Qimorni Allohning ibodatidan ustun qo‘ygan hukumat!!!
Darhaqiqat, koronavirus krizisi butun olamga hujum qilib, uni faoliyatdan to‘xtatdi. Olam siyosatchilarini hayron qilib, sarosimaga solib qo‘ydi, hatto kuchli deya da’vo qilingan iqtisodlarni ham sindirib tashladi. O‘zini rivojlangan, deya hisoblaydigan yurtlarning meditsina tizimini parchalab yubordi. Koronavirus Livanga xuruj qilganda esa, siyosiy kurash avjida bo‘lgani uchun hukumat unga e’tiborsizlik bilan yondashdi. Uning e’tiborsizligi vabo tarqalgan joydan kelgan uchoqni mamlakatga kiritishida namoyon bo‘ldi.
Butun dunyo ogoh tortib, chegara va havo yo‘llarini to‘sgach, Livan ham o‘z odatiga ko‘ra o‘shalar ortidan yurib, barcha tirikchilik yo‘llarini berkitdi. Aksariyat xalqi bir kunlik ovqat topish uchun ishlaydigan ushbu yurtda hayot to‘xtadi.
Azhar va Hijoz muftiylari nido qilib, Azhar va ikki haramni berkitishgach, Livan muftiylari masjidlarni berkitishga chaqirishdi. Biz ulardan biror asosli fiqhiy bahs tinglamadik. Balki muftiylar o‘shalar yurgan yo‘lga yurib, na hidoyat va na yorqin kitobga ergashishdi. Shu munosabat bilan biz sizlarni ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning koronavirus voqesi haqida yozganlarini hamda masjidlar berkilishi va vaboga qarshi kurashda tutiladigan shar’iy yo‘l haqidagi savollarga bergan u kishining javobini o‘qishni tavsiya qilamiz.
Biz muftiylarga bu borada xitob qilmoqchi emasmiz. Ularga aytamizki, biz sizlar bilan kurashmaymiz, sizlarning bu borada qattiq qo‘rqayotganingizni bilamiz. Chunki bu yurtning irqchi siyosatchilari Islom va musulmonlarga bosim o‘tkazish va zulm qilish uchun qulay fursat poylashmoqda. Lekin masala shu darajaga etib bordiki, fisq-fujur klublari va qimorxonalarning ochilishi masjidlar ochilishidan muqaddam qo‘yildi. Allohga qasamki, bu qaqshatqich zarba hamda Alloh va bandalarining diniga qarshi hujumdir. Allohning bandalari jamoat va juma namozlari to‘xtatilgani tufayli ich-ichidan azob chekishdi. Ibodat oyi bo‘lgan muborak ramazonda masjidlarning yopiq bo‘lishi ularga o‘ldiruvchi zahardek ta’sir qildi. Ular go‘yo kasallik mana shu erdan kelib chiqdi, deb aytayotgandek edi.
Bu badbaxt hukumat odamlar sukuti va roziligini ommaviy safarbarlikni olib tashlash bosqichlarini e’lon qilish orqali qarshi olyapti… Bu bosqichlar quyidagi tartibda bo‘ldi: Uchinchi bosqich, ya’ni 2020 yil 11 may bir necha joylar, shu jumladan qimorxona va kazinolar ochiladi. To‘rtinchi bosqich, ya’ni 2020 yil 25 mayda maktab, universitet va savdo markazlari ochiladi. Beshinchi bosqich, ya’ni 2020 yil 8 iyunda esa, boshqa barcha joylar, shu jumladan «ibodat dargohlari» ochiladi.
Bu hukumat ochish va yopish tartibi borasida qaysi yo‘ldan bormoqda?! Bizning javobimiz aniq, hukumat, ayniqsa uning etakchisi Hasan Diyob jirkanch ilmoniylik yo‘lidan bormoqda. Hukumat kazinolar, universitet va maktablar, savdo markazlarini 70 darajada faoliyat boshlashi to‘g‘risida qaror chiqardi… Nima, bu erlarda odam kamroq gavjum bo‘ladi-yu, masjidlarimizda odam ko‘proq gavjum bo‘lar ekanda-a?! Taqiq olib tashlangan keyin bu kabi joylar odamga ko‘proq gavjum bo‘ladi-ku?! Bu erlarda odamlar uzoqroq vaqt o‘zaro munosabatda bo‘lishadi-ku. Masjidlarda esa? qisqa vaqt qoladilar-ku?! Bundan tashqari, masjidlarimiz faqat yuvinib tarangan va tahorat qilgan odamlar kiradigan hamda eng birinchi o‘rindagi sanitariya tadbirlariga javob beradigan dargohdir.
Biz hukumatni bunday masxaraomuz yo‘nalishda, ya’ni musulmonlarning his tuyg‘ulari va e’tiqodlarini pastga uradigan yo‘nalishda yurishidan ogohlantiramiz. Musulmonlar bir necha mintaqalarda masjidlarini ochishga harakat qilishdi, lekin hukumat hech qanday chora ko‘rmadi. Yoki u musulmonlarni to‘qnashuvga majburlamoqchimi?!
Biz muftiylarga xitob qilib aytamizki, ushbu qarorlarga sukut saqlash din va uning ahliga e’tibor bermaslik va ularni pastga urishdir. Biz biror kasallanish holatida qonuniy yoki ilmiy programmasiz chora qo‘llaydigan yurtda bunga jim qarab tura olmaymiz. Sizlar ham jim qarab turishingiz joiz emas… Biz Payg‘ambarimiz ﷺning:
«الْإِسْلَامِ يَعْلُو وَلَا يُعْلَى عَلَيْهِ»
«Islom yuksaladi, hech kim uning ustidan g‘olib bo‘la olmaydi», degan hadisiga to‘la qanoat qilamiz. O‘zingiz o‘tirgan mansabingizni yo‘qotib qo‘yishdan oldin, o‘z rolingizni bajaring va Alloh Taoloning quyidagi oyatini ko‘z oldingizga keltiring:
لَّمَسْجِدٌ أُسِّسَ عَلَى التَّقْوَىٰ مِنْ أَوَّلِ يَوْمٍ أَحَقُّ أَن تَقُومَ فِيهِ فِيهِ رِجَالٌ يُحِبُّونَ أَن يَتَطَهَّرُوا وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُطَّهِّرِينَ
«Birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz o‘shanda turishingiz loyiqroq. Unda poklikni sevadigan kishilar bordir. Alloh esa, o‘zlarini mudom pok tutguvchi zotlarni sevar» [Tavba 108]