بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Kapitalizm hazorati mevalaridan: Amerikadagi irqchilikka va Shvetsiyadagi Qur’onni tahqirlashga qarshi namoyishlar
«Al-Jazira net» veb-saytida (hijriy 1442 yil 10 muharram, milodiy 2020 yil 29 avgust shanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:
«Shanba kuni» AQShning Viskonsin shtati Kenosha shahrida irqiy tenglik va adolatga chaqiruvchi norozilik namoyishlari davom etdi. Olti kundan beri bo‘layotgan ushbu tadbir to‘qnashuv va zo‘ravonliklarning qayta boshlanishini oldini olishga qaratilgan xavfsizlik choralari manzarasida bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘pchiligi oq tanlilardan iborat o‘nlab namoyishchilar Kenosha shahri ko‘chalarini aylanib, so‘ng shahar meriyasi binosi oldida to‘xtadilar. U erda yakshanba kuni bir politsiyachining o‘qidan og‘ir yaralangan afroamerikalik Jeykob S. Bleyk uchun adolat talab qildilar.
Shuningdek, namoyishchilar «Adolat yo‘q, tinchlik yo‘q», «Qora tanlining joni muhim» kabi so‘zlar bilan hayqirishdi, hech qanday to‘polon yoki zo‘ravonlik sodir etishmadi. Sud binosi va parkni o‘z ichiga olgan shahar markazida mungli sukunat hukmron. So‘nggi paytda bu er hayqiriqlar sadosi ostida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlariga guvoh bo‘lgandi. Poytaxt Vashingtonda esa, payshanba kuni irqchilikka qarshi ko‘p sonli namoyishga guvoh bo‘lindi. Unda Bleykning yaqinlari hamda Jorj Floydning oila-a’zolari nutq so‘zladi. Ma’lumki, Jorj Floydning politsiya tomonidan o‘ldirilishi ortidan AQShda yirik norozilik namoyishlari ko‘tarilgan edi.
Buning muqobili o‘laroq, Shvetsiya politsiyasi juma kuni yurt janubidagi Malьmyo shahrida irqchilar partiyasi tomonidan Qur’oni Karim yoqilganini, buning ortidan norozilik namoyishida tartibsizliklar boshlanganini ma’lum qildi.
Mahalliy matbuotga ko‘ra, juma kuni Malьmyoda Islomga qarshi harakatlar, shu jumladan, bir necha kishining ommaviy maydonda Qur’oni Karimni bir-biriga tepib tahqirlash holatlari kuzatilgan.
«Aftonblaadet» gazetasiga ko‘ra, aksilislomiy namoyishlar ham boshlangan. Bu namoyishlar shved hukumatining daniyalik «o‘ta qattiqqo‘l» partiyasining raisi Rasmus Paludanni Shvetsiyaga kirishiga taqiq qo‘yishi ortidan boshlandi. Uni Shvetsiya chegarasida to‘xtatilib, yurtga kiritilmadi.
Qur’onni yoqishga chaqirgan Rasmusning juma kuni Malьmyoga kelib, musulmonlarga qarshi namoyish uyushtirishi kutilayotgan edi.
Roya gazetasining 2020 yil 2 sentyabr chorshanba kungi 302-sonidan