بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Fisqu fujur rejimi Ramallohdagi tinch namoyishni tarqatib erkagu ayollarga hujum qildi
Shanba kuni Falastin rejimining «Ko‘cha tartibini saqlash politsiyasi» «CEDAW» konventsiyasini bekor qilishni talab qilib chiqqan xalq harakati namoyishchilariga hujum qildi. Ramalloh shahri markazidagi «Manora» maydonida o‘tkazilgan ushbu norozilik namoyishida politsiya ko‘plab qatnashchilarni hibsga oldi, ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va tayoqlar qo‘lladi. Vaholanki, namoyish etakchilari ushbu tadbir uyushtirilgani haqida oldindan e’lon va qonuniy bildiruv taqdim etgan edi.
Rejim o‘zining bu xatti-harakati bilan sedavchilar va ularning faollarini qo‘llab-quvvatlashi hamda sedavchi to‘dalarni xavfsizlik va himoya bilan ta’minlashi orqali Falastin muslimalarini buzishga qaratilgan loyihalarini o‘lib-tirilib qo‘llab-quvvatlaydigan va tatbiq qiladigan rejim ekanini isbotladi. Zotan, sedavchi to‘dalar Ramalloh va boshqa shaharlarda hech qanday to‘siqsiz nopok namoyishlar o‘tkazishyapti, G‘arb erkinliklariga, musulmon oilani buzishga va islomiy shariat ahkomlariga isyon qilishga chaqirishmoqda. Rejim ularni himoya qilish muqobilida Falastinda iffat va poklikka chaqirayotgan, fahshni targ‘ib etilishiga qarshi chiqib, G‘arb «CEDAW»ini qoralayotgan ayollarga qarshi gaz, tayoqlar bilan hujum qilmoqda, ularning erlari va farzandlarini esa, qamoqqa tashlamoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, Hizb ut-Tahrirning muborak Falastin zaminidagi matbuot bo‘limi bu rejimning falastinlik ayollar va aholiga nisbatan yuzsizlarcha va vahshiylarcha munosabatda bo‘lganini qattiq so‘zlar bilan qoraladi. Falastin ahliga quyidagilarni ta’kidladi:
«Yurtning bir qarichidangina emas, balki aksar qismidan voz kechgan bu rejimning qilmishi uning boshqa jinoyatchilik rejalaridan faqat bittasi, xolos. Agar bu rejim o‘z qarshisida Falastinning xolis-halol ahli tomonidan keskin norozilik namoyishlarini ko‘rmasa, ertaga sedavchi tashkilotlaru jamiyatlar bilan birgalikda musulmon oilani buzishga qaratilgan nopok loyihalarni albatta tatbiq qiladi».
Matbuot bo‘limi Falastin ahlini rejimga, uning loyihalariga hamda «Oilani zo‘ravonlikdan himoya qilish qonuni» deya nomlangan, aslida oilani parchalashga qaratilgan qonunni qabul qilishiga qarshi turishga chaqirdi. Falastin rejimi va uning tarafdorlarini bunday yovuz jinoyat va rejalar oqibatidan ogoh etib, uning bu dunyoda sharmandalik, oxiratda alamli azobdan iboratligini ta’kidladi.
Roya gazetasining 2020 yil 9 sentyabr chorshanba kungi 303-sonidan