O‘tish davri hukumati eski rejim yo‘lidan yurib, nonning narxini oshirdi

484
0

O‘tish davri hukumati eski rejim yo‘lidan yurib, nonning narxini oshirdi

Xartum voliysi, general leytenant Ahmad Obidun Xartum viloyati hukumati talabiga ko‘ra, non etkazib berish va uning barqarorligini ro‘yobga chiqarish uchun ishonchli yo‘l qidirayotgani haqida xabar tarqatdi. So‘ngra (40-45 gr) non xaridorga bir junayhga, (80-90 gr) non esa ikki junayhga sotiladigan bo‘ldi. Shuningdek, non ishlab chiqaruvchi korxonalar kelishilgan vazn va bahoga qattiq rioya qilishi lozimligi aytildi.

Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari hukumatning haqiqiy echim izlash o‘rniga turli yo‘llarni qidirayotganini tasdiqlayotgan ushbu xabar qarshisida quyidagilarni ta’kidlaymiz:

Birinchidan: Eski rejim davrida 70 gr non uchun bir junayh narx belgilangan. So‘ng bu vazn borasida o‘yin boshlanib, Inqoz hukumatining so‘nggi kunlarida ushbu vazn 50 grammga tushirildi.

Ikkinchidan: O‘tish davri hukumati non vazni kamayayotganiga e’tibor bermadi va bir dona nonning vazni 30 grammgacha tushdi. Lekin o‘sha nonni ham topish qiyinlashib ketdi.

Uchinchidan: Non korxonasi egalari nonning vaznini oshirib, narxini ikki junayh qilib belgilashni qattiq talab qilishdi. Chunki mavjud baho ishlab chiqarishni qoplamasligi aytildi. Odamlar tortishuvlar va sun’iy inqirozlardan so‘ng yangi bahoga rozi bo‘lishdi. Qolaversa, hukumat ham oxiri bitta nonning bahosi ikki junayh bo‘lishiga rozi bo‘ldi. Shuningdek, ikki xil baho va ikki xil vazn nomli cho‘pchak bilan odamlarni aldadi. Voqeda esa, hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi.

To‘rtinchidan: Eski hukumat qilganidek odamlarni aldash uchun nonning hajmi birinchi kunlarda oldingi hajmidan katta bo‘lishi mumkin. Lekin hech qancha vaqt o‘tmay bugungi vaznga tushadi, narxi esa, ikki junayh bo‘lib qolaveradi. Shunday qilib, hukumat hech qanday rasmiy e’lonsiz non narxini ikki barobarga oshiradi.

Xalq qarshi chiqib, qo‘zg‘olon qilgan, ya’ni uning o‘ziga va ribo bilan muomala yurituvchi xalqaro fondlari va retseptlariga suyanuvchi siyosatiga qarshi qo‘zg‘olon qilgan eski hukumat bilan hozirgi o‘tish davri hukumati o‘rtasida farq yo‘q. Ular bitta tanganing ikki tomonidir. Chunki ular inqirozlarni muolaja qilishda soliqlarga suyanadigan, ishlab chiqarishni ochko‘z kapitalizm foydasiga shol qilib qo‘yadigan va odamlarning ishlariga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan zolim kapitalistik nizomga suyanadi. Ayni paytda hukumat «Ozodlik va o‘zgartirish kuchlari»ga non yoki boshqasini qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilmaydi deya munofiqlik qilmoqda. Hukumatning o‘ta qimmat bo‘lishi hamda odamlarni qashshoq va kambag‘allarga aylantirishiga qaramay, xalqaro fond retseptini ijro qilishga qattiq turishi anavi hokimlarning mustamlakachilar vakili ekanini ko‘rsatmoqda.

Albatta Islom nizomi, ya’ni, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikkina odamlar ishlarini boshqarishga hamda xavfsiz, xotirjam va yaxshi hayotni ro‘yobga chiqarishga qodir. Chunki bu davlat o‘z muolajalarini olamlar Parvardigori kitobidan va aziz Payg‘ambari hidoyatidan oladi.

Ey Sudan ahli Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish uchun harakat qiling, shunda tinimsiz paydo bo‘layotgan inqirozlardan chiqasiz, Robbingizni rozi qilasiz va hayotingiz yaxshilanadi.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.