Islomiy Ummat birligi
Ulamolar va imom xatiblar har doim Islomiy Ummatning bir butun bo‘lishi lozimligini ta’kidlab kelishadi. Hech bir olim yoki imom xatib islomiy ummat tarqoq bo‘lishi kerak demaydi. Balki Qur’oni Karimdan
وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا
– „Va Barchangiz Ollohning arqoniga (Qur’onga) bog‘laningiz va bo‘linmangiz!“ oyatini dalil qilib, faqat Allohning arqoniga mustahkam bog‘lanishga chaqiradi. Ular doimo Musulmonlar orasidagi bo‘linish va parchalanishni qoralab, buning yomon oqibatlari haqida misollar keltirishadi va oraga munofiqlik va yomonliklar suqilib kirishidan ogohlanirishadi.
Shu erda bir savol tug‘iladi, Allohning arqoniga mustahkam bog‘lanishning yo‘l-yo‘rig‘i qanday bo‘ladi, Islom ummati birlashish uchun nima qilishi kerak? Chunki faqatgina “birlashing, tarqoq bo‘lmang, Musulmonlar bir butun bo‘lishi lozim”, deyish bilan bir natijaga erishib bo‘lmaydi, uni qanday vujudga keltirish haqida tushunchaga ega bo‘lish lozim. Masalan, – „Va barchangiz Ollohning arqoniga (Qur’onga) bog‘laningiz va bo‘linmangiz!“ degan ma’nodagi oyatni butun dunyo bo‘ylab har bir o‘lkalarda, har bir shaharlarda, hatto har bir mahallalarda barcha ulamolar va imom xatiblar har doim takrorlab kelishadi. Shunga qaramay, Islom olami oltmishdan ortiq davlatchalarga parchalangan holda qolmoqda. Musulmonlar hatto bir kunda ruza tutib, bir kunda bayram qilish uchun ham birlasha olishmayapti. Demak, faqat birlashaylik deyishning o‘zi bilan bo‘lmaydi. Balki imomlarimiz, olimlarimiz birlik haqida gapirar ekanlar, o‘sha birlikni vujudga keltiradigan, uni muhofaza qiladigan, va barcha musulmonlarning qalblarini bir-biriga bog‘lab qo‘yadigan vujud haqida ham batafsil tushuncha berishlari lozim. Toki ummat shu tushuncha orqali harakat qilsin va o‘zlarining birliklarini ta’minlab beradigan o‘sha vujudni barpo qilishsin.
Bu vujud Xalifalik davlatidir. Davlat bo‘lmas ekan, musulmonlar aslo birlasha olmaydi, hatto bir masala ustida o‘zaro tortishib-talashib bo‘lib ketishayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Demak agar o‘sha ulamolar va imom xatiblar haqiqatdan ham ummatning birligini chin ko‘ngildan istayotgan bo‘lishsa, ular bu birlikni vujudga keltiradigan va ummatni tarqalib ketishiga aslo yo‘l qo‘ymaydigan halifalik haqida va uni tiklash haqida kelgan hadislar haqida ummatga etkazishlari lozim. Chunki bu ish faqat Xalifalik davlati bilangina amalga oshishi kundek ramshan. Musulmonlar bitta Xalifaga itoat qilmas ekan ular aslo birlasha olmaydi. Xalifaning amri ixtiloflarni bartaraf qiladi degan mashhur qoida bor, buni o‘sha Ulamolarning o‘zlari ham yaxshi bilishadi. Ya’ni Xalifa qaysi bir mavzuda biror hukmni tabanniy qilsa bu hukmga itoat qilish butun musulmonlarga majburiy bo‘ladi va u butun musulmonlarning o‘rtasini bog‘laydi. Natijada musulmonlar o‘rtasida birlik yuzaga keladi.
Ko‘p holatlarda musulmonlarning birligi haqida gap ketganda doimo musulmonlarning o‘zi birlasha olmaslikda ayblanadi. Aslida musulmonlarning birlashishi tabiiy, chunki Islom aqidasi birlikni talab qiladi. Islomiy Ummatdagi birlik omillari har qanday tarqoqlik va parchalanish omillaridan kuchlidir. Shuning uchun ham Islomiy Ummat Allohga bo‘lgan iymoni asosida o‘zaro jamlanib kelgan. Ammo bugungi birlashmaslikning sababchisi musulmonlar emas, balki ular ustiga majburan saylab qo‘yilgan hokimlardir. Chunki ular musulmonlarga bu ishda aslo yo‘l bermaydi. Bir o‘ylab ko‘ring, oltmishdan ortiq davlatchalarga parchalab tashlangan davlatchalarning o‘rtasi chegaralar bilan ajratilgan, majburiy cheklovlar qo‘yilgan va musulmonlarning bu davlatchalarga iznsiz kirishi man qilingan. Shunday ekan, o‘rtalarida soxta chegaralar tortib qo‘yilgan davlatlarda birlashish haqida qanday gap bo‘lishi mumkin?
Musulmonlar birlashmaydi emas, balki ularning birlashishiga imkon berilmaydi. Chunki musulmonlarni hanuz Islom fikrlari bitta qilib jamlab kelmoqda, ularni Islomiy tuyg‘ular birlashtirib turibdi, ammo hokimlar bunga monelik qilyapti. Ya’ni musulmonlar bo‘linib ketgan emas, bo‘lib tashlangandir. Masalan siz Arakandagi, Falastindagi, Kashmirdagi, Sharqiy Turkistondagi, Afg‘onistondagi va boshqa o‘lkalardagi musulmonlarga yordam qo‘lini cho‘zmoqchi bo‘lsangiz darhol jinoyatchiga yoki terroristga chiqarilasiz. Bundan tashqari musulmonlar birlik borasida fikr yuritib harakatga kela boshlasa darhol fitna urug‘lari sochiladi. Agar barcha musulmonlar bitta boshliqqa itoat qilsalar sizningcha tarqoqlik bo‘lishi mumkinmi? Shuning uchun birlik haqida gapirilar ekan buning qanday yo‘l bilan yuzaga kelishi va qanday ta’minlanishi haqida ham gapirishlari lozim.
Xulosa shuki, Musulmonlar davlatlarini bitta davlatga, Islom Ummatini bitta Ummatga aylantirib qo‘yadigan Islomiy boshqaruv nizomi mavjud bo‘lsagina birlik yuzaga keladi. Tarqoqlik va bo‘linib ketish natijasida kelib chiqqan muammolar ham faqatgina Islomiy Davlatni barpo qilish bilangina hal bo‘ladi.
Umar r.a.ning bu haqida aytgan ma’noli so‘zlari naqadar o‘rinli: «Jamoatsiz Islom bo‘lmas, amirsiz jamoa bo‘lmas, itoatsiz amirlik bo‘lmas…».
Xalifasiz birlik yo‘q, bo‘lmaydi ham. Islomiy Xalifalikni tiklash musulmonlar birligini o‘z-o‘zidan qayta vujudga kelishi, demakdir. Agar musulmonlar bugungi abgor holatlaridan qutulishni istasalar, Islom davlatini barpo qilish uchun harakat qilmoqlari lozim. Chunki musulmonlarning birligi Islom davlatining tiklanishi bilangina amalga oshadi. Mana shunda
وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا
–Va barchangiz Ollohning arqoniga (Qur’onga) bog‘laningiz va bo‘linmangiz! oyatiga amal qilingan bo‘ladi.
Qiyomuddin Sharif