslida prezidentlik boshqaruvi ham, parlament boshqaruvi ham demokratik boshqaruv shakllaridan bo‘lib, bular orqali xalqlar kapitalizm bilan boshqariladi. Xalq sizlardan charchagani yo‘q, ular demokratiya niqobiga o‘rangan kapitalizmdan charchadi. Biroq, sizlar xali ham – avval kommunistlar bo‘lmagan kommunizm bilan aldagani kabi – odamlarni o‘zinglar ham tasavvur qilolmaydigan quruq hayollar bilan aldamoqdasiz. Ammo musulmon aholi Islomni tobora ko‘proq tushinib borgani sari o‘zlarini ikki dunyo saodatiga olib boruvchi etakchilarni talab qila boshladi. Sizlarda esa ikki dunyo xorligiga giriftor qiladigan demokratik kufr tuzumidan boshqa narsa yo‘q.
Ey qirg‘izistonlik musulmonlar, siyosatda hokimlar odamlar ishlarini boshqaradi, xalq esa hokimlarni muhosaba qilish orqali siyosatga aralashadi. Qirg‘iizston xalqini siyosatga aralashib, haq-huquqlarini talab qilishi, qaxramonlik bilan unda ishtirok etishi albatta tahsinga loyiq. Agar ushbu aralashish Allohning yo‘lida, shariatga muvofiq bo‘lsa oxiratda albatta ajr-mukofotga erishiladi. Shu sababli qadrli musulmon vatandoshlar, imperialistlar ustimizga majburan yuklab qo‘yilgan kapitalistik tuzumni uloqtirib tashlab, uning o‘rniga Islom dinimizni tatbiq qilishimiz kerak. Islom dinini tatbiq qilish Islomiy Xalifalik Davlatida amalga oshadi va u imperializmni tag-tomiri bilan qo‘porib tashlaydi. Demak, ey Qirg‘iziston musulmonlari, Allohning yo‘lida Xalifalikni qayta tiklash uchun harakat qilishinglar kerak, buning uchun siz Islom ta’limotini o‘rganishingiz zarur. Qirg‘izistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir sizlarin shunga da’vat qiladi.
يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ
“Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar” [8:24]
Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston
06. 10. 2020