بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iroqlik namoyishchilar eronparast partiyalar qarorgohlarini vayron qilmoqdalar
«Orient News» veb-saytida (hijriy 1442 yil 3 muharram, milodiy 2020 yil 22 avgust shanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:
«Shanba kuni aksar shialar yashovchi rayondagi bir nechta namoyish faollariga qarshi qator suiqasd amaliyotlari sodir etilishi ortidan, G‘azabnok iroqlik namoyishchilar yurt janubidagi eronparast-mazhabparast partiyalarga tegishli qarorgohlarni belkuraklar yordamida vayron qilishdi.
Norozilik namoyishchilari Nosiriyadagi Eron tomonidan moliyalashtiriluvchi eng taniqli partiyalarning qarorgohi buzilishi tasvirlangan videolarni tarqatdilar. Ulardan asosiylari sobiq bosh vazir Nuriy Molikiy etakchiligidagi Hizbud Da’vat, Ammor Hakim etakchiligidagi «Hikmat» harakati va Hodiy Omiriyga qarashli «Badr» tashkilotining qarorgohlaridir.
Ma’lumki, juma kuni kechqurun Nosiriyadagi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgan maydon o‘rtasida mototsiklga o‘rnatilgan bombaning portlashi g‘azabnok yirik xalq to‘lqiniga sabab bo‘ldi. Bu hodisa shuningdek, ertasiga ertalab butun shahar aholisini Qays Xaza’liy etakchiligidagi «Asoibi ahli haq» jangarilari qarorgohini hamda «Badr» tashkiloti qarorgohlarini va yuqorida aytganimiz boshqa qarorgohlarni yoqishga undadi.
Bundan oldin Basra shahrining asosan shialar yashovchi rayonida ham Eron partiyalari qarorgohlarini yoqish kabi amaliyotlar bo‘lib o‘tgandi. Unda namoyishchilar Bag‘dod hukumatiga qarashli Parlament binosini yoqishgan.
Ushbu navbatdagi ommaviy noroziliklar to‘lqini qator suiqasd amaliyotlari sodir etilishi ortidan boshlandi. Ko‘plab namoyish faollarining o‘limiga sabab bo‘lgan ushbu suiqasdlarning oxirgisida chorshanba kuni Basrada noma’lum shaxslar o‘q otar qurol yordamida Rahom Yoqub Ramyo ismli faol ayolni o‘ldirishdi. Undan bir necha kun avval ham qurollangan kimsalar tomonidan oktyabr namoyishlarida ishtirok etgan Tahsin Usoma ismli faol o‘ldirilgan edi.
Bunga javoban, Bag‘dod hukumati bosh vaziri Mustafo Kozimiy va Basra politsiyasi qo‘mondoni Roshid Falih iste’fo berishdi. Biroq namoyishchilar bularning etarli emasligini, faollar o‘limi xususida hukumatning hech qanday chora ko‘rmaganini ta’kidladilar. Qo‘llarida faollarning qotillaridan hisob talab qilishga chaqiruvchi plakatlar ko‘tarib chiqishdi.
Roya gazetasining 2020 yil 26 avgust chorshanba kungi 301-sonidan