Shom qo‘zg‘oloni namunadir

504
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Qo‘zg‘olonlar muvaffaqiyatsizligi va ularning g‘alaba quchish omillari

Shom qo‘zg‘oloni namunadir

Mustafo Sulaymon qalamiga mansub

Muvaffaqiyatsizliklar va omillar haqida so‘zlashdan oldin «الثورة qo‘zg‘olon» so‘zining ma’nosini diqqat bilan yoritib o‘tsak. «الثورة qo‘zg‘olon» so‘zining ma’nosi tubdan inqilobiy ravishda o‘zgartirish, demakdir. Ya’ni, mavjud vaziyatga qarshi chiqish va vaziyatga norozi bo‘lib, undan afzaliga intilish turtkisi yordamida o‘zgartirishdir, har qancha og‘ir bo‘lsa ham ortga chekinish fikridan voz kechishdir. Zero, ko‘zlangan maqsad yo nusratga erishish yoki shu yo‘lda halok bo‘lish bo‘ladi…

Davlatga qarshi qo‘zg‘olon ushbu davlat tomonidan buzilgan narsalarni o‘nglaguvchi yangi tuzumga ega bo‘lgan bir davlatning barpo bo‘lishiga olib borishi lozim. Zero, qo‘zg‘olonda kishanlardan ozod bo‘lish mazmuni mavjud. Binobarin, qo‘zg‘olonning ma’nosi ostida mustaqillikka intilish ma’nosi yotadi. Shuning uchun qo‘zg‘olondan istak va qarori tortib olingan davlat va rejimni tiklash kelib chiqmasligi kerak.

Odatda xalqlar qo‘zg‘olondan o‘zini olib qochadi. Bunga savodsizlik, qashshoqlik va o‘zgarish oqibatlaridan qo‘rqish kabi bir necha omillar sabab bo‘ladi. Bu omillarni o‘ziga ishonmaslik keltirib chiqaradi. Ya’ni, odamlarning o‘z haq-huquqlari va hokimiyatlaridan voz kechishlari va tortib olingan narsalarini qaytarib olishga harakat qilmasliklari keltirib chiqaradi.

Demak, qo‘zg‘olonchilar va o‘zgartirishga harakat qilayotganlar o‘zgartirmoqchi bo‘layotgan holatga hushyor boqmoqlari lozim. Toki, bosimlar ostida o‘zgarish ishining biror qismidan voz kechib yoki yon berib qo‘ymasinlar. Chunki buning natijasida, qo‘zg‘olonlari zulmni yana qaytarib olib keladigan harakat bo‘lib qoladi va bundan katta xatarlar kelib chiqadi. Masalan, berilgan qurbonliklarning bekordan bekorga havoga uchib ketishi, odamlarning holdan toyishi va qattiq zarbalardan so‘ng yangidan o‘zgartirish faoliyatini yana qayta boshlashdan hafsalasi pir bo‘lishi kabi.

Shuning uchun, agar qo‘zg‘olon qo‘zg‘olonchilar zehnida mukammal o‘rnashmasa va ular qo‘zg‘olonning ichiyu tashini tushunib etmasalar, bunday qo‘zg‘olon mustahkam o‘rnasha olmaydi. Agar qo‘zg‘olonchilar ko‘zlagan maqsadlari haqida zehnlarida aniq-tiniq tasavvur bo‘lmasa, bunday holatda fojiaga duch keladilar va xom ishning achchiq samarasini terib oladilar, natijada, navbatdagi tang-baxtsizlik va tanazzul kelib chiqadi. Binobarin, nosoz binoni buzish to‘g‘risida fikrlashning o‘zi etarli emas, balki shu bilan birga, uni buzgandan so‘nggi qurilajak bino haqida, uni qanday qurish yo‘li to‘g‘risida tiniq tasavvur bo‘lishi ham shart.

Qo‘zg‘olonchilar ushbu haqiqatlarni anglab etsalar hamda faqat davlat rahbari shaxsini emas, balki uning rejimi, qonunlari va xalqaro tizimga qaramligi masalasini ham o‘zgartirish kerakligini tushunsalar, bunga qo‘shimcha yana bir muhim masalani idrok etishlari kerak bo‘ladi. Ogoh bo‘lingki, bu – qo‘zg‘olonchilar sho‘ng‘iydigan kurashning mohiyatini bilish masalasidir. Zero, bu kurash faqat qulatish ko‘zlangan rejimga qarshi kurashishga cheklanmaydi, balki dushman qo‘zg‘olonni yo‘q qilmaguncha hargiz tinchimay harakat qilayotgan makr-aldovlarga qarshi kurashni ham o‘z ichiga oladi.

Kurash mohiyati kurashuvchilar uchun reja va uslublarni belgilab beradi. Agar ular bu kurashning haq bilan botil, imon bilan kufr kurashi ekanini anglasalar, ana shunda himmatlari oliy va belni mahkam bog‘lagan bo‘ladilar. Shu bilan birga, ular yagona qo‘llab-quvvatlovchiga, ya’ni Allohga murojaat qilishlari kerakligini tushunib etadilar hamda Uning roziligi uchun qadam tashlaydilar.

Ammo kurash tabiatini belgilashda xato qilsalar va dushmanlarini mahalliy rejim, deb hisoblasalar xatoga kirib qoladilar… So‘ng tez vaqtda qoqilib, sarobni suv deb ketayotganlarini anglamay, dushmandan yordam so‘raydilar… Ishning boshida o‘zlariga Allohdan ittifoqchilik va qo‘llab-quvvatlov qidirib, keyinroq esa, Allohdan boshqasidan qidirib qolishadi. Ana, shu erda toyilish bo‘ladi, oyoqlar sirg‘aladi: Ko‘p o‘tmay, Qo‘zg‘olonchilar aqlini faqat qo‘llaridagi imkoniyatlarga ishonish va Allohning madadu qo‘llovidan g‘aflatda qolish egallab oladi… Aftidan, qo‘zg‘olonlardagi eng xavfli muvaffaqiyatsizlik mana shu bo‘lgan bo‘lsa kerak.

Mana, Shom qo‘zg‘olonini ko‘ring, qo‘zg‘olonchilar o‘z energiyalarini o‘zlarini yolg‘ondan «Suriya xalqining do‘stlari», deb atagan davlatlar mandatiga topshirib qo‘yishdi… Kechagina yurt janubining bir qismini sotib yuborgan Saudiya bilan hamda Damashq va janubni xiyonatlari bilan to‘ldirgan Qatar bilan hamkorlik qilishgan edi. Bugun esa, sal oldinroq Halabni sotib yuborgan va keskinlikni yumshatish kelishuvini kafolatlash orqali ularga xiyonat qilgan Turkiya bilan hamkorlik qilishmoqda.

Odamlar kurash mohiyatini keragicha anglamadilar. Garchi bo‘g‘izlaridan «qo‘zg‘olonimiz Alloh uchun», «Ey Amerika, shuncha qonimiz bilan to‘ymadingmi?!» kabi hayqiriqlar chiqqan bo‘lsa-da, biroq bu hayqiriqlar amaliy yo‘lga aylanmadi. Ayniqsa, davlatlar «qo‘llab-quvvatlash» arqonini tashlashganda, qo‘zg‘olonchilar uni mahkam ushlab bo‘yniga o‘tkazib olishdi. Natijada, kuni kecha mustahkam turgan asoslar bugunga kelib o‘zgarib ketdi! Axir, biz o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rdik, Ahrori Shom fronti qo‘g‘irchoqqa aylanib, bir mintaqada yarashuvni tatbiq qildi, ikkinchi mintaqani rejimga qo‘sh-qo‘llab topshirdi, Riyoz konferentsiyasiga chopib borib, u erdagi qarorlar bilan qo‘zg‘olon mafkurasini yo‘qqa chiqardi. O‘zimiz guvohi bo‘ldik, Nusrat fronti Allohning do‘stlariga do‘st bo‘lish va Uning dushmanlariga dushman bo‘lishdek, o‘z mafkurasini o‘zgartirib, uni oqimga qarab suzish va Allohning dushmanlari bilan birga taqvodor bo‘lish fikriga aylantirdi… Shuningdek, olamshumul Islomni ko‘tarib chiqish fikrlari, mahalliy (Sayks-Piko) islomini etkazish fikri bo‘lib qoldi… Oxir borib, Turkiya rejimiga ergashadigan hamda bir necha yil avval Islomning sof fikrini ko‘tarib chiqqan har bir insonga qarshi kurashadigan mo‘’tadil islomga aylandi qoldi. O‘zimiz guvoh bo‘ldik Ozod armiya mutlaqo ozodligini yo‘qotdi, dam Turkiya jandarmasidek jandarmaga, dam Liviyadagi yollanma armiyaga aylanib, so‘ng milliy armiyaga, vatan armiyasiga aylandi!

Ha, qo‘zg‘olonning muvaffaqiyatsizligi Allohni tenglamaning eng zaif tomoniga qo‘yishda bo‘ldi. Binobarin, qo‘zg‘olonni quvvatlaydigan kuchliroq tarafni izlab, Allohning buyruqlari, taqiqlari, va tadbirlaridan butunlay g‘aflatda qolishdan kelib chiqdi… Zero, bunday holatda qo‘zg‘olonchilar qo‘zg‘olonlari uchun o‘z qo‘llari bilan go‘r qazigan bo‘ladilar.

Bundan farqli o‘laroq, yangi paydo bo‘lgan qo‘zg‘olon bo‘ladimi, Shom qo‘zg‘oloni kabi, harakatini qayta tuzatish istalayotgan qo‘zg‘olon bo‘ladimi, farqsiz, har qanday qo‘zg‘olonning eng muhim vazifalaridan biri shuki, qo‘zg‘olon ahli kurashning nimadan iboratligini, u imon bilan kufr, haq bilan botil, xalqaro tizimga qarshi kurash ekanini anglasinlar. Aks holda, faoliyat qilayotganlar kutmagan hollar yuz beradi, g‘ayratlari so‘nib qoladi.

Faoliyat qilayotganlar to‘siqlarni engib o‘tmoqlari uchun ikki tushuncha bilan qurollanmoqlari lozim. Ogoh bo‘linki, ularning biri rizq tushunchasi, ikkinchisi ajal tushunchasidir. Zero, rizq taqsimlanib, Lavhul mahfuzda bitib qo‘yilgan, xuddi o‘lim kabi. Chunki inson uning rizqi va ajali tugamagunicha o‘lim topmaydi. Abu Amoma roziyallohu anhu Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«نَفَثَ رُوحُ الْقُدُسِ فِي رَوْعِي أَنَّ نفْساً لَنْ تَخْرُجَ مِنَ الدُّنْيَا حَتَّى تَسْتَكْمِلَ أَجَلَهَا، وَتَسْتَوْعِبَ رِزْقَهَا، فَأَجْمِلُوا فِي الطَّلَبِ، وَلَا يَحْمِلَنَّكُمِ اسْتِبْطَاءُ الرِّزْقِ أَنْ تَطْلُبُوهُ بِمَعْصِيَةِ اللَّهِ، فَإِنَّ اللَّهَ لَا يُنَالُ مَا عِنْدَهُ إِلَّا بِطَاعَتِهِ»

«Qalbimga Ruhul-Quds (Jabroil) shu so‘zlarni muhrladi, jo-bajo qildi: Hech bir jon O‘z ajalini, (unga belgilangan umrini) yashab bo‘lmay, o‘z rizqini to‘la eb bo‘lmay turib, hargiz o‘lmaydi. Bas, rizqni to‘g‘ri yo‘li bilan izlang, rizqning sekinlashgani sizni Allohga osiylik qilishga undamasin. Chunki Allohning huzuridagi narsalarga Allohga itoat qilish bilan etiladi».

Shuningdek, faoliyat qilayotganlar Allohdan so‘ralayotgan nusratning talablarini to‘la-to‘kis bajarishlari uchun hamda ular harakat qilib, odamlar ularning harakatlariga ergashishlari va hujjat asosida muhosaba qilishlari uchun, avvalo tushuncha va loyihalarni belgilab olmoq darkor. Ya’ni, maqsad qilingan loyihani diqqat bilan, ikkilanmay, talmovsiramay, aniq-tiniq belgilab olmoqlari kerak, shundagina odamlar bu loyihani qabul qilib, unga yordam beradilar, uni tatbiq qilish uchun loyiha etakchilarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Shuningdek, faoliyat qilayotganlar to‘g‘ri yo‘ldan yurishlari va «Davlat» tashkiloti kabi quruq, mazmunsiz so‘zlar qo‘llamasdan ongli bo‘lmoqlari lozim. Zotan, bu tashkilot xalifalik barpo qilinganini iddao qilish bilan Xalifalik haqidagi afkori ommadan foydalandi, haqiqiy Xalifalik loyihasini buzish va qoralashni niyat qilishdi. Agar Allohning fazl-marhamati bilan ularning kimligi va da’volari fosh bo‘lmaganida, bu niyatlariga erishardilar.

Ushbu talablar tayyorlanish, qurol-aslaha va kishilarni hozirlash kabi moddiy sabablarni ushlamaslikni anglatmaydi. Balki ushbu tayyorgarlik mustahkam printsip asosida bo‘lmog‘i lozimligini anglatadi. Masalan, tahorat najas suv bilan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki Alloh pokdir, faqat pokni qabul qiladi… Nusrat ham uning oldidan keladi, zotan, Alloh Taolo

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَنْصُرُوا اللهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ

«Ey mo‘minlar, agar Allohga yordam bersangiz, U ham sizga nusrat-yordam beradi va qadamlaringizni sobit qiladi» [Muhammad 7]

dedi. Shuning uchun to Alloh o‘z izni ila va’dasini ro‘yobga chiqarishi uchun biz ushbu shartni bajarmog‘imiz va Allohdan uni tezlashtirishini so‘ramog‘imiz darkor.

Roya gazetasining 2020 yil 29 aprel chorshanba kungi 284-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.