Misr krizisiga uning boshqaruvi sababchi

316
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misr krizisiga uning boshqaruvi sababchi

Ustoz Homid Abdulaziz qalamiga mansub

Shu kunlarda Misr og‘ir iqtisodiy krizisni boshdan kechirmoqda. Bu inflyatsiya darajasining tezlashishi bilan izohlanadi, chunki u o‘tgan yilning may oyida 5 %gacha ko‘tarilgan bo‘lsa, bu yilning iyun oyida 6 %ga etdi. Inflyatsiya darajasi tezlashib, narx-navo oshdi, ammo maoshlar oshirilmadi. Bu yurtda kambag‘allar soni misli ko‘rilmagan darajada ko‘tarilib ketdi, atigi uch yil ichida 5 millionga yaqin yangi misrlik qashshoqlik chegarasiga kirib qoldi… bu bilan qashshoqlik darajasiga etmagan kambag‘al misrliklar 30 millionni tashkil qildi. Milliy safarbarlik va statistikaning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 32.5 %ga ko‘tarildi.

So‘nggi vaqtlarda inflyatsiya darajasining oshishiga ko‘p narsa sabab bo‘ldi, jumladan:

1 –          Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun ortiqcha darajada pul bosib chiqarish.

2 –          2016 yilda Misr valyutasini erkinlashtirish. Ushbu qaror asosan inflyatsiya darajasining oshishiga hissa qo‘shdi. Xalqaro Valyuta Fondi bilan bitim imzolash uchun qo‘yilgan asosiy shart ham shu edi.

3 –          Xalqaro Valyuta Fondi buyurtmasiga binoan, yoqilg‘i mahsulotlari bilan elektr energiyasidan davlat qo‘llab-quvvatlovini olib tashlash. Bu o‘z navbatida, tayyor mahsulot narxlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ayniqsa, yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojiga. Shuningdek, bu narsa ishlab chiqarish ehtiyojlari yoki tayyor mahsulot uchun transport xarajatlarining oshishiga sabab bo‘ldi.

4 –          2016 yil avgust oyi oxirida qo‘shimcha qiymat solig‘ini belgilash. Bu inflyatsiya darajasining 2.3 %dan 2.6 %ga ortishiga sabab bo‘ldi.

5 –          Bojxona tariflaring oshishi. 2018 yil bojxona bolalar suti kabi turli oziq-ovqat mahsulotlari, elektr jihozlari, mashina va uskunalar narxlari tarifini o‘rtacha 40 %ga oshirish to‘g‘risida 419 sonli Respublika qarori qabul qilindi.

6 –          Ommaviy transport vositalari narxining oshishi inflyatsiya sur’atini oshishiga hissa qo‘shdi. Shuningdek, yangi ko‘priklar va yo‘llarning tranzit to‘lovlarining hamda armiya tomonidan boshqariladigan, zobitlar ixtiyorida bo‘lgan yo‘llar va tonnellardan o‘tish uchun belgilangan to‘lovlarning ham ortib ketishiga hissa qo‘shdi. Bu esa, o‘z navbatida odamlarning ekspluatatsiya qilinishiga keng yo‘l ochib berdi va buning qiyinchiligi inflyatsiya darajasining oshishi ko‘rinishida oxirgi iste’molchi bo‘lgan insonlar bo‘yniga tushmoqda.

Ha, Misrda keti uzilmay keluvchi hukumatlar balosi boshimizga tushdi. Ulardan hech birining biror bir krizisni hal etish qo‘lidan kelmaydi hamda Islomning iqtisod bilan bog‘liq muammolarni muolaja qilishga qodirligiga ishonishmaydi. Sababi, G‘arbning sanoat inqilobi va ilm-fandagi taraqqiyoti ularning ko‘zini qamashtirgan bo‘lib, ular Amerikaning qo‘yniga kirishgan. Ularning barchasi echim kofir G‘arb yo‘liga qarichma-qarich ergashish bilan bo‘ladi, deb bilishyapti.

Ularning og‘zidan u yoki bu tomondan qarz olish va Xalqaro Valyuta Fondi bilan muzokaralar olib borish kerakligidan boshqa gap eshitmay qoldik. Holbuki, Xalqaro Valyuta Fondi bizga shunday shartlarni qo‘yganki, bu shartlar yurtning eng qashshoq qatlami hayotiga salbiy ta’sir qilib, yurt va fuqaroni Ummat dushmanlari qo‘liga garov qilib bermoqda. Misr to‘laydigan tashqi qarz hajmi 2019 yil dekabr oyi oxiriga qadar qariyb 112.67 milliard dollarga etdi.

Misr rejimi o‘zining omadsizligiga koronavirus sababli yuzaga kelgan olamiy krizisni bahona qilayotgan bo‘lsa-da, lekin asl sababni hargiz berkitolmaydi. Misr ahli boshdan kechirayotgan krizislarning asl sababi butun siyosiy elitaning korruptsiya botqog‘iga botganidir hamda ilmoniylikni tatbiq qilib, dinni hayot, davlat va jamiyatdan ajratganligidir.

Misr ahli muhtoj bo‘lib turgan narsa Ummat aqidasidan balqib chiquvchi haqiqiy tuzumdir. Payg‘ambarlik minhojiga asoslangan ushbu roshid Xalifalik tuzumi insonni karantinga olishdan avval uning muammolariga inson muammosi, degan e’tiborda qayg‘uradi va muammolarini aniq echim bilan hal qiladi. Bu tuzumdagi iqtisod jamiyatdagi har bir shaxsning asosiy ehtiyojlarini birma-bir to‘liq qondiradi hamda har bir shaxsning kamoliy ehtiyojlarining iloji boricha ko‘proq qondirilishini ta’minlaydi. Fuqaroning asosiy ehtiyojlarini qondirish davlatning eng muhim javobgarligiga kiradi. Shuningdek, Rosululloh ﷺning quyidagi ikki hadislariga binoan, davlat kambag‘alni nafaqa bilan ta’minlashga javobgardir:

«وَمَنْ تَرَكَ ضِيَاعاً فَإِلَيْنَا وَعَلَيْنَا»

«Kim boquvchisi yo‘q kishini qoldirgan bo‘lsa, u biznikidir va bizning zimmamizdadir». Ya’ni, davlatning zimmasidadir.

«الإِمَامُ رَاعٍ وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Imom-xalifa boshqaruvchidir va qo‘l ostidagilardan javobgardir».

Xo‘sh, Misrda davlat o‘z fuqarosi oldidagi javobgarligini bo‘yniga olganmi?! Yoki ularni non va ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaganini, ulardan qo‘llab-quvvatlov olmaganini har kuni minnat qiladi, xolosmi?! Minnat qilib, so‘ng kambag‘alning qashshoqqa aylanishiga, boyning yanada boy bo‘lishiga qo‘yib berishdan boshqa narsani bilmaydimi?!

Bu hukmron rejim «milliy loyiha», deya tinmay maqtanishdan boshqa nimani amalga oshirdi, axir, bular tarkibida hech narsasi yo‘q quruq loyihadan boshqa narsa emas-ku. Odamlar o‘z boyliklari talanishidan, yurtu fuqaroning qarovsiz tashlab qo‘yilishidan, kofir G‘arb qo‘yniga kirib, unga qaram va tobega aylanishdan boshqa nimani ko‘rishdi?! Biror o‘sish paydo qilish rejimning qo‘lidan keldimi?! Ummatning muqaddas dargohlarini himoya qilish va dushman tomonidan ularning tahqirlanishini oldini olish qo‘lidan keldimi?! Ummatning mavjud bo‘lishini aslo istamaydigan dushman ostonasiga bosh urib, muammolar echimini o‘shandan so‘rashni biror kun to‘xtatdimi?!

Misr boshdan kechirayotgan barcha muammolarning echimi iqtisod, siyosat, boshqaruv kabi barcha sohada Islom va uning ahkomlarini kamchiliksiz to‘liq tatbiq etishga bog‘liq. Bugungi kundagi krizis echimi ham Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida Islom ahkomlarining tatbiq qilishga bog‘liqdir. Buning uchun avvalo quyidagi ishlarni qilmoq shart:

1 –          Darhol sudxo‘rlik qarzlarini olish va berishdan tiyilish, qarz beruvchilar bilan faqat qarzning tani to‘lanadigan bitimlarni imzolash.

2 –          Misr valyutasini oltin bilan bog‘lash. Uning dunyo ustidan hukmronlik qilish quroli hisoblangan AQSh dollari bilan bog‘liqligini uzish. Zotan, uni dollar bilan bog‘liqligi bizning taqdirimizni dushman qo‘liga topshirib qo‘yish bo‘lib, odamlarning mehnati va mollarini zoe ketkazmoqda.

3 –          Tovar va xizmatlarga solingan bilvosita soliqlar, bojxona solig‘i va to‘lovlarini bekor qilish. Chunki bu Rosululloh ﷺning

«لا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ صَاحِبُ مَكْسٍ»

«Soliq yig‘uvchi jannatga kirmaydi», degan so‘zlariga ko‘ra haromdir. Shuningdek, har qanday tovarning davlat tomonidan monopoliya qilinishini oldini olish, bu ishni tijorat va o‘zaro raqobatga qo‘yib berish, davlatning fuqarolar ishiga ulardan soliq solish bilan emas, balki ishlarini yaxshi boshqarish maqsadida aralashishini ta’minlash.

4 –          Neftь, gaz, oltin va boshqa foydali qazilmalar omma mulkidir. Bu boyliklardan yo jamoa xizmatlari sifatida barcha odamlar foydalanadi yoki ulardan tushgan mablag‘ni hamma insonlar o‘rtasida bab-barobar taqsimlab, ulardan qashshoqlik va muhtojlik daf etiladi.

5 –          Og‘ir sanoatga asoslangan yangi ishlab chiqarish bazasini yaratish. Chunki og‘ir sanoat Misrni yirik sanoatlashgan davlatlar bilan bo‘ylashishini ta’minlaydi.

Ha, tub echim o‘nlab yillardan buyon Ummat qo‘lida mavjud. Bu Islom tuzumi bo‘lib, yolg‘iz ugina krizislar kelib chiqishidan saqlovchi to‘liq foydali echimdir.

Roya gazetasining 2020 yil 29 iyul chorshanba kungi 297-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.