Karbalo fojiasi shar’iy bay’atsiz boshqaruv har qanday davrda nomaqbul ekanligini ko‘rsatuvchi eslatmadir

673
0

Karbalo fojiasi shar’iy bay’atsiz boshqaruv har qanday davrda nomaqbul ekanligini ko‘rsatuvchi eslatmadir

Imom Husayn  Islom bilan hukm yuritishni himoya qilib shahid bo‘lgan. O‘shanda hokimiyatni egallab olgan Yazid zolim boshqaruv o‘rnatishga uringan edi. Shu bois, Karbalo fojiasi bizga boshqaruv ishlarida hukmdorlardan hisob so‘rash shartligini eslatmoqda. Rosululloh ﷺ bunday marhamat qilganlar:

«وَاللَّه لَتَأْمُرُنَّ بالْمعْرُوفِ، وَلَتَنْهوُنَّ عَنِ الْمُنْكَرِ، ولَتَأْخُذُنَّ عَلَى يَدِ الظَّالِمِ، ولَتَأْطِرُنَّهُ عَلَى الْحَقِّ أَطْراً، ولَتقْصُرُنَّهُ عَلَى الْحَقِّ قَصْراً، أَوْ لَيَضْرِبَنَّ اللَّه بقُلُوبِ بَعْضِكُمْ عَلَى بَعْضٍ، ثُمَّ لَيَلْعَنكُمْ كَمَا لَعَنَهُمْ»

«Allohga qasamki, albatta ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasizlar, albatta zolimning qo‘lidan ushlab, uni majburan haqqa bo‘ysundirib, haqqa cheklab qo‘yasizlar yoki Alloh ayrimingiz bilan ayrimingizning dillariga zarba beradi. Keyin sizlarni ham Banu Isroilni la’natlaganidek la’natlaydi». (Abu Dovud va Termiziy rivoyati).

Bas, nega bugungi kunda Pokistondagi hukmdorlardan hisob so‘ramayapmiz, axir, ular yurtni zulmga to‘ldirib, iqtisodiyotimizni Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon banki kabi mustamlakachi tashkilotlar qo‘liga topshirib qo‘yishdi, mahalliy va xalqaro kapitalistlarning qarzlarini to‘lash uchun o‘z xalqlariga katta-katta soliqlar solishdi, Karachi shahrida suv toshib, u erdagi musulmonlarning g‘arq bo‘lishlariga, yuz millionlab rupi miqdorda zarar ko‘rilishiga yo‘l qo‘yishdi, Qurolli kuchlarning oyoq-qo‘lini kishanlab, ularni yahudiylar va mushrik hindular bosib olgan va zulm qilayotgan musulmon yurtlarini ozod etishga safarbar qilishmayapti. Shunday kimsalarni nega muhosaba qilmayapmiz?!

Zolimlar oldida zaif turishimiz nojoizdir. Chunki ma’rufga buyurib, munkardan qaytarish va zolimlarni muhosaba qilish dinimizni muhofaza qilib, jamiyatimizni Alloh Subhanahu va Taologa osiy bo‘lishdan saqlaydi.

Ha, Imom Husayn va uning ozchilik xolis tarafdorlari Yazid qo‘shiniga qarshi tura olmaganlar. Biroq shunga qaramay, Yazidning noshar’iy boshqaruviga qarshi kuchli kurash olib borganligi kelgusi musulmon avlodlar qalbida taassurot qoldirdi. O‘z pozitsiyalari bilan ular Islomda podshohlik yoki merosxo‘rlik boshqaruvi yo‘q ekanini isbotladilar. Shuningdek, musulmon kishining hech bir shar’iy hukmga qarshi chiqmoqqa yoki uni tatbiq qilishdan voz kechmoqqa hargiz rozi bo‘lmasligini ko‘rsatib berdilar.

Haqiqatda, Islom bilan hukm yurituvchi hukmdorga bay’at qilish yolg‘iz Ummatning haqqi va u buni o‘z roziligi va ixtiyori bilan bajarmog‘i lozim. Shunday bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda musulmonlar ustiga Islom bilan – oz ham, ko‘p ham – hukm yuritmaydigan hukmdorlarni zo‘rlab o‘tqazib qo‘yilmoqda. Ular Islom shariatidan va Islomdagi boshqaruv nizomidan-Xalifalik tuzumidan butunlay voz kechishdi. Shuning uchun, Alloh Taoloni, Rosuli ﷺni va ashobi kiromlarni sevgan har qanday mo‘min bu zolimlar boshqaruvga qarshi eng buyuk jihodga qo‘shilmog‘i darkor. Toki, barchamiz roshid xalifaga bay’at qilaylik va Alloh nozil qilgan ahkomlar tatbiq qilinuvchi hayotni qayta boshlaylik.

Karbalo fojiasi G‘arb tomonidan musulmon yurtlari tepasiga zo‘rlab o‘tqazib qo‘yilgan hukmdorlarga qarshi kurashuvchi har bir xolis musulmonga eslatma-nasihatdir. Ya’ni, zulm oldida zaiflashib, noumidlikka tushib bo‘lmasligini, chunki rostgo‘y musulmon inson zulm qaerda bo‘lmasin uning oldida qoyadek ulug‘vor pozitsiyada turishi kerakligini, yolg‘iz Allohga tavakkal qilib, Alloh yo‘lida malomatchining malomatidan – bu hatto shahidlikka olib borsa ham – aslo qo‘rqmasligini xotirlatmoqda.

وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ

«Oqibat esa taqvodorlarniki bo‘ladi»     [A’rof 128]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.