بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Musulmon yurtlaridagi ruvaybiza hukmdorlar xoinlik va malaylikda musobaqalashishmoqda
Onado‘li axborot agentligi veb-sayti (hijriy 1442 yil 23 muharram, milodiy 2020 yil 11 sentyabr juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyilgan:
«Bugun juma kuni Bahrayn AQSh homiyligida «Isroil» bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga kelishib olganini e’lon qildi.
Bu AQSh prezidenti Donalьd Tramp, Bahrayn mamlakati podshohi Hamd ibn Iso va «Isroil» bosh vaziri Binьyamin Netanьyaxu o‘rtasida o‘tkazilgan telefon suhbati orqali amalga oshdi, deyiladi mamlakatning «Bina» rasmiy axborot agentligi xabarida.
Mamlakat podshohi suhbat chog‘ida «ikki davlat qaroriga va xalqaro qonuniylik qarorlariga muvofiq strategik adolatli va keng qamrovli tinchlikka erishish zarurligi»ni ta’kidladi.
Shuningdek, podshoh «tinchlik jarayonini rivojlantirish, Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlik va barqarorlik o‘rnatish hamda xalqaro tinchlikni mustahkamlash yo‘lidagi AQSh ma’muriyatining tinimsiz harakatlarini va hal qiluvchi rolini olqishladi».
Trampning ushbu e’lonidan so‘ng Bahrayn «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirishga kelishib olgan yoki kelishuv imzolagan arab davlatlari (1979 Misr, 1994 yil Iordaniya, 2020 yil Amirliklar)dan so‘ng to‘rtinchi davlat bo‘ladi».
Roya:
Ushbu «tinchlik», degan narsa faqat anavi rejimlar bilan yahudiy vujudi o‘rtasida bo‘lyapti. Musulmon xalqlar esa, bundan pokdirlar. Buni musulmon yurtlari hukmdorlari ham, yahudiylar ham yaxshi bilishadi va buni bosh vazirlari Netanьyaxu ham o‘z og‘zi bilan aytgan. Buni «Arabiy 21» veb-saytining ushbu xabari ham tasdiqlab turibdi: «Yahudiy vujudi bilan bahraynliklar o‘rtasida normallashtirish e’lon qilinishi ortidan, o‘tgan soatlar ichida «Bahraynliklar normallashtirishga qarshi» nomli trend birinchi bo‘lib Bahray xalqi tomonidan namoyon bo‘ldi. Tvitlovchilar va faollar «Bahraynliklar normallashtirishga qarshi» xeshtegi ostida 68 mingga yaqin tvit nashr qilishdi. Ular shu orqali bosqinchilar bilan aloqalarni normallashtirishga qarshi ekanliklarini ifodaladilar. Ushbu normallashtirish Bahrayn rejimi tomonidan juma kuni e’lon qilindi. Bahraynliklar o‘z hukumatlarining bosqinchilar bilan munosabatlarni normallashtirish pozitsiyasini keskin qoraladilar». Bir qator bahraynlik faollar o‘zlarining ismlari yozilgan tvitlarda «men sionistlar bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshiman va buni bahraynlik xalqning ortidan pichoq urish va Ummat bergan qurbonlarga xoinlik qilish, deb hisoblayman», deb yozdilar.
Mana shunday normallashtirish va xiyonatlar manzarasida, bugungi kunda musulmonlar zimmasiga anavi yuvindixo‘r rejimlardan butkul qo‘llarini yuvish va Allohning mustahkam arqonini mahkam tutib, Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda harakat qilish vazifasi tushmoqda. Birgalikda harakat qilish bilan Ummat va uning qo‘shinlari oyoqqa turadi hamda bu xoin malay rejimlarni ag‘darish bilan Ummat tarixi sahifalaridagi qora satrlar o‘chirilib, kuch-qudrat va azizu mukarramlik sahifalariga satrlar bitiladi. Bu butun Falastinni yahudiylar iflosligidan to‘liq ozod etish va uni qayta musulmon yurtlarining gultojisiga aylantirish to‘g‘risidagi satrlaridir.
Roya gazetasining 2020 yil 16 sentyabr chorshanba kungi 304-sonidan