بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Gollandiya: Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati barpo etilmaguncha xavfsizlik bo‘lmaydi
Hizb ut-Tahrir – Gollandiya (hijriy 1441 yil 27 rajab, milodiy 2020 yil 22 mart yakshanba kuni) internet tarmog‘i orqali jonli efir uyushtirdi. «Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati barpo etilmaguncha xavfsizlik bo‘lmaydi» nomli ushbu tadbirda bashariyatning koronavirus tarqalishi sababli boshdan kechirayotgan qiyinchiliklari, xavfsizlikning yo‘qligi hamda musulmonlarning Xalifalik ag‘darilib, butun millatlarning o‘ljasiga aylanganlaridan keyingi holatlari haqida so‘z yuritildi. Zero, bir tarafda Xitoy musulmonlarni qamoq lageriga tashlab, qiynoqlarga tutayotgan bo‘lsa, goh Mьyanma, Hindiston va boshqa davlatlar tomonidan talanmoqda… Yurtlari bosib olinmoqda, boyliklari talon-toroj etilmoqda… Bularning barchasiga ortida turib jang qilinadigan va u bilan himoyalaniladigan xalifaning 99 yildan beri yo‘qligi sababdir. Bas, to Rosululloh ﷺ barpo etgan davlatimizni qayta barpo etmas ekanmiz, na xavfsizlikka erishamiz va na tinchlikni his qilamiz.
Jonli efirda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati bo‘lgan Islom davlatini barpo etishning shar’iy yo‘li ham bayon qilindi.
Roya gazetasining 2020 yil 8 aprel chorshanba kungi 281-sonidan