بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Amerika ham Livan rejimidagi korruptsiyachi rejim ham va boshqalar ham portlovchi moddalardan xabardor bo‘lishgan
Ammo hech kim bunga chora ko‘rgani yo‘q
Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, unda quyidagilarni ta’kidladi:
«Bayrut portida katta miqdorda portlovchi kimyoviy modda xavfli sharoitda saqlanganini nafaqat hukmron korruptsiyachi rejim bilgan, balki bundan uning AQSh elchixonasidagi xo‘jayinlari ham xabardor bo‘lishgan. Ayni elchixonadan amerikalik bir xavfsizlik maslahatchisining bundan atigi to‘rt yil muqaddam fojia yuz berishi mumkinligidan ogohlantirgani to‘g‘risida xabar sizib chiqdi. Xuddi shunday kunlarda bu kabi xabarlarning sizib chiqishi ortida Livandagi Amerikaga malay hukumatlarga o‘tkazilayotgan xalq bosimini engillashtirishga qaratilgan g‘arazli maqsad yotibdi. Go‘yo bu xabar bilan «buni bilganlar Livan rejimi va hukumatlarigina emas, hatto biz ham bilar edik, xo‘sh nima qila olasizlar?!», deyishmoqchi».
Matbuot bayonotida Livan ahliga bunday murojaat qilindi:
«Amerika ham, Livan rejimidagi korruptsiyachi rejim ham va boshqalar ham portlovchi moddalar bilan bog‘liq ishlardan xabardor bo‘lishdi, ammo hech kim bunga chora ko‘rmadi. Modomiki yurt ularning qo‘lida bo‘lib, ular o‘z nazoratini kuchaytirayotgan va o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun bu yurtdan foydalanayotgan ekan, sizlarning muammoyingizni hal qilish kun tartibida bo‘lmaydi».
Bayonotda yana quyidagilar ta’kidlandi:
«Tramp, Makron va boshqa g‘arblik va mahalliy siyosatchilar Livanda tub haqiqiy o‘zgarish bo‘lishini istashmaydi. Bas, ushbu korruptsiyachi chirik elita sizning orangizda bo‘lishga loyiq emasliklarini, ularning joyi sud va qamoq ekanini anglab etishingiz va bunga ishonishingiz vaqti kelmadimi?! Etar shuncha mashaqqat va azob-uqubatlar, turing va ketma-ket kelayotgan bu ofatlardan, ya’ni, pandemiya, qimmatchilik, mana endi qirg‘inbarot portlashlardan ibrat oling. Aks holda, bu tentak rahbarlar sizni hali ne kuylarga solishlarini bilmaysiz!».
Roya gazetasining 2020 yil 19 avgust chorshanba kungi 300-sonidan