بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Aqso masjidida da’vatni ko‘tarib chiqayotganlar bosqinchilar bilan munosabatlarni normallashtirish bitimini qoralamoqdalar
2020 yil 18 sentyabr kuni juma namozidan so‘ng «Munosabatlarni normallashtirayotganlar xoinlardir, Falastinni Xalifalik qo‘shinlari ozod etadi» nomli norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda Aqso masjidida da’vatni ko‘tarib chiqayotganlar ma’ruza qilishdi. Ular o‘z ma’ruzasida yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha Amirliklar va Bahrayn o‘rtasidagi bitim imzolanishini qoraladilar.
Ma’ruzada bosqinchi yahudiylarga qonuniylik tusini berishga va Rosululloh ﷺning Isro maskanlaridan voz kechishga olib boruvchi bunday bitimning jinoyat ekani aytildi. Shuningdek, bu bitim bosqinchilarni tan olish va ular bilan munosabatlarni normallashtirish zanjirining bir uchi ekani, chunki Misr, Iordaniya, Turkiya va Falastin Ozodlik Tashkilotining xiyonatda Amirliklar bilan Bahrayndan o‘zib ketishgani bayon qilindi.
Ma’ruzada yana shular ta’kidlandiki, hukmdorlar ham, rejimlar ham – ulardan ba’zilari normallashtirish qilmishini sodir etgan bo‘lsa, qolganlari sodir etish arafasida turibdi – hammasi bu xiyonatga sherikdir, chunki ular ruvaybizalar bo‘lib, Aqso ham ularniki emas, Quddus ham ularniki emas, balki Quddus musulmonlar Quddusi, Aqso musulmonlarning Aqsosidir. Aqso va muborak zaminni faqat Ummat armiyalari Xalifalik soyasida ozod etajak. Zero, Ummatda Xalifalik barpo etilishi uchun kerakli barcha tayanch mavjuddir.
Ta’kidlash lozimki, ushbu tadbirda takbir sadolari yangrab turdi hamda ishtirokchilar bugungi xoin rejimlarga qarshi hayqirib, butun Falastinni ozod etuvchi Xalifalikni barpo etishga da’vat qildilar.
Roya gazetasining 2020 yil 23 sentyabr chorshanba kungi 305-sonidan