Islom Ummatining yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshi chiqishiga Liviya namuna bo‘la oladimi?!

462
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Islom Ummatining yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshi chiqishiga Liviya namuna bo‘la oladimi?!

Liviya telekanallaridan birida muborak Ramazon oyi mobaynida berib boriladigan bir programmada yashirin kamerada tortilgan tasmalar namoyish qilindi. Unda diktor qo‘lida bosqinchi yahudiylar ramzi tushirilgan mikrofon ushlab olib, Liviya ahliga bunday savol beradi: «Isroil»ga neft eksport qilinishiga qanday qaraysiz? Biroq, diktorning savoliga, uning mikrofonidagi yahudiylar ramziga, bundan tashqari, diktorning o‘zini «Isroil» telekanalidan, deb tanishtirishiga qarshi momaqaldiroqdek berilgan javoblar bundan ham kutilmagan hodisa bo‘ldi. Diktor savoli tugashi bilanoq suhbatdoshlar unga malomat toshlari yog‘dirib yuborishdi… Bosqinchilar mikrofoni va kanali, ularga ishlovchi diktor Liviyaga qaerdan kelib qoldi kabi savollar bilan zarbalar yo‘llab, yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishning har qanday shakliga norozi ekanliklarini bildirishdi.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘zining saytida nashr qilgan bayonotda quyidagilarni ta’kidladi:

«Bu – musulmon yurtlaridagi jinoyatchi va yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirayotgan qo‘rqoq hukmdorlarning Islom Ummatiga mansub emasliklariga, faqat o‘zlari va G‘arbdagi xo‘jayinlariga mansubliklariga yaqqol misoldir. Islom Ummati va uning farzandlariga kelsak, ko‘rinib turibdiki, ular yahudiy vujudini muborak Falastin zaminidan ildizi bilan qo‘porib tashlash lozim bo‘lgan dushman davlat, deb bilishadi. Zero, ular yahudiylar bilan aloqalarni normallashtirishni rad etadilar hamda xuddi anavi jinoyatkor hukmdorlar va Falastin rejimi uzoq yillardan beri bosqinchi bilan moslashib yashayotganidek o‘zlari ham moslashib yashashni or deb biladilar. Ushbu hodisada yana shu narsa ham ko‘rinib turibdiki, dushman tomonidan bo‘lib yuborilgan va malaylar tomonidan nohaq nom va chegaralar bilan ajratib tashlangan bo‘lishlariga qaramay, Islom Ummati hanuz o‘zini bir butun Ummat deb bilmoqda».

Roya gazetasining 2020 yil 6 may chorshanba kungi 285-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.