Islomda boshqaruv nizomi
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«لَتُنْقَضَنَّ عُرَى الْإِسْلاَمِ عُرْوَةً عُرْوَةً فَكُلَّمَا انْتَقَضَتْ عُرْوَةٌ تَشَبَّثَ النَّاسُ بِالَّتِي تَلِيهَا، وَأَوَّلُهُنَّ نَقْضًا الْحُكْمُ وَآَخِرُهُنَّ الصَّلاَةُ»
“Islom arkonlari birma bir uzilib boradi. Qachon bir arkon uzilsa odamlar keyingi arkonga yopishadi. Birinchi uziladigan arkon hukm (boshqaruv) bo‘lsa oxirgisi namoz”, dedilar. (Imom Ahmad “Musnad”, Taboroniy Mu’jami Kabir”, Ibn Hibbon “Sahih”).
Biz bu hadis haqiqatiga tarix va hayotimizda ko‘p guvoh bo‘ldik. Xalifalik qulatilganidan so‘ng parchalanib tashlangan mamlakatlarimizning har birida turli darajada namozlarimizga qadar taqiqlar qo‘yildi. Hozir ba’zi musulmonlar “ko‘pchilik namoz o‘qib qolsa Islom hayotga qaytib keladi” deb o‘ylashadi. Birinchidan, bu Islomni hayotga olib kelishning shar’iy tariqati emas. Ikkinchidan, Islom bu bilan qaytib kelmasligi voq’eda ham ko‘rinib turibdi. Masalan, mana hozir ham pandemiya bahonasi bilan kofirga malay hokimlar ko‘p namozlarni shariyatga zid ravishda taqiqlab qo‘yishdi.
Qadrli musulmon birodarlar, Umar roziyallohu anhu “Bu ish uning avvali nima bilan isloh bo‘lib o‘nglangan bo‘lsa yana qayta o‘sha narsa bilan o‘nglanadi” deganidek, ishimizni Islom bilan o‘nglaylik. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam dastavval fikriy-siyosiy kurash olib bordilar va Islom davlatini barpo qildilar. Bu davlat 13 asr mobaynida hukm yuritdi, unda Islom to‘la tatbiq qilindi. Demak, hozir ham Islom to‘lig‘i bilan hayotga qaytib kelishi uchun uni qayta barpo etish yo‘lida fikriy-siyosiy kurash olib borishimiz vojib.
Quyida e’tiboringizga Islom Davlatining boshqaruv nizomini havola qilamiz.
Boshqaruv (hukm)
1. Xalifa
2. Tafviz muovini
3. Tanfiz muovini
4. Voliylar
Idora
5. Qo‘shin
6. Ichki xavfsizlik
7. Tashqi ishlar
8. Sanoat.
9. Qozilik
Odamlar o‘rtasidagi husumatlarni ajrim qiladigan qozi
Muhtasib qozi
Mazolim qozisi
10. Inson manfaatlari
Ta’lim
Tibbiyot
Yo‘l qurish
Ish bilan ta’minlash
Qishloq xo‘jaligi va boshqalar
11. Baytulmol
Kirimlar
Chiqimlar
12. Axborot
Axborot vositalariga ruxsat olish
Davlatning axborot siyosati
Maslahat va muhosaba
13. Ummat majlisi (Majlisulь-Umma).
Qadrli musulmon birodarlar, mana shu nizom bilan boshqariluvchi Islom davlatini tiklash uchun bo‘lgan fikriy-siyosiy kurashga qo‘shilinglar!
Abdulhakiym Qoraxoniy