Din to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritiladi

439
0

Din to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritiladi

 Qirg‘izistonda “Diniy erkinlik va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi” qonunni qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda “Fuqarolik va diniy ong: Qirg‘iziston tajribasi” deb nomlangan onlayn muhokama vaqtida Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi direktori Zayirbek Ergeshov ma’lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi paydo bo‘lgan tahdidlar tufayli qonunlarga o‘zgartirishlar kiritiladi. Hozirgi vaqtda chet ellarda diniy bilim olish to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun hukumatga yuborildi.

 Bundan tashqari, muhokama davomida pandemiya paytida diniy marosimlarni taqiqlash va buni huquqiy jihatlarini Birlashgan millatlar tashkiloti darajasida ko‘rib chiqish masalasi ko‘tarildi.

 Ma’lumki, Qirg‘iziston SSSR parchalanganidan keyin kapitalistik mafkuraning dunyoviylik aqidasini qabul qilishga majbur bo‘ldi. Boshqacha aytganda, din hayotdan ajiratilgan aqidaga asoslangan respublika paydo bo‘ldi. Biroq, Qirg‘iziston xalqi xudosizlik davrida ham o‘z aqidasi, aniqrog‘i Allohning yolg‘izligi va uning qonun chiqaruvchi sifatlariga bo‘lgan e’tiqoddan qaytmagan edi. Shu sababli, dunyoviylik davri boshlanishi bilan o‘lkada islomiylashish jarayoni kuchli tus oldi. Bunday vaziyat yuqoridagi muhokama ishtirokchilariga o‘xshagan ekspert shaxslar va kapitalist mabdaning ustunlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlarning xavotirga solmoqda. Ayni mana shu xavotir koronavirus umra va da’vatdan kelganlardan chiqyapti degan axborot hurujlariga asos bo‘ldi. Bundan maqsad mamlakatdagi islomiylashish jarayoniga bir oz bo‘lsa ham to‘sqinlik qilish, jamiyat fikrlarini Islom qadriyatlariga qarshi burishdan iborat. Bu kabi ishlarni uyushtirishda yuqoridagi kabi ekspert shaxslar va xalqaro tashkilotlarning roli katta. Ular axborot hujumlari bilangina cheklanib qolmay, mamlakatda Islom dini tarqalishining oldini olish maqsadida qonunlarga o‘zgartirish kiritishni ham maqsad qilishmoqda.

 Shu sababli biz musulmonlar bunday vaziyatda do‘st kimu dushman kimligini aniq ajratib, Islom hukmlarini to‘liq tatbiq qilish yo‘lidagi harakatlarimizni yanada jadallashtirishimiz shart. Din dushmanlarining hiyla-nayranglari Allohning “makri” qarshisida arzimas va befoyda ekanligi shubhasizdir.

 Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.