Sooronbay Jeenbekov Saylov oldidan Rossiyaga nimalar va’da qilishi mumkin?

319
0

Sooronbay Jeenbekov Saylov oldidan Rossiyaga nimalar va’da qilishi mumkin?

Tahlil:

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov saylov oldidan Rossiyaga tashrif buyurdi. Undan avval bir qator partiya vakillari ham Rossiyaga borib, Kremldan saylovda madad berish va himoya qilishini so‘rashgan edi. Jeenbekov Putindan rossiyaparast Qirg‘iz partiyalarini prezident atrofida birlashtirib berishidan umid qiladi.

Qirg‘iziston siyosati betayinlik tomon yuzlanib boryapti. Jeenbekov sobiq prezident Atambaev tuzgan etakchi guruhni inkor qilib, o‘zini prezidentlikka kelishida moliyaviy dastaklagan Matraimovlar guruhini tanlagan edi. Lekin oxirgi siyosiy voqelikga ko‘ra, prezidentga qarashli “Birimdik” partiyasi bilan Matraimovlarning “Mekenim Qirgiziston” partiyasi o‘rtalarida keskinlik paydo bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ishonchlari yo‘qolib boryapti. Endi Jeenbekov Matraimovlarni ham inkor qiladimi?

Qirg‘iziston parlamentlik boshqaruv shakliga asoslangan davlat bo‘lgani bois, parlamentda ko‘proq joy egallagan partiya Qirg‘izistonni boshqaradi. Prezident bilan Matraimovlar o‘rtasida yashirin kelishuv bo‘lgani hech kimga sir emas edi. Lekin saylov oldida ularning har biri bor imkoniyatlarini ishga solib o‘z manfaatlarini ilgari sura boshlashdi. Matraimovlar hokimiyatda bo‘lmagan holida mahalliy hokimiyat, sud, prokuratura kabi rasmiy mahkamalarda o‘z ta’sirlarini kuchaytirib, u erlarga o‘ziga tobe kadrlarni joylashtirib olishdi. Qirg‘izistonda ham, saylov hiyla, aldov, g‘irromlik bilan o‘tishi hech kimga sir emas. Lekin g‘irromlik rasmiy mahalliy boshqaruv apparatlari tomonidan olib boriladi.

Rossiya Matraimovlar guruhiga tayangan Qirg‘iz prezident pozitsiyasini olqishlamadi. Qirg‘izistonda G‘arb dunyoqarashidan ta’sirlangan yangi siyosiy doira shakllanib boryapti. Bu esa mamlakatdagi Rossiyaning saqofiy mustamlakasiga putur etkazishi mumkin bo‘lgan muhitni paydo qiladi. Matraimovlar esa, vaziyatni siyosiy tomoniga ahamiyat bera oladigan siyosiy doira vakillari emas. Ya’ni ular hokimiyatga kelishni o‘zlari uchun hayotiy masala qilib olishdi, lekin ular biror tomonga qarashli siyosiy doira yoki qadriyatlarni o‘zining siyosati uchun tayanch nuqtasi qilib olishga qodir bo‘lgan ishonchli guruh emas.

Shuning uchun oxirgi vaqtda prezident bir qator mahalliy mulozimlarni ishdan olib, Rossiyaga safari oldidan o‘z pozitsiyasini Rossiya manfaatiga muvofiq ekanini oshkor qildi. Lekin uning bu pozitsiyasi Putinni qanoatlantirmaydi.  U, prezidentdan “Qirg‘iz temir yo‘li” singari mamlakatning bir qator strotegik manfaatlarni so‘rashi kutilyapti. Xatarli joyi shundaki, endi Jeenbekov ortida hech qanday quvvat qolmadi. U Rossiyaning qo‘llovi uchun mamlakatni bor mulkini berib yuborishga tayyor. Bir vaqtlar Atambaev shu holga tushganida “Qirg‘iz gaz”ni Rossiyaga bekorga berib yuborgan edi.

Ey Qirg‘izicton xalqi, sizlarga murojaat qilib shuni aytamizki – ustimizdagi siyosatchilar ham, saylov orqali yangi kelishi kutilayotganlari ham, xalq va mamlakat manfaati uchun o‘ta xatarli buzuq siyosiy mintalitet vakillaridir. Ular imkoniyati paydo bo‘lishi bilan mamlakat va xalq manfaatlarini sotib yuborishadi.

Shu kungacha shunday bo‘lganiga guvoh bo‘ldik, bundan keyin ham shunday davom etadi. Negaki boshqaruv sistemasi ham, boshqaruvchi siyosiy kadrlar ham, o‘zgargani yo‘q!

Bularni saylash uchun qalbaki saylovlarga qatnashish xiyonatda ularga sherik bo‘lish demakdir. Bu esa, oxiratda afsus-nadomat chekishimizga sabab bo‘ladi! Allohdan taqvo qilib, saylovda qatnashishdan bosh tortaylik, Musulmon birodarlar!

Abdurazzoq Mo‘min

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.