Lukashenko Rossiyaning OAV orqali Belarusga muammolar tiqishtirayotganini ma’lum qildi

472
0

Lukashenko Rossiyaning OAV orqali Belarusga muammolar tiqishtirayotganini ma’lum qildi

 Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Valeriy Vakulьchik bilan uchrashuvida mamlakatda bir nechta  pandemiya mavjudligini aytdi. Bu haqda BelTA agentligi xabar bermoqda.

 “Pandemiyalardan biri sog‘liqni saqlash sohasida. Xudoga shukr, uni asta-sekin bartaraf etyapmiz”, – dedi Lukashenko.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovlar sababli siyosiy pandemiya, jahondagi inqiroz bois iqtisodiy pandemiya vujudga kelgan.

 “Hali infopandemiyani aytganim yo‘q. Hozirda internet axlatxonasiga har narsani tashlashyapti va xorijdan, xususan qardosh birodarlarimiz ham OAVda muammolarni tiqishtirmoqda. Ammo biz bularning barchasini ko‘rib turibmiz”, – dedi Belarus prezidenti.

 Izoh: Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 9-aprel kuni Evropa ittifoqi bilan vizalarni engillashtirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Shu bilan bir vaqtda EI bilan tomonlarning hududida ruxsatsiz qolgan shaxslarni readmissiyasi (o‘z fuqarolarini qayta qabul qilish) to‘g‘risidagi kelishuv ham ratifikatsiya qilindi. 

 Bundan tashqari Lukashenko Rossiyadan gaz narxlarini uch barobar pasaytirishni talab qilib chiqdi. 15- maydan boshlab esa AQSh Belorusga  neft etkazib berishni boshladi.

 Belarus prezidentining Rossiya manfaatlariga zid bo‘lgan bitimlarni imzolashi va tutun qaytarishi “rus ayig‘ining” g‘azabini qo‘zg‘ashi tabiiy. Shu sababli ham rus hukumati ko‘rsatmasi bilan Rosiya ommaviy axborot vositalari Belorusga qarshi axborot hurujini boshlab yuborishdi. OAV bu kurashda Lukashenkoning olamiy vahimaga aylantirilgan koronavirus pandemiyasini tan olmagani va mamlakat hududida karantin choralarini joriy etmaganligini dastak qilib olishdi va butun e’tborlarini mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni bo‘rttirib ko‘rsatishga qaratishdi. Rus OAV axborot hujumining oldini olish maqsadida Belarus TIV Rossiyaning Birinchi kanali suratga olish guruhini respublikadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi lavhasi uchun akkreditatsiyadan mahrum qildi.

 Belorus Evropa bilan viza, Amerika bilan neft kelishuvlari tuzish orqali G‘arb “marhamatiga” erishayotgan bo‘lsada, yuz o‘gira boshlagani sababli Rossiya qahriga duchor bo‘lmoqda. Hozircha Rossiya faqat axborot hujumi bilan cheklanmoqda. Agar bu qadam o‘z samarasini bermasa Rossiya Ukraina stsenariysini takrorlashga qadar borishi mumkin.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.