O‘zbekiston va Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirlari koronavirusga chalinganlarning har biri uchun millionlab so‘m mablag‘ sarflanayotganini bildirishdi

487
0

O‘zbekiston va Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirlari koronavirusga chalinganlarning har biri uchun millionlab so‘m mablag‘ sarflanayotganini bildirishdi

 O‘zbekistonda koronavirus infektsiyasiga chalinib davolanayotgan o‘rta ahvoldagi har bir bemor uchun davlat 32 million so‘mdan mablag‘ sarf qilyapti. Og‘ir ahvoldagi, jonlantirish bo‘limida yotgan har bir bemorga o‘rtacha 64 million so‘mdan mablag‘ sarflanmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Xalqaro press-klubning 23 aprelь kuni o‘tkazilgan sessiyasida bildirdi.

Qirg‘izistonda xam, koronavirusga chalingan xar bir odam uchun 3000 dollar atrofida xarajat ketayotgan bo‘lishi mumkin. Bu xaqida 24-aprel kuni Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rin bosari Nurbolot Usonbaev onlayn brifingda berilgan savolga javob berayotib aytib o‘tdi.

Izox:  naxotki bizning yurtlarimizda bir be’morga bir necha o‘n kun ichida shuncha xarajat sarflash mumkin bo‘lsa?!

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga chalindi deb ro‘yxatdan o‘tgan bir qancha fuqorolar vidio murojat bilan chiqishdi. Ularning da’volaricha, kasalxonadagi sharoitlar o‘ta nochor. Davolash uchun ularga deyarli dori-darmon berilgan emas. Ular faqat karantinda, izolyatsiya xolatida o‘tirishgan xalos.

Ba’zilar, xukumatlar olamiy tashkilotlardan pul undirish maqsadida xarajatlarni atayin bo‘rttirib ko‘rsatishyapti deyishlari mumkin. Lekin bu bo‘rttirish ortidan xalqaro tashkilotlar sudxo‘rlik yo‘li bilan berayotgan ma’lum muddatli tashqi qarzlar qani? Ular nimaga sarf qilinyapti?! Axir bu pullar bizga, ya’ni xalqqa sarf qilindi yoki endi qilinmoqchi degan da’volar bilan undirilyaptiku. Qarzlarni to‘lash xam bizning, ya’ni xalqning zimmasiga tushadiku!

Butun dunyoni aldamoqchi bo‘lgan bu fosiq xukumatlar bizni aldamaydilarmi! Bir som sarf qilishgan joyini xisobotga o‘n som qilib yozishadi. Xalqaro tashkilotlar xam bu korruptsiyalashgan tizimlardan bexabar emaslar. Ular uchinchi olam mamlakatidagi xalqlarni rivojlanib ketishlaridan manfaatdor emaslar. Shuning uchun ularga quloq solgan xokimiyatlarni sarf-xarajatlaridan xisobot olishmaydi!

Bu noinsoflar millionlagan etimlar pulini o‘zlashtirib olishgach, xokimiyat qo‘llaridan ketganida chet o‘lkalarga qochib qolishadi. Xalq esa, ustida toboro ortib borayotgan qarzlarini xisoblab, boshi qotib yana boshqa tekinxo‘rni saylab undan xam avvalgi firibgarlikdan boshqa narsa topa olmaydi! Chunki muammo etakchi odamning shaxsida emas, balki olamiy boshqaruv sistemasida, fikriy etakchilik va etakchilarning shaxsiyatlaridadir!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.