Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti «Qirg‘izistondagi taqvodor muslimalarni qo‘rqitishni bas qiling!» nomi ostida kampaniya boshladi
Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti Qirg‘izistondagi taqvodor muslima ayollarning ekstremistik ilmoniy rejim tomonidan doimiy ravishda ta’qib qilinishiga va qo‘rqitilishiga chek qo‘yishni talab qiladi. Terrorizmga qarshi kurash nomi ostida soxta da’volar bilan Islomga qarshi urush ochgan repressiv rejim bir nechta muslimalarni Islomiy Xalifalik davlatini barpo etish uchun tinch siyosiy faoliyat olib borishni qabul qilgan Hizb ut-Tahrirga mansublikda ayblab ularga zulm o‘tkazdi.
2020 yil 27 iyulda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Norin shahrida Hizb ut-Tahrirga a’zolikda gumonlangan 8 nafar muslimani qamoqqa oldi. Hizbning biror bir qo‘poruvchilik amaliyotida ishtirok etmagani haqiqat bo‘lishiga qaramay, Qirg‘iz hukumati Hizbni ekstremistik tashkilot deb da’vo qilib uni taqiqlagan. Qamoqqa olinganlar: Arunova Erkingul; keksa yoshdagi ota-onasi Erkingulning qaramog‘ida. Onasi insulьtga chalingan bo‘lib, ahvoli og‘ir. Erkingul hamon hibsda saqlanmoqda. Baktibek Qizi Mahabat; u muntazam davolanishni talab qiladigan kasallikdan aziyat chekib keladi hamda maktab yoshiga etmagan ikki bolaning onasidir. Ajumudunova Almagul; miya falajiga uchragan nabirasi uning qaramog‘ida bo‘lishiga qaramay, u qamoqqa olingan. Ajumudunova Archagul; u 16, 9, 6 va 2 yoshdagi to‘rt farzandning onasi. Ismailova Meerim; u 12, 10, 8 va 6 yoshdagi to‘rt nafar qizning onasi bo‘lib, hozirda uy qamog‘iga olingan. Kadiralieva Meerim; u 9 va 5 yoshdagi ikki farzandning onasi. Aytbekova Gulnur; yoshi 25da, turmushga chiqqan. Mamirkanova Amangul; 17, 16, 10 va 4 yoshdagi to‘rt farzandning onasi.
Koronavirus tufayli yurtda karantin joriy qilingan bo‘lishiga qaramay, Arunova Erkingulning uyiga yigirma kishi bostirib kirgan va hatto unga avratlarini yopib olishiga ham ruxsat berishmagan. Tintuv paytida qamoqqa olingan ayollarga tegishli bo‘lmagan qo‘lyozmalar tashlab qo‘yilgan. Xavfsizlik kuchlari tintuv paytida muslima opa-singillarimizni tahqirlashdi va 6-12 soat davomida och-nahor holatda hibsxonada ushlab turishdi. U erda Baktibek Qizi Mahabatning sog‘ligi yomonlashgach, shifoxonaga olib ketildi. Uning sog‘ligi yomonlashgan bo‘lishiga qaramay, u hamon qamoqda saqlanmoqda. Bag‘ritosh zobitlar Mamirkanova Amangulni kechki soat 3dan boshlab tun yarmigacha o‘z uyida tergov qilishdi. Ayni paytda daun sindromi bilan tug‘ilgan, yaqinda yurak operatsiyasini boshdan o‘tkazgan 4 yoshli farzandi uning qaramog‘ida edi. Xavfsizlik kuchlari uning uyiga kirlangan qo‘lqoplar bilan kirib, masofa saqlashga ham rioya qilishmadi. Arunova Erkingul bilan Baktibek Qizi Mahabat tergov yakunlangunga qadar qamoqda bo‘ladi. Biroq shunday bo‘lishiga qaramay, qamoq muassasasi karantinda bo‘lgani uchun o‘tgan oy ichida ular biron marta ham tergov qilinmagan va ularning o‘z yaqinlari bilan ko‘rishishiga ham ruxsat berilmagan. Agar davlat ayblovlari bo‘yicha ularning aybi isbotlansa, ular bir necha yilga qamalishlari mumkin.
O‘z yurtida Islomning qayta tiklanishi va Xalifalik davlati qayta barpo etilishiga qarshi omadsizlarcha kurashib kelayotgan qirg‘iz rejimi Alloh Subhanahuning diniga chaqirayotgan da’vatchilarga tahdid qilishga va muslima ayollarni qo‘rqitishga o‘tdi. Biroq, Rossiya va G‘arb hukumatlari ko‘rsatmalariga bo‘ysunuvchi bu rejim bu kurashda aslo muvaffaqiyatga erisholmaydi. Chunki bu – butun olamlar Parvardigoriga qarshi urushdir. Islomga da’vat qilish va taqvodor muslimalar yurtga xavf tug‘dirmaydi. Aksincha, ilmoniy rejimning repressiv boshqaruvi, yurtda chuqur ildiz otgan korruptsiya, firibgarlik hamda iqtisodiy sohadagi va koronavirusga qarshi kurashishdagi muvaffaqiyatsizlik yurtga xavf tug‘diradi. Xalqni qo‘rqitish va repressiya qilish bilan boshqarayotgan qirg‘iz rejimiga biz Qirg‘izistondagi taqvodor muslimalarga qarshi senlar sodir etgan jinoyatlardan dunyo aslo bexabar qolmaydi, deymiz. Chunki muslimalar boshdan kechirgan qiyinchiliklar tez kunda xalqaro miqyosda fosh bo‘ladi! Biz muslima opa-singillarimizning darhol ozod etilishini hamda Qirg‘izistondagi taqvodor qizlarning ta’qib qilinishi to‘xtatilishini talab qilamiz.
Ushbu kampaniyani quyidagi adres orqali kuzatib borishingizni umid qilamiz:
D. Nasrin Navoz
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot
bo‘limi ayollar qismi mudirasi