Jeenbekov Putin bilan uchrashish uchun Sochiga jo‘nab ketdi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmatidan xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Sochi shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi, unda “ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari” muhokama qilinadi.
Rossiyaga amaliy tashrif yakunlanishi bilan Jeenbekov Vengriyaga jo‘nab ketadi. Oldinroq xabar qilinishicha, bu haqdagi kelishuvga Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning 2018 yil sentyabrь oyida, u ko‘chmanchilarning III Butunjahon o‘yinlarining ochilishi marosimiga kelgan paytda erishilgan. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muzokaralar mavzusi bo‘ladi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra bir qator ikki tomonlama kelishuvlar imzolanadi. Shuningdek, Vengriya prezidenti Yanosh Ader va Milliy yig‘ilish spikeri Laslo Kyover bilan uchrashuvlar kutilmoqda.
Izoh: Jeenbekov Putin bilan uchrashish uchun Sochiga amalga oshiradigan safari oldidan, 26- sentyabr kuni “Birinchi radio”ga bergan interьvyusida “Rossiya Qirg‘izistonning strategik sherigi va ittifoqdoshi” ekanligini ta’kidlab, Qirg‘iziston Rossiya bilan hamkorlikka katta ahamiyat berishini va tomonlar o‘rtasidagi hozirgi munosabatlar eng yuqori darajada ekanligini qayd etib o‘tdi.
Ma’lumki, Jeenbekov prezidentlikka saylanganidan so‘ng ilk rasmiy tashrifini Rossiyadan boshlagan edi. Kremlda Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda u:
“Shunday bo‘lishi ham kerak. Birinchi tashrif aynan Rossiyaga amalga oshirilishi kerak edi. Men o‘z tomonimdan strategik sheriklik mustahkamlanishi uchun maksimum sa’y-harakatni amalga oshiraman… Erishgan yutuqlarimizdagi Rossiyaning roli va o‘rni e’tibordan chetda qolishi hech qachon mumkin emas. Xalq sizning yordamingiz va qo‘llab-quvvatlovingizni yuqori baholaydi. Bizning eng muhim hamkorlik yo‘nalishimiz Rossiyaga qaratilgan va biz bu yo‘nalishda qat’iy ishlaymiz”, – deya ta’kidlab o‘tgan edi…
Rossiya avvaldan Qirg‘izistonni o‘zining hom-ashyo bazasi sifatida ko‘rib keladi. Qirg‘iziston harbiy jihatdan to‘laligicha Rossiyaga qaram. Siyosiy tomondan bilvosita boshqarib kelingan. Akaevdan tortib Jeenbekovgacha bo‘lgan prezidentlarni kelish yoki ketishi Rossiya tomonidan xal etilgan. Atambaev prezidentlikni Jeenbekovga o‘tkazib berganidan so‘ng ular o‘rtasida chiqqan ziddiyatni xal etish orqali esa Qirg‘izistonning ichki ishlariga bevosita aralasha boshladi. Jeenbekovning safari oldidan Putinga qilgan tilyog‘lamaligi va bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari arafasida Rossiyaga safar qilish ham bejizga emas, albatta. U parlament saylovlaridan keyin, Jogorku Keneshga ilasha olmay qolganlar, xususan g‘arbparast partiyalar tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan norozilik namoyishlariga qanday munosabatda bo‘lish va qanday chorlarni ko‘rish maqsadga muvofiq kelishini kelishib olish maqsadida Putin bilan uchrashuvga otlandi. Sababi, Belorusda avgust oyida bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan so‘ng boshlanib ketgan norozilik namoyishlari bugungi kunga qadar to‘xtagani yo‘q va bu namoyishlar AQSh va Evropa davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Bunday stsenariy Qirg‘izistonda ham takrorlanishi ehtimoldan uzoq emas. Sababi, o‘tgan vaqt mobaynida Jeenbekov o‘z komandasini shakllantira olmadi. Mamlakatdagi siyosiy bo‘shliq va iqtisodiy muammolar bunga asos bo‘lishi mumkin.
Abdurahmon Odilov