Da’vat yukini ko‘tarib chiqqan birodarimizning vafot etgani to‘g‘risida xabar
مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنْتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا
“Mo‘minlar orasida Allohga bergan o‘z ahdu paymonlarida sodiq turgan kishilar bordir. Ulardan ayrimlari o‘z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo‘ldi), ayrimlari esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q”
Da’vat yukini zimmasiga olib, uzoq yillar bu yo‘lda tinimsiz harakat qilgan birodarimiz Mirzaxonov Mirzabahromni 18-may kuni vafot etgani haqida chuqur qayg‘u bilan xabar qilamiz.
1973-yili Tojikistonning So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida tug‘ilgan Mirzaxonov Mirzabahrom Hizb ut-Tahrir safida payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash yo‘lida zolimning zulmi, malomatchining malomatiga zarracha parvo qilmay jiddu jahd bilan faoliyat olib bordi.
4 farzandning otasi bo‘lgan Mirzabahromning Hizb safida olib borgan fikriy va siyosiy kurashi tog‘ut tojik rejimi nazaridan chetda qolmadi. Zolim rejim birodarimiz faoliyatiga chek qo‘yish ilinjida uni 2001-yili qamoqqa tashladi. Qamoqda qo‘llanilgan g‘ayriinsoniy zulmlar natijasida birodarimizning miyasida o‘simta paydo bo‘ldi. 2009-yili 1-guruh nogironi bo‘lib qoldi. 2010-yili qamoqdan ozod qilinganidan so‘ng kasalligi sababli aksar vaqti kasalxonada, davolanishda o‘tdi. Ammo shunga qaramay Mirzabahrom o‘z da’vat faoliyatini bir lahzaga bo‘lsa ham to‘xtatmadi, hatto nogironlar aravachasida harakatlanishga majbur bo‘lib qolgan bo‘lsada da’vat yukini tashlamadi, barcha musulmonlarni ezgulik va haqqa da’vat qilib keldi. Shu holatida ham faoliyatini yanada kuchaytirdi. Shu sababli zolimning yugirdaklari uni aravachada o‘tirgan holida ham so‘roqqa chaqirib turishdi, da’vatni to‘xtatishni talab qilib, uning faoliyatiga to‘siq qo‘yishga urinishdi. Biroq, birodarimiz o‘z pozitsiyasida sabot bilan turib, “Ha men da’vat qilyapman va bu yo‘ldan o‘lsam ham qaytmayman, qo‘linglardan kelganini qilinglar”, deb zolimlarga bo‘yin egmadi.
Biz, Alloh taolodan birodarimiz Mirzabahromni O‘zining keng rahmatiga burkashini, jannatda payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga qilishini so‘raymiz.
Birodarimizning ortida qolgan oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qilamiz. Alloh taolodan ularga sabri jamil ato etsin.
Da’vat yukini ko‘tarishda elkadosh bo‘lgan birodarimizning vafot etishi bizlarni chuqur qayg‘uga solgan bo‘lsada, Allohni rozi qiluvchi so‘zdan boshqasini aytmaymiz:
إنا لله وإنا إليه راجعون
“Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta O‘ziga qaytajakmiz” [Baqara 156]
Turkiston