بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Erdoganning vazifasi Falastinni ozod etishmi yoki uning bosqinchilariga yordam berishmi?!
«Quds arabiy» veb-sayti (hijriy 1441 yil 17 sha’bon, milodiy 2020 yil 10 aprel juma kuni) nashr qilgan xabarida bunday dedi:
«Turkiya hukumati ushbu haftada koronavirus inqirozi paytida «Isroil»ga tibbiy buyumlarni sotishga qaror qildi. Turk diplomatlarining juma kuni Britaniyaning «Middle East Eye» veb-saytiga bergan bayonotlariga ko‘ra, bu qaror «Turkiyaning gumanitar diplomatiyasi siyosatining bir qismi» hisoblanadi.
«Isroilliklar» shu oyda Anqara bilan bog‘lanib, tibbiy niqob, himoya kiyimlari va steril qo‘lqoplar kabi tibbiy buyumlar sotishni so‘rashgan, Anqara buni qabul qilgan. Bu – G‘azo sektori va bosib olingan Quddus maqomi borasida mintaqaviy kelishmovchiliklar mavjudligiga qaramay, ikki mamlakat o‘zaro munosabatlarni davom ettirish niyatida ekanligining belgisidir», deyiladi veb-saytda».
Roya gazetasining 2020 yil 15 aprel chorshanba kungi 282-sonidan