Hizb ut-Tahrirning Amerika siyosiy echimini rad etishga chaqirishi Tahriri Shom etakchilari halovatini buzdimi?!

325
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrirning Amerika siyosiy echimini rad etishga chaqirishi Tahriri Shom etakchilari halovatini buzdimi?!

Tahriri Shom Hizb yigitlarini kimning foydasiga qamoqqa olmoqda?!

Ma’lumki, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi «Siyosiy echim jinoyati uchun «yo‘q», rejimni ag‘darib, Xalifalikni barpo etish uchun «ha»» nomli kampaniya boshlagan. Ushbu kampaniya doirasida Hizb ut-Tahrir yigitlari shanba kuni Idlibda «Amerikaning siyosiy echimi qo‘zg‘olonga qarshi jinoyatdir» nomli namoyish o‘tkazdilar. Seshanba kuni ham Shimoliy Idlibdagi Dir Hasson qishlog‘ida «Dasturimiz Qur’ondir» nomli namoyish o‘tkazdilar. Namoyishlardagi plakatlarda «Kim kofir G‘arbdan yaxshilik umid qilsa, yantoqdan uzum umid qilibdi!» kabi so‘zlar yozildi. Juma kuni Halab yaqinidagi Artob shahrida hamda Killi va Talli Karoma shaharchalarida, Idlib yaqinidagi Ayn Shayb qishlog‘ida ham qator norozilik namoyishlari uyushtirildi. Hamon davom etayotgan ushbu kampaniya chog‘ida Tahriri Shom hay’ati xavfsizlik xodimlari payshanba kuni Idlibda Hizb ut-Tahrirning besh nafar a’zosini qamoqqa oldi. Buni ushbu Hizb a’zolarining Amerika echimiga norozilik bildirish va undan ogohlantirish ma’nosidagi plakatlarni osayotgan chog‘ida sodir etishdi. Bir vaqtning o‘zida, bu hay’at shar’an harom hisoblangan qizlar suratlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishiga yo‘l berdi. Ular orasida, masalan, bolasini emizish bilan ko‘kragini ko‘rsatib turgan ayol surati ham bor!

Bunga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi raisi ustoz Ahmad Abdulvahhob bunday dedi:

«Tahriri Shom hay’atining tug‘yoni juda cho‘qqiga etdi, hatto Alloh Azza va Jallaning ahkomlarini mensimaydigan, har qanday gunohni tap tortmay qiladigan bo‘ldi. Alloh harom qilgan jonni nohaq o‘ldirishdan boshlab, Rossiya patrul xizmatini mudofaa qilishdan tortib, da’vatni ko‘tarib chiqayotgan yigitlarni qamoqqa olishgacha hamma gunohga bittama-bitta qo‘l urmoqda. Vaholanki, Hizb a’zolari Amerikaning siyosiy echimini rad etib, Alloh Azza va Jalla rozi bo‘ladigan echim bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikka da’vat qilmoqdalar, xolos».

Ustoz Ahmad Abdulvahhob quyidagicha bir qancha savollarni o‘rtaga tashladi:

«Amerikaning siyosiy echimiga nisbatan Hizb ut-Tahrir olib borayotgan norozilik da’vati Tahriri Shom etakchilarining halovatini buzdimi?! Hizb yigitlarini kimning foydasiga qamoqqa olmoqda?! Hay’atni Alloh Azza va Jallaning halimligi va Ummatning o‘zini bosib turayotgani aldab qo‘ydimi?!».

Roya gazetasining 2020 yil 26 avgust chorshanba kungi 301-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.