Sudyalar va huquqbonlar Abbos rejimi xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lmadilar

336
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudyalar va huquqbonlar Abbos rejimi xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lmadilar

«Maan» axborot agentligi veb-saytida (hijriy 1442 yil 19 muharram, milodiy 2020 yil 7 sentyabr dushanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Dushanba kuni xavfsizlik xizmati Bira shahri sud binosi atrofini o‘rab olib, sudьya va advokatlarni binoga kiritmadi. Ular binoda o‘tish davri hukumatini tarqatishni talab qilish haqidagi va doimiy oliy sudьyalar kengashini tuzishga chaqirish to‘g‘risidagi matbuot anjumanini o‘tkazishlari kerak edi. Binoga ommaviy axborot vositalari va huquqni himoya qilish tashkilotlari xodimlarini ham kiritmadi. O‘z navbatida «Haq» tashkiloti rejimning sudьyalar, advokatlar, ommaviy axborot vositalari va huquqni himoya qilish tashkilotlari xodimlariga nisbatan bunday xatti-harakatini qoraladi. Bino oldidagi voqealar oqimini hamda ayni rayonning harbiy kazarmaga aylanganini kuzatar ekan, «Haq» tashkiloti rejimning bunday qilmishi sudьyalar holatlarini tartibga solish printsiplari va qoidalarini buzish ekanini bildirdi. Shuningdek, rejimning bu qilmishi Falastinning asosiy qonunini va sud hokimiyati qonun-qoidalarini toptash ekanini, sudьyalar mustaqilligi va hokimiyatlar o‘rtasining bo‘linganligiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqish hisoblanishini hamda hukm chiqarish asosi bo‘lgan shaffoflik qadriyatlarini vayron qilishdan boshqa narsa emasligini, aytib o‘tdi».

Roya:

Bu voqelik biz aytayotgan haqiqat uchun etarli dalildir. Haqiqat shuki, Falastin rejimiga qarshi turmaslik uning muborak zamin ahliga nisbatan zo‘ravonligi va takabburligini yanada oshirdi. Zotan, rejimning qonun, konstitutsiya, oila farovonligi kabi gaplari masxarabozlikdan boshqa narsa emas. Bu masxarabozligi bilan rejim sodda va g‘ofil odamlarni aldayapti, hayot va turmushlarini esa zaharlayapti. Bu qonunlar, qarorlar, sudlar, ijroiy va qonun chiqarish hokimiyatlari, xavfsizlik xizmatlari, bu tashkilotlarning barchasi Falastin rejimi, deb atalgan jinoyatchining qurollaridir, xolos. U ayni qurollarni o‘zining til biriktiruvlari uchun hamda fitna to‘qib, makr qilib, yurt ahlining dini, dunyosi, nomuslari va zaminlariga qarshi urush qilishi uchun istagan vaqtida va istagan holatda ishga soladi. Bas, shunday ekan, har bir halol xolis inson bunday rejim, xavfsizlik xizmati va qonunlaridan butkul qutulmoqlari darkor. Chunki u faqat yomon meva beradigan zaharli daraxtdir.

Roya gazetasining 2020 yil 16 sentyabr chorshanba kungi 304-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.