Islom: Siyosiy nizom

524
0

Islom: Siyosiy nizom

 Mustamlakachi kofir davlatlar Islomiy davlatni qulatishganidan so‘ng, o‘zlarining “dinni hayotdan ajratish” aqidasi asosida “din davlatdan ajratilgan”, “dinda siyosat yo‘q”, “din siyosatga aralashmaydi” kabi tushunchalarni singdirib kelishdi. Siyosatga aralashish tabiiy bo‘lganligi sababli musulmonlar siyosatga aralashishga talpina boshlagan vaqtlarida saroy ulamolari orqali “siyosat sasiq narsa, din esa toza shu sababli din bilan siyosatni aralashtirmaslik kerak” singari tushunchalarni yoyishdi. Ularning bu chora-tadbirlariga qaramay ba’zi musulmonlar din asosida siyosat yuritish mumkin ekanligini anglab etishganidan so‘ng kofir katta davlatlar “musulmonlar siyosatga aralashishlari mumkin, faqat demokratiya asosida aralashishi kerak” degan to‘xtamga kelishdi. Bu “mo‘’tadil islom”deb nomlandi. Natijada “24 soat bo‘yi din bilan yashash kerak” deyayotgan ayrim musulmonlar ham siyosatga demokratiya asosida aralashishga intilib qolishdi.

 Aslida Islom dinining o‘zi siyosat va unda siyosiy tuzum mavjud. Shu sababli musulmonlar siyosatga Islom asosida va shar’iy hukmlarga muvofiq qatnashishlari kerak. Quyida e’tiboringlarga Islomdagi siyosiy tuzum asoslari havola qilinadi.

1.     Davlat

Xalifa (davlat) ichki va tashqi siyosatda faqat Islomni tatbiq qiladi. Farzlarning qaysi biri qachon bajarilishi bo‘yicha afzalligini belgilaydi. Ra’ylarni tabanniy qiladi. Ra’ylarni tabanniy qilishda fiqh olimlari bilan maslaxat qiladi. O‘zi haqiqatga yaqin deb bilganini tabanniy qiladi.

 Ilm-fan bilimlariga ehtiyoj tug‘ilgan ishlar va teran tadqiqot talab qiladigan fikrga olib boruvchi ishlarda mutaxassislarga murojaat qiladi. Bu o‘rinda to‘g‘ri fikrni oladi. Chuqur izlanishlar talab qilinmaydigan va amalga olib boradigan ishlarda Ummat majlisiga murojaat qiladi va bu o‘rinda ko‘pchilikning ra’yi olinadi (bunday ishlarda voliy viloyat majlisiga murojaat qiladi va undan yuqorisi ham shunday davom etadi).

 Zarurat tug‘ilganda Xalifa Ummat birligi uchun ibodatlarda ham ma’lum ra’yni tanbanniy qila oladi. Muboh ishlarni afzalligiga qarab bajarishga buyuradi. Bunday holda fuqarolarga bu buyruqlarni bajarish vojib bo‘ladi.

2. Siyosiy hizblar

 Siyosiy hizblar Ummatning islomiy fkrlari tiniq, tuyg‘ulari to‘g‘ri bo‘lishiga xizmat qiladi. Davlatni Islomni qanday tatbiq qilayotgani bo‘yicha muhosaba qiladi.

3. Ummat (fuqarolar)

 Fuqarolar (davlat tobe’lari) Xalifaga itoat qiladi. Ummat majlisi va siyosiy hizblar orqali, shuningdek, shaxsiy va ommaviy holatda muhosaba qiladi. Agar Xalifadan gunoh ish sodir bo‘lsa, bundan qaytaradi, ammo itoatdan bosh tortmaydi. Qachonki xalifada ochiq kufr ko‘rinsagina qilich ko‘tarib (qurolli qo‘zg‘olon) bilan qarshi chiqadi. Ummat mana shu tarzda siyosatda ishtirok etadi.

Bu Islomiy Davlat mavjud bo‘lgan holatdagi amalga oshiriladigan siyosiy nizomdir. Ammo hozirgi vaqtdagidek, Islom Davlati yo‘q bo‘lgan vaqtda islomiy siyosiy hizblar – Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ko‘rsatdanidek – davlatni tiklash uchun fikriy-siyosiy kurash olib boradi. (Musulmonlar tashkil etgan, ammo demokratiyaga asoslangan hizblar islomiy deb atalmaydi. Shuningdek, Islomga asoslanib, biroq demokratiya tariqati bilan ish olib borayotgan hizblar bu yo‘llaridan qaytariladi). Bugungi kundagi fikriy kurash Ummatga islomiy fikrlarni tiniqlashtirib berish hamda tuyg‘ularini to‘g‘rilashdan iborat. Siyosiy ishlar bo‘lsa mustamlakachilarning rejalarini fosh qilish va Ummat manfaatlarini tabanniy qilishni taqazo qiladi. Shular bilan bir vaqtda islomiy hizblar hayotning har bir sohasi islomiylashib borishiga xizmat qiladi.

 Ummat bo‘lsa islomiy siyosiy hizblarning Islom Davlatini tiklash yo‘lidagi firiy-siyosiy kurashlariga qo‘shilishlari hamda ularni qo‘llabquvvatlashlari vojib. Ummat mana shu yo‘l orqali siyosatga aralashayotgan bo‘ladi.

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.