Islomda boshqaruv nizomi: Ummat majlisi
Ba’zi “mo‘’tadilchi” musulmonlar “demokratiya Islomdan olingan, shu sababli demokratiya Islomga zid emas” deb xalqni adashtirishadi. Ular “demokratiyadagi parlament Islomdagi sho‘rodan olingan” deyishadi. Aslida demokratiya kufr tuzumi bo‘lib, u asli asosidan Islomga ziddir. Shu jumladan, parlament ham Islomdagi sho‘rodan emas. Demokratiyada hokimiyat xalqniki deyiladi va odamlar o‘zlari uchun o‘zlari qonun ishlab chiqishadi. Qonun chiqarish parlament orqali amalga oshiriladi. Islomdagi Sho‘ro majlisida qonun ishlab chiqilmaydi. Qonunlar Qur’on va Sunnatdagi jazmiy dalillardan va mujtahidlarning sahih ijtihodlaridan olinadi.
Islomiy davlatdagi Ummat majlisi (Majlisul Umma) ikki vazifani bajaradi.
Birinchisi Xalifaga maslahat berish: Xalifa ichki siyosatdagi ishlarni boshqarishga taalluqli, teran nazar va fikriy baxslarga xojati bo‘lmagan amaliy ishlar bo‘yicha maslaxat so‘rab majlisga murojaat qiladi. Masalan, fuqarolar faravon hayot kechirishlari uchun ularni kerakli xizmatlar bilan ta’minlash, shuningdek, xavfsizlikni saqlash va dushman tahdidini bartaraf qilish kabi ishlarda majlisga murojaat qiladi. Bu o‘rinda Xalifa uchun ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan majlisning ra’yi majburiy bo‘ladi.
Shuningdek, Xalifa tabanniy qilish huquqidan foydalanib birorta ra’yni tabanniy qilsa, ammo, majlis undan boshqa ra’yni tabanniy qilishni maslaxat bersa, bunday vaziyatda majlis mazolim qozisiga murojaat qiladi. Bu o‘rinda mazolim qozisi chiqargan hukm bajarilishi barcha uchun majburiy bo‘ladi.
Ikkinchisi Majlis Xalifani Islomni tatbiq qilishda muhosaba qilish: Chunki, Ummat majlisi a’zolari xalifani muhosaba qilishda Ummat vakillari hisoblanishadi.
Qadrli musulmonlar, “mo‘’tadil islom” kabi adashtiruvchi fikrlarga aldanmay, sof Islomni o‘rganing.
Abdulhakiym Qoraxoniy