O‘zbek-qirg‘iz chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

355
0

O‘zbek-qirg‘iz chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

 2020 yilning 24-27 avgust kunlari Toshkent shahrida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi va ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

 26 avgust kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanib borayotgani qayd etilgan, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

 Hukumatlar delegatsiyalarining 27 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy muzokaralari doirasida tomonlar 2017-2020 yillarda ikki mamlakat ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan davlat chegarasining ayrim nuqtalarini belgilash loyihasini tasdiqlash haqida kelishuvga erishgan. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida ayrim o‘tkazish punktlarini ochish masalasi ham muhokama qilingan.

 Izoh: Tili, e’tiqodi turli xil bo‘lgan Evropa davlatlari ittifoq tuzish orqali o‘zaro chegaralarini ochib, mavjud chegaralar ham shunchaki ramziy ko‘rinishni kasb etgan bir vaqtda tili, dini, urf-odat, an’analari bir bo‘lgan, bir biri bilan quda-anda, qarindosh-urug‘chilik rishtalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari rasmiylari, mustamlakachi kofir tomonidan belgilab berilgan chegaralarni aniqlash  uchun ketma-ket uchrashuv va muzokaralar olib borishmoqda. Aniqlangan chegarani esa tikonli sim tortish, o‘tib bo‘lmas handaqlar qazish orqali “mustahkamlash” payida yurishipti. Asrla davomida yonma-yon yashagan, mozori va bozori bir bo‘lgan oddiy xalq esa bir qarich er, suv uchun bir-biri bilan qirpichoq bo‘lib, o‘zaro qurol qo‘llash holatiga qadar etib bormoqda. Aslida, bu rahbarlar qardosh xalqlar o‘rtasidagi chegarani belgilash va ajratish o‘rniga mazkur sun’iy chegaralarni batamom yo‘q qilish harakat qilishlari kerak edi. Ammo, afsuski ustimizdagi rahbarlar buning uchun harakat qilish tugul, hatto fikrlab ko‘rish layoqatiga ham ega emaslar. Bu ishni amalga oshirish uchun ularda siyosiy iroda ham, siyosiy erk ham mavjud emas. Bu rahbarlarning yagona dardi qanday qilib bo‘lmasin o‘z xojalarini rozi qilish va egallab turgan kursilarni saqlab qolishdan iborat xolos.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.