O‘zbek va Qirg‘iz xalqi karantin to‘xtatilishi va masjidlar ochilishini talab qilishmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbek va Qirg‘iz tillarida – “karantinni to‘xtatinglar, kompensatsiya to‘langlar, xalqaro tashkilotlardan pul undirish maqsadida xalqni repressiya qilishni bas qilinglar, virusg a chalinganlar ro‘yxatini ochiq e’lon qilinglar” kabi talablar ostida norozilik aktsiyalari boshlandi.
Norozilik, Qirg‘iz va O‘zbek sog‘liqni saqlash vazirlarining, “karantindagi xar bir kasal uchun taxminan 3000 dollar xarajat sarf qilinayapti” degan bayonotlari ortidan boshlanib ketdi. Odamlar virus vaximasini feyk (qalbaki) ekanini, etakchi qatlamlar manfaatlari uchun atayin uyushtirilgan ulkan loixa ekanini ifodalovchi materiallarni bayon qilib, bir qator faktlarni ochib tashlamoqda.
Xukumatlar esa, koronavirusga chalinganlar ro‘yxatini e’lon qilishdan bosh tortib, mubxam raqamlarni vaximali suratda ko‘rsataverish bilan, xalqning ishonchini toboro yo‘qotib shubxalarini yanada kuchayishiga sabab bo‘dlishmoqda. Odamlar virusga chalingan faktlarni ko‘rishsa, bir-oz xotirjam bo‘lishar edi. Lekin ro‘yxat ertami kechmi, bari-bir ochiqqa chiqadi. O‘shanda Atambaevchilarning TETs atrofidagi xiyonatlari xozirgi xokimiyatning bu afyorasi oldida xech narsa bo‘lmay qolishi mumkin.
Iqtisodiy tanglik, Ramazon oyi kelishi bilan musulmonlar masjidlarining ochilmagani va jamoiy ibodatlarga qo‘yilgan to‘siqlar norozilikni yanada kuchaytirib yubordi. Masjidlar ochiq bo‘lganida musulmonlar jamoiy ibodatlari bilan mashg‘ul bo‘lib, balki xukumatga nafrat bunchalik kuch olmasmidi!
Odamlarni uy qamog‘iga olgan xokimiyat, qonun bo‘yicha ularni kundalik extiyojlarini qondirishdan javobgardir. Bu ikki davlatda xam odamlarga tavon puli (kompensatsiya) to‘lanmadi. Qonun faqat bir tomonning foydasiga ishlashi hamda talablar xam faqat xalqqa nisbatan olib borilishi odamlarning norozilik kayfiyatlarini kuchayib borishiga xizmat qilyapti.
Talablar ko‘p, ammo javobgarlar “biz sizlarni qandaydir virusdan saqlamoqchimiz” deb bizni uyda och xolda ximoya qilishyapti. Balki ochdan o‘lgandan ko‘ra virusdan o‘lgan yomonroqdir!
Abdurazzoq Mo‘’min.