Iordaniya rejimining Falastin masalasiga qilayotgan xiyonati bobosidan olgan merosidir

506
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Iordaniya rejimining Falastin masalasiga qilayotgan xiyonati bobosidan olgan merosidir

Al-Jazira net veb-saytida (hijriy 1441 yil 11 shavvol, milodiy 2020 yil 2 iyun seshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Iordaniya adliyasidagi manbaga ko‘ra, bosib olingan G‘arbiy Sohilda «Isroil» kuchlariga qarshi xudkushlik amaliyotlari rejalashtirilishi ortidan, Iordaniya Davlat xavfsizlik mahkamasi yaqinda besh iordaniyalik ustidan sud boshladi.

Manbaning izohlashicha, ushbu mahbuslarga nisbatan qator ayblovlar qo‘yilgan, masalan: «Portlovchi materiallardan foydalangan holda terroristik harakatlar xavfini tug‘dirish», «Noqonuniy yo‘lda foydalanish maqsadida xakerlik materiallarini tayyorlash», «Qurolli guruhlarga qo‘shilishi uchun odam tayyorlash» kabi.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, ayblanuvchilardan biri 2007 yilda G‘arbiy Sohilga borib, G‘azoda portlovchi kamzul, portlovchi moslama, detonator va boshqalar ishlab chiqarish bo‘yicha mashg‘ulotlardan o‘tgan, so‘ng 2010 yilda Iordaniyaga qaytib kelgan.

Yana xulosada aytilishicha, ushbu ayblanuvchi 2017 yil qolgan to‘rt ayblanuvchini tayyorlagan, so‘ng beshovlon «birgalikda G‘arbiy Sohilga kirishni, u erda poezdlar, avtobuslarga portlovchi moddalar o‘rnatishni hamda «Isroil» kuchlariga qarshi portlovchi kamzullardan foydalanishni rejalashtirgan».

Roya gazetasi sharhi:

Iordaniya, degan bu kichik davlat Britaniya rejimi va qirollari tomonidan tashkil etilgan. O‘shandan buyon Iordaniya hukmdorlari malaylik qilib, g‘oyat makkorlik va razillik bilan butun Islom Ummatiga, xususan, Falastin va uning ahliga xiyonat qilib kelishadi. Ushbu muborak Falastin zaminining 1948 yil yahudiy jinoyatchi qo‘shinga qo‘sh-qo‘llab topshirishda Iordaniya hukmdorlari birinchi safda turishgan. Ular 1967 yil qolgan erlarni topshirish bilan o‘z xiyonatlarini to‘ldirishdi. Keyin 1994 yil Araba vodiysida Iordaniya-Isroil shartnomasini imzolash bilan xiyonatlariga yana xiyonat qo‘shishdi. Haqiqatdan ham, Iordaniya davlati paydo bo‘lgan kundan boshlab, bosqinchi yahudiy vujudi xavfsizligini Sharq tomondan qo‘riqlab keldi va hatto bu vujudning eng muhim ittifoqchisiga aylandi.

Islom Ummati hukmdorlardan juda og‘ir musibatlar ko‘rmoqda. Yahudiy vujudining paydo bo‘lishi va qolishi faqat shu hukmdorlar sa’y-harakati bilan bo‘ldi. Shu bois, ularni qulatish uchun hamda butun Falastinni ozod etish sari islomiy armiyalarni safarbar qiluvchi Xalifalik boshqaruvini barpo etish uchun Ummatimiz orasidagi har bir xolis musulmon jiddiy harakat qilmog‘i darkor. Aks holda, yahudiylar muborak Falastin zaminini istaganlaricha kezib, uni o‘z tomorqalariga aylantirib olishdan, musulmon yurtlaridagi, ayniqsa, Iordaniya va Misrdagi hukmdorlar ularni himoya qilishdan aslo to‘xtashmaydi.

Roya gazetasining 2020 yil 17 iyun chorshanba kungi 292-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.