Rossiya “ustuvor tartibga” asosan Qirg‘izistonga COVID-19ga qarshi o‘z vaktsinasini etkazib berishni ko‘rib chiqmoqda

332
0

Rossiya “ustuvor tartibga” asosan Qirg‘izistonga COVID-19ga qarshi o‘z vaktsinasini etkazib berishni ko‘rib chiqmoqda

 Rossiyada Qirg‘izistonga COVID-19ga qarshi vaktsinani etkazib berilishiga ustuvorlik tartibida ko‘riladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov tomonidan qabul qilingan Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk ma’lum qildi.

 Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati Jeenbekov Rossiya tomonidan vaktsinani so‘ragani yoki so‘ramagani yuzasidan tushuntirish bermadi. 12 sentyabr kuni Jeenbekov “Birinchi radio”ga bergan intervьyusida, Qirg‘izistonga Rossiya vaktsinasini olib kelish “juda ham muhim”ligini aytgan edi, chunki koronavirus infektsiyasi hamon insoniyatga tahdid solishda davom etmoqda. Uning ta’kidlashicha, ikki mamlakatning tegishli idoralari vaktsinani Qirg‘izistonga etkazib berish masalasida muzokaralar olib bormoqda.

 Izoh: 11 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahonda birinchilardan bo‘lib Rossiyada COVID-19ga qarshi vaktsina ro‘yxatdan o‘tgani haqida bayonot bergan edi. Preparat “Sputnik V” degan nom oldi. Biroq, dunyodagi sog‘liqni saqlash sohasi olimlari va tibbiyot mutaxassislari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya ilk koronavirus vaktsinasini yaratganiga oid iddaolari yuzasidan o‘z xavotirlarini bildirdilar. Ularning aksariyati tasdiqlanmagan va sinovdan o‘tmagan dori COVID-19 virusidan ham xatarliroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashdi. Mutaxassislar, jumladan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari ham Rossiya tadqiqotlari haqida etarli ma’lumot yo‘qligidan xavotirda ekanliklarini bildirganlar. Hatto, aksariyat rossiyalik shifokorlar ham bu vaktsinaga ishmasliklarini ma’lum qilishdi. Ularning ta’kdlashlaricha, “Rossiya vaktsinasi samarali ekanining dalili yo‘q”…

 Ammo shuncha xavotir va ishochsizlklarga qaramay Rossiya o‘z vaktsinasini ishlab chiqarishni boshladi. Sababi Rossiya va boshqa yirik davlatlar koronavirus pandemiyasidan ham o‘z manfaatlari yo‘lida – moddiy va siyosiy ta’sirlarini yanada kuchaytirishda foydalanib qolishmoqchi. Shu sababli ham Rossiya Qirg‘izistonga vaktsinani “ustuvor tartibda”, ya’ni bosim o‘tkazish yo‘li bilan bo‘lsa ham olishga majbur qilayotgan bo‘lsa, O‘zbekitonni vaktsina sinovlarida hamkorlik qilishga “chorlash” orqali o‘zi egallab turgan bozorga boshqalarning “suqilib” kirishini oldini olmoqchi. O‘z vaktsinasini sinovdan o‘tkazayotgani ma’lum qilgan Qozog‘iston ham “ihtiyoriy asosda” Rossiya vaktsinasini olishi xabar qilindi…

 Dunyodagi aksar sog‘lqni saqlash sohasi olim va mutaxassislari ishonchsizlik bilan qarayotgan Rossiya vaktsinasini olish yoki olmaslik esa har bir fuqaroning ularga nisbatan ishonchiga bog‘liq.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.