EI mamlakatlari 1 iyuldan chegaralarini ochadi, ammo turistlar uchun emas

460
0

EI mamlakatlari 1 iyuldan chegaralarini ochadi, ammo turistlar uchun emas

Evrokomissiya Shengen hududiga kirgan EI mamlakatlariga koronavirus pandemiyasi tufayli mart oyi o‘rtalaridan yopilgan tashqi chegaralarni 1 iyuldan e’tiboran bosqichma-bosqich ocha boshlashni tavsiya qildi.

Komissiya o‘sha paytgacha Shengen hududiga kirgan mamlakatlar o‘rtasidagi harakatlanish cheklovlari olib tashlanishiga umid qilmoqda.

30 iyungacha EI chegaralari uchinchi mamlakatlar vatandoshlari uchun (doimiy yashash ruxsatnomasiga bo‘lganlar va zarurat tufayli kirib kelayotganlar bundan mustasno) yopiqligicha qoladi. Evrokomissiya 1 iyuldan xorijliklarning qator toifalari, xususan, talabalar va yuqori malakali xodimlar uchun chegaralarni ochishni tavsiya qilgan. Biroq ular ichida sayyohlar yo‘q.

Shu bilan birga, 1 iyuldan EIga kirmagan Bolqon o‘lkalarining bir qanchasi vatandoshlari uchun chegaralarni ochish tavsiya etilgan.

Chegaralarni ochishda davom etish, tavsiyada aytilishicha, qator mezonlarni hisobga olgan va muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishi kerak. Bulardan asosiysi – chegara ochilayotgan mamlakatlardagi epidemiologik vaziyat Shengen hududiga kirgan mamlakatlardagidan yomonroq bo‘lmasligi lozim va bu mamlakatlarning o‘zlari ham EI fuqarolari uchun chegaralarini ochishlari shart.

Shengen hududiga kirgan mamlakatlar konsulliklari tomonidan viza berish ishini tiklash uchun ham mezonlar ishlab chiqilgan, biroq bu borada aniq sana belgilangan emas.

Evrokomissiya tavsiyalarini rasman EIga a’zo mamlakatlar ma’qullashlari kerak.

Evropa Ittifoqiga kirgan mamlakatlarning ko‘pida so‘nggi haftalarda koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar va o‘lim hodisalari kamayib bormoqda.

Tahlil: EI o‘z oldiga qo‘ygan siyosiy vazifalariga erisha olmadi. Mavjud xalqaro siyosat (AQSh) va  kapitalistik olamiy boshqaruv sistemasi Evropa davlatlari maqsadlarini ro‘yobga chiqarishlariga yo‘l bermadi. Unga, Amerika Qo‘shma Shtatlari yoki Rossiya federatsiyasi singari olamiy kuchli ittifoq paydo qilish uchun imkon berishmadi.

Xalqaro siyosat olib borayotgan “olamiy pandemiya” siyosati – dunyoda yangi boshqaruv tizimini barpo qilmoqchi. Unga EI butun vujudi bilan kira olmaydi. “Pandemiya”ni bahona qilib EI bir biridan iqtisodiy va siyosiy ajrala boshladi. Endi EI birgalikda rivojlana olmaydi. Yangi shakllanishi mumkin bo‘lib turgan xalqaro siyosiy etakchi davlatlar qatlamiga ham, EIga bir butun vujud sifatida kirishiga yo‘l berilmaydi. Frantsiya, Germaniya singari bir qator rivojlangan davlatlar yangi olamiy etakchi davlatlar safidan o‘rin olishlari uchun o‘zlaricha alohida harakat qilishlari kerak.

Ikkinchi tomondan Evropa “pandemiya” bahonasida o‘z zimmasiga olgan xalqaro vazifalaridan o‘zini qutqarib, muhtoj, qashshoq va qochoqlikka mahkum bo‘lgan odamlar va davlatlardan o‘zini izolyatsiya qilib olmoqchi.

 G‘arb olami global olamiy iqtisodiy tizim barpo qilish paytida, davlatlarning iqtisodiy rivojlanish garovi bo‘lgan og‘ir va engil sanoatni o‘zlariga olib, uchinchi olam davlatlarini xom-ashyo etkazib beruvchi agrar davlatlar sifatida belgilashgan edi. Evaziga “katta ettilik” va “yigirmatalik” davlatlar agrar davlat fuqorolari oldida bir qator iqtisodiy va siyosiy vazifalarni o‘z zimmalariga olishgan.

Oxirgi yillarda demokratiyaga asoslangan kapitalistik boshqaruv tizimi inqirozga uchrab, etakchi fikr mabda’iy asosdan vatanparvarlik, millatchilik va moddiy manfaat asosida ekani ochiqqa chiqdi va har bir davlat o‘z manfaatini asos qilishini yashirmay qo‘ydi. Natijada bosqinchilik urushlari avj olib, olamda qochqinlar, qashshoqlar va norozi kayfiyatdagi mabdaiy islomiy fikriy muhit kuchaya boshladi. Bu holat G‘arb olami dunyo oldida zaif davlatlar uchun zimmasiga olgan masuliyatlarni kuchaytirdi.

“Pandemiya” ortidan shakllanib borayotgan yangi olamiy boshqaruv tizimi etakchi davlatlar manfaati asosida ochiq zulm va bir yoqlama ish olib borishlari uchun xalqaro qonuniy sharoitlar yaratib olmoqchi! Ular biz tomonga hech qanday to‘siqsiz kirib kelib, har qanday manfaatlarini ro‘yobga chiqarishadi. Biz esa aksincha, dunyoqarashimiz va itoat darajamizga ko‘ra ming tekshiruvlardan o‘tib, ularga xizmat qilish uchun yollanamiz. Mamlakatlar qashshoqligimizdan ularga mutlaq tobe holda bir birimiz bilan ularga qullik qilish imkoniyatlarini talashib urushlarga kirishamiz. Dunyoni tabaqa,toifa va mintaqalarga bo‘lishtirish qonuniylashtiriladi!

Birodarlar ustimizdagi etakchi qatlam vakillari xoinlik qilishyapti! Yo‘q joydan “pandemiya” vahimasini kuchaytirishga zo‘r berib, mamlakatlarimizni olamiy kufr siyosatining makriga bog‘lab berishyapti! Bas etar – vahima ustiga qurilgan bu siyosiy nayranglarni yig‘ishtiringlar deb chiqib, pandemiyani qalbaki vahimasiga ishonchsizlik bildirmasak, hali ko‘rishimiz kutilayotgan zulmlar oldinda! Bu siyosiy, psixologik vahima ustimizga juda katta, ko‘p va uzoq qiyinchiliklar, adolatsizlik va zulmlar olib keladi! Vaziyat bizni bu vahimalarga bo‘lgan ishonchimiz ustiga qurilgan. Shuning uchun butun dunyo matbuot tizimi bir tomonlama ish olib boryapti. Ular bor imkoniyatlarini odamlarda “pandemiya”ga bo‘lgan ishonch va vahimani kuchaytirish hamda davomli ushlab turish asosiga qurishgan!

    Abdurazzoq Mo‘min

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.