Kapitalizm bizni ikki tanlovdan biri, yo koronavirusga chalinish yoki karantinda och qolishni tanlashga majburlamoqda

462
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalizm bizni ikki tanlovdan biri, yo koronavirusga chalinish yoki karantinda och qolishni tanlashga majburlamoqda

Musulmonlar hukmdorlari esa, Islom bilan hukm yuritish o‘rniga hamon adashishda davom etishmoqda

Pokiston hukumatining koronavirusga qarshi kurashda ayrim korxonalarda keng bo‘shliq bo‘lishiga qaramay, to‘la karantin holatini saqlab turishi odamlarga og‘ir yuk bo‘ldi. Odamlar yo karantin tufayli och qolishi kerak yoki koronavirusga chalinishi kerak. Musulmonlar bir tomondan kasallikning tez tarqalayotganiga guvoh bo‘layotgan bo‘lsa, boshqa tomondan qashshoqlik, aziyat, tijoratdan keladigan foydalarning tushib ketishi, korxonalarning berkilishi va ishsizlik kabilarni boshdan kechirishmoqda.

Bugun yo ochlik yoki koronavirusni tanlash olamshumul muammoga aylandi. Zero, G‘arb davlatlari odamlarga tushayotgan iqtisodiy aziyatlarni engillatish uchun mahalliy cheklovlarni qisqartirish yoki butunlay olib tashlash to‘g‘risida bosimga uchramoqda. Olam miqyosida olib qarasak, karantin holatlari millionlagan ishsizlarni paydo qildi, iqtisod trillionlab dollar zarar ko‘rdi. Kapitalistik davlatlar iqtisodiy inqirozni to‘xtatish uchun ulkan qutqaruv paketini taqdim qilishga majbur bo‘lishdi. Boshqa jihatdan esa, koronavirusga chalinganlar soni millionga yaqinlashib, kasallikdan vafot etganlar soni 100000dan ortib ketdi. Bu esa, olam bo‘ylab xavf va sarosima tug‘dirdi.

Kapitalizm insoniyat ishlarini nazorat qiladigan ideologiya degan fikr dunyo bo‘ylab, shu jumladan kapitalistik G‘arb davlatlarida o‘z ishonchini yo‘qotmoqda. Darhaqiqat kapitalistik davlatlarning kasalliklar va ocharchilikdan odamlarni qutqara olmagani sababli odamlarning ishonchi qalqiy boshladi.

Koronavirus epidemiyasiga kelsak, Islom odamlar sog‘ligiga etadigan zarar va iqtisodiy qiyinchiliklarni kamaytirish to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar bergan. Bundan tashqari, Islom hukmlarini mahkam tutish epidemiyani to‘xtatib qolishga kifoya qiladi. Mamlakatda ommaviy karantin e’lon qilish kabi befarosat choralar qo‘llashga hojat yo‘q.

Islom kasallik tarqalgan mintaqagagina karantin qo‘llashni buyuradi. Rosululloh ﷺ bu haqda shunday deydilar:

«إِذَا سَمِعْتُمْ بِالطَّاعُونِ بِأَرْضٍ فَلَا تَدْخُلُوهَا وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا مِنْهَا»

«Agar biror joyda o‘lat tarqalgani haqida eshitsangiz, u erga kirmang. Agar siz yashab turgan joyda o‘lat tarqalsa, u erdan chiqmang». Buxoriy rivoyat qilgan. Shuning uchun karantin odamlarning qattiq aziyat chekishiga sabab bo‘ldi. Xitoy davlati boshida epidemiyani yashirish maqsadida kasallik tarqalgan Uxan shahrida karantin joriy qilmadi. Natijada, Xitoy ichkarisida virus tarqalib ketdi. Shuningdek, odamlarning turli davlatlarga chiqishi natijasida boshqa joylar shu jumladan Eron va Pokistonga ham virus tarqaldi. Pokistonga nisbatan aytadigan bo‘lsak, virus birinchi tarqalgan joy chegaraga yaqin «Taftan» mintaqasi bo‘lib, Eronning Qum shahriga borganlar o‘sha erga joylashtirildi. Qum shahrida esa, xitoylik ishchilar temir yo‘l qurishayotgan edi. Pokiston rejimi «Taftan» mintaqasini keskin choralar bilan karantin qilmadi va kasallikka chalinganlarni erkin qo‘yib yubordi. Natijada, yurt bo‘ylab virus tarqaldi. Shuningdek, avia qatnovlarning uzoq vaqt ochiq qoldirilishi oqibatida virusning mamlakat bo‘ylab tarqalishi yanada kuchaydi.

Bundan tashqari, keskin va avtomatik turda karantin joriy qilmagan butun dunyodagi kapitalistik davlatlar kasallikka chalingan va vafot etganlar soni ko‘pligidan aziyat chekmoqda. Xitoy davlati inqiroz to‘g‘risida xabar berganidan keyin 430000 shaxs, shu jumladan uxanliklar Xitoydan AQShga safar qilgan. Darhaqiqat, AQSh davlati kasallikdan vafot etayotganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa ko‘tarilgan. 2020 yil, 14 apreldagi ma’lumotga ko‘ra, vafot etganlar soni 25000ga, kasallanganlar soni 603694ga etgan. Bu ko‘rsatgich dunyo bo‘ylab kasallanganlarning uchdan biriga tengdir.

Islomning yuqumli kasalliklarga aloqador ko‘rsatmasi kasallarni sog‘lom kishilarga aralashtirmaslikdir. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«لاَ تُورِدُوا المُمْرِضَ عَلَى المُصِحِّ»

«Kasal odamni sog‘lom kishiga yaqinlashtirmanglar». Buxoriy rivoyati. Shuning uchun kasallar sog‘lom kishilardan uzoq bo‘lishi va o‘rtasiga moddiy to‘siq qo‘yilishi lozim. Davlat shifoxonalardagi alohida joylarda odamlarga ko‘mak ko‘rsatishi va kasallar bilan aloqada bo‘layotganlarni – ular qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar – shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi kerak. Ammo Pokiston hokimlarining sustkashligi tufayli odamlar va tibbiy xodimlar orasida virus tarqalib ketdi.

Bundan tashqari, butun dunyodagi kapitalistik davlatlar kasallarni alohida markazlarga joylashtirishda faol harakat qilishmagani tufayli shaharlar va shifoxonalarda virus tarqalib ketdi. Natijada, sog‘liqni saqlash sohasida ishlaydigan bir qancha xodimlar vafot etdi.

Darhaqiqat, Islom kasallik alomatlari ko‘rinmagan, lekin uni tashuvchisiga aylangan va natijada virusning tez va keng tarqalishiga olib boradigan katta sondagi kasallik tashuvchilar haqida ham hukmlar bergan. Zero, Islom davlatga odamlarning ishlarini g‘amxo‘rlik bilan boshqaruvchi vasiy bo‘lishni yuklagan. Bu haqda Rosululloh ﷺ shunday deydilar:

«كُلُّكُمْ رَاعٍ، وَكُلُّكُمْ مَسْؤولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، فَالأَمِيرُ الَّذِي عَلَى النَّاسِ رَاعٍ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Har biringiz boshliqsiz, har biringiz qo‘l ostingizdagilardan javobgarsiz. Odamlar ustidagi amir boshliqdir va u qo‘l ostidagilardan javobgardir». (Muslim rivoyati). Shuning uchun davlat Pokiston hajmidagi mamlakatda kasallik tashuvchilarni aniqlash uchun millionlagan kishilarni testdan o‘tkazishi kerak. Shundan so‘ng kasallarni ajratishi va ularning aloqalarini faol shaklda kuzatishi mumkin. Davlat bu ishlarni keksa yoshdagi hamda asma va qandli diabet kasalligidan aziyat chekayotgan va immuniteti past bo‘lgan shaxslarga alohida e’tibor berish orqali olib boradi. Shuningdek, davlat kasallik tarqalishi oldini olish uchun virusga qarshi tozalik vositalari va niqoblar bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, kasallik tarqalishi oldini olish uchun vahima tarqatish va kuch ishlatish o‘rniga odamlarga yuqumli kasalliklardan saqlanish haqida ma’lumot beradi.

Islom ishning boshidayoq mana shu yo‘l bilan kasallik tarqalishiga chek qo‘yadi. Shuningdek, kapitalistik davlatlar, shu jumladan AQSh davlatida bo‘lganidek ommaviy karantin joriy qilmasdan kasallikni to‘xtatib, butun mamlakatni epidemiyaga yo‘liqishdan saqlab qoladi. Voqe shuki, barcha joylarni to‘la yopib qo‘yish virus muammosiga ochlik va qashshoqlik kabi katta muammolarni qo‘shadi. Shuning uchun Islomni mahkam tutishgina xavfsiz va yaxshi hayotning davomiyligiga kafildir. Shuningdek, u musulmonlarga rizq topish, oila boqish, ta’lim olish va masjidlarda jamoat namozini o‘qish kabi shar’iy burchlarni ado etish uchun engillik yaratib beradi.

Bunday epidemiyani idora qilishga pul sarflash masalasiga kelsak, Islom bu borada insonlar tomonidan chiqarilgan va bugun olamga hukmronlik qilayotgan kapitalistik nizomdan ustundir. Darhaqiqat, koronavirus kapitalistik iqtisodning ochko‘z va mo‘rt tabiatini fosh qildi. Kapitalizm esa, yurtning ulkan boyliklari bir guruh odamlar qo‘lida to‘planishiga olib keldi. Kapitalistik davlatlardagi ushbu voqelik o‘z fuqarolariga bo‘lgan majburiyatlarini bajara olmaydigan qilib qo‘ydi. Tabiiyki, Pokistondagi vaziyat bundan bir necha barobar yomonroqdir. Aslida voqe shundan iboratki, kapitalizm insoniyat ustidagi og‘ir yukdir. Chunki u insoniyatni ochlik yoki kasallikdan birini tanlashga majbur qildi.

Alloh Taolo aytadi:

كَيْ لَا يَكُونَ دُولَةً بَيْنَ الْأَغْنِيَاء مِنكُمْ

«Toki sizlardan boy-badavlat kishilar o‘rtasidagina aylanib yuraveradigan narsa bo‘lib qolmasin uchun» [Hashr 7]

Islom bor e’tiborini ishlab chiqarishga qaratadigan kapitalistik taraqqiyotga asoslangan iqtisodiy andozani inkor qiladi. Chunki Islom boylikni odamlar o‘rtasida taqsimlashga e’tibor qaratadigan iqtisodiy andozaga egadir.

Islom katta mablag‘ni talab qiladigan og‘ir sanoatni davlat tomonidan boshqarilishini joriy qilish orqali ulkan kirimlarni ta’minlaydi va bu bilan sog‘liqni saqlash xarajatlari borasida savdolashishni oldini oladi. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺning sunnatida inon va muzoraba kabi shar’an joiz bo‘lgan shirkatlar ko‘rsatilgan. Bunday shirkatlarning bo‘lishi xususiy sektordagi sarmoya hajmini tabiiy shaklda cheklab qo‘yadi. Bu bilan xususiy sektorning inqiroz paytlarida ulkan qutqaruv ishlariga muhtoj bo‘ladigan og‘ir sanoatga egalik qilishi cheklanadi. Energiya va qazilma boyliklaridan tushadigan kirimlarni barcha odamlarga sarflaydi. Natijada, ularning bir siqim boylar tomonidan xususiylashtirish orqali egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Rosululloh ﷺ sunnatida energiya va qazilma boyliklari barcha foydalanadigan umumiy mulk ekani belgilangan. Shuningdek, Islom chet ellardan olinadigan qarzlar bo‘ladimi yoki mahalliy pul obligatsiyalarimi farqsiz riboli qarzlarni inkor qiladi. Butun dunyo, shu jumladan Pokistonning asosiy qarzi riboli qarzlardir, byudjetning katta qismi riboga asoslangan qarzga sarflanadi.

Shuning uchun davlat kirimlarni riboli qarzlarni to‘lash uchun sarflash o‘rniga inqiroz vaqtida bo‘ladimi yoki oddiy holatdami farqsiz odamlar oldidagi majburiyatlarini bajaradi. Islom odamlarni ochlik yoki kasallikdan birini tanlashga majbur qilmaydi. Chunki kasallik va ocharchilikni muolaja qilish davlat vazifasidir. Rosululloh ﷺning sunnati sog‘likni saqlash va odamlarning asosiy ehtiyojlarini qondirish normalarini davlatning vojib vazifasi qilib belgilagan. Rosululloh ﷺ shunday deydilar:

«مَنْ أَصْبَحَ مِنْكُمْ آمِناً فِي سِرْبِهِ، مُعَافًى فِي جَسَدِهِ، عِنْدَهُ قُوتُ يَوْمِهِ، فَكَأَنَّمَا حِيزَتْ لَهُ الدُّنْيَا»

«Kim o‘z uyida xotirjam, tani salomat holda tong ottirsa va uning bir kunlik emishi bo‘lsa, go‘yo butun dunyo unga to‘plab berilibdi». (Termiziy rivoyati).

Favqulodda holatlarda shoshilinch ehtiyot choralarini ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgan ishonchli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimiga kelsak, koronavirus kasalligi kapitalistik tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimining mo‘rtligini fosh qildi. Chunki kapitalizm xususiy bo‘ladimi yoki hukumat darajasidami bundan qat’iy nazar sog‘liqni saqlash sektoridan katta foyda olish uchun sog‘liqni saqlash sohasi qobiliyatlariga cheklovlar joriy qilgan. Ammo Islom fuqarolarning sog‘ligiga davlatni javobgar qilib qo‘ygan. Davlat fuqarolarning sog‘ligini saqlashi vojib. Darhaqiqat, «Rosululloh ﷺ Ubay ibn Ka’bga bir tabibni yubordi. Tabib uning tomirini kesib qon oldi, so‘ng kesilgan joyni kuydirdi». Rosululloh ﷺ hokim sifatida tabibni Ubay ibn Ka’bga yubordi. Bu esa, sog‘liqni saqlash va shifokorlik odamlarning asosiy ehtiyojlaridan biri ekani va davlat kasallarni bekorga davolashi shartligiga dalildir.

Shuning uchun islomiy boshqaruv soyasida davlat mahalliy ishlab chiqarilgan meditsina vositalarini, shu jumladan sun’iy nafas olish apparati va himoya vositalarini kerakli miqdorda ta’minlashi vojib. Shuningdek, davlat odamlarning kasallikka qarshi immunitetini kuchaytirish uchun ilmiy tekshirish institutlarini paydo qilishi vojib. Immunitetni oziq-ovqat bilanmi, yoki sport, yoki turli ko‘katlar va vitaminlar bilan davolash orqalimi farqsiz kuchaytirishga harakat qiladi. Bundan tashqari, davlat muayyan infektsiya tarqalishiga qarshi tabiiy immunitetni kuchaytirish hamda vaktsina va dorilarning ta’siri va yaroqliligini kuchaytirishni o‘rganishi kerak.

Islom nafaqat yuqumli kasalliklar tarqalishi tufayli salomatlikka etadigan ziyon va moliyaviy zararlarni kamaytirish uchun yo‘l-yo‘riqlar bergan. Balki u mana shunday epidemiya paytidagi o‘lim holatlariga qanday qarashlari haqida ham ko‘rsatmalar beradi. Mo‘minlar onasi Oisha roziyallohu anho aytadi: Rosululloh ﷺdan o‘lat haqida so‘ragan edim, U kishi aytdilar:

«أَنَّهُ عَذَابٌ يَبْعَثُهُ اللَّهُ عَلَى مَنْ يَشَاءُ وَأَنَّ اللَّهَ جَعَلَهُ رَحْمَةً لِلْمُؤْمِنِينَ لَيْسَ مِنْ أَحَدٍ يَقَعُ الطَّاعُونُ فَيَمْكُثُ فِي بَلَدِهِ صَابِراً مُحْتَسِباً يَعْلَمُ أَنَّهُ لَا يُصِيبُهُ إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَهُ إِلَّا كَانَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ شَهِيدٍ»

«O‘lat Allohning azobi bo‘lib, uni o‘zi xohlagan kishiga yuboradi. Alloh uni mo‘minlarga rahmat qilgan. Kim o‘latga chalinsa, so‘ng o‘z yurtida sabr qilgan va Alloh yozgan musibatgina etadi deb hisoblagan holda qolsa, unga shahidning savobi beriladi». Musulmonlar bugun, ya’ni olamda sarosima va xavf tarqalgan paytda ham sabr qilib hamda olamlar Robbisi Allohdan savob va mag‘firat so‘rab o‘z ishlari bilan shug‘ullanmoqdalar.

Ey Pokiston musulmonlari va xususan qurolli kuchlardagi aziz farzandlarimiz!

Alloh o‘zining mayda askarlari orqali butun insoniyatga o‘z qudratini ko‘rsatib qo‘ydi. Shuningdek, Sharqda Xitoy tomonidan bo‘ladimi yoki G‘arbda AQSh tomonidanmi farqsiz, insonlar o‘ylab topgan kapitalizmning botilligi va muvaffaqiyatsizligini namoyon qildi. Bugun insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo‘lmish Islom Ummati insoniyatni Alloh Taolo nozil qilgan shariatni tatbiq qilish orqali etaklash vaqti keldi.

Rosululloh ﷺ aytadilar:

«الْإِسْلَامِ يَعْلُو وَلَا يُعْلَى عَلَيْهِ»

«Islom yuksaladi va hech kim uning yuksalishini to‘xtata olmaydi». (Doruqutniy rivoyati). Albatta haq din bo‘lgan buyuk Islom dini insonlar tomonidan belgilangan barcha hayot tarzlaridan, shu jumladan kapitalizmdan ustundir. Alloh Taolo nozil qilgan Islom barcha insoniy muammolarga hukmlar va izohlar taqdim etadi. Darhaqiqat olam kapitalizmning hatto G‘arb davlatlarida, shu jumladan AQShda ham muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko‘rdi. Olam bugun Islomni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatida tatbiq etilishini intizorlik bilan kutmoqda.

Pokiston hukmdorlari esa, Islomni tatbiq qilish o‘rniga g‘arblik ittifoqchilari aytgan narsaga taqlid qilishmoqda. Hukmdorlar insonlar o‘ylab topgan nizomlarni ilohiy qonunlarning kuchi va to‘laligiga taqqoslaganda mo‘rt va nuqsonli ekanini ko‘ra olmayaptilar. Alloh Taolo aytadi:

مَثَلُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِ اللَّهِ أَوْلِيَاءَ كَمَثَلِ الْعَنكَبُوتِ اتَّخَذَتْ بَيْتاً وَإِنَّ أَوْهَنَ الْبُيُوتِ لَبَيْتُ الْعَنْكَبُوتِ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ

«Allohdan o‘zga «do‘stlar»ni ushlagan kimsalarning misoli xuddi (o‘zi uchun) uy qurib olib, (o‘sha uyidan panoh istagan) o‘rgimchakka o‘xshaydi. Albatta uylarning eng nimjoni o‘rgimchak uyasidir. Agar ular bilsalar edi, (o‘rgimchak uyasi kabi ojiz butlardan panoh istamagan bo‘lur edilar)» [Ankabut 41]

Shuningdek, musulmonlar hukmdorlari kapitalistik kufr nizomi hukmlari, qadriyatlari va siyosatlariga ko‘r-ko‘rona ergashmoqdalar. Holbuki, Rosululloh ﷺ ularni shunday deya ogohlantirgan edilar:

«لَتَتَّبِعُنَّ سُنَّةَ مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ بَاعاً بِبَاعٍ وَذِرَاعاً بِذِرَاعٍ وَشِبْراً بِشِبْرٍ حَتَّى لَوْ دَخَلُوا فِي جُحْرِ ضَبٍّ لَدَخَلْتُمْ فِيهِ. فقالوا يا رسول الله اليهود والنصارى؟ قال: فَمَنْ؟»

«Allbata sizlar oldingilarning yo‘liga qulochma-quloch, izma-iz, qarichma-qarich ergashasizlar. Hatto ular kaltakesak iniga kirsa, sizlar ham kirasizlar. Shunda sahobalar: Ey Allohning Rosuli oldingilar deganda, yahudiy va nasroniylarni aytyapsizmi? – deb so‘rashgan edi. U kishi: Bo‘lmasa kimlar? – deya javob berdilar». Ibn Mojja.

Shuning uchun Pokiston hukmdorlaridan umid yo‘q. Chunki ular bizni etaklashga loyiq kishilar emas. Ular insoniyat Islomga muhtoj bo‘lib turgan paytda yorqin namuna bo‘lishga loyiq kishilar emas. Son-sanoqsiz fazilatlarga to‘la muborak ramazon oyi barcha musulmonlarga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni qayta tiklash uchun harakat qilishga munosib vaqtdir. Shuningdek, qurolli kuchlardagi musulmonlar Hizb ut-Tahrirga Islom hukmlarini tatbiq qilishga yordam berishi uchun munosib vaqtdir. Kelinglar, Allohning roziligiga etish uchun harakat qilaylik va Alloh Taolodan yordam so‘raylik. Toki, Allohning dini aziz bo‘lsin hamda Rosululloh ﷺ Madinai Munavvarada barpo qilgan Islomiy davlat tomonidan Makka fath qilinganidan keyin bo‘lgani kabi odamlarning Islomni qabul qilib, Allohning diniga to‘p-to‘p bo‘lib kirishiga yo‘l ochilsin. Alloh Taolo aytadi:

إِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ وَالْفَتْحُ * وَرَأَيْتَ النَّاسَ يَدْخُلُونَ فِي دِينِ اللَّهِ أَفْوَاجاً * فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ وَاسْتَغْفِرْهُ إِنَّهُ كَانَ تَوَّاباً

«(Ey Muhammad), qachon Allohning yordami va g‘alaba kelsa va odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko‘rsangiz, darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday «sherik»lardan) poklang va U zotdan mag‘firat so‘rang! Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan zotdir» [Nasr 1-3]

Hizb ut-Tahrir Pokiston viloyati

22 sha’bon 1441h

15 aprel 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.