Amerika Turkiyaga Yamanda Ixvon jamoasi orqali rolь berganmi?!

513
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika Turkiyaga Yamanda Ixvon jamoasi orqali rolь berganmi?!

Ustoz Abdulloh qozi – Yaman

Aftidan, Turkiya ixvonchilarga mansub ittifoqchisi Hizbul Islohni Yamanda muammolar keltirib chiqarishga undash orqali yurtdagi mavjud bo‘hronni kuchaytirishga urinayotgan ko‘rinadi. Misol uchun, yaqinda faollardan biri Tavakkul Karmon xonim Arab davlatlari koalitsiyasiga qarshi birlashgan harbiy qo‘mondonlik tuzishga chaqirdi. Ixvonul Muslimin rahbarlaridan biri va Turkiya fuqaroligiga ega bo‘lgan bu ayol Istanbulda «Urushdan keyingi Yaman… kelajak manzarasi» nomli konferentsiya uyushtirdi. Matbuot xabarlariga ko‘ra, konferentsiya uchun Qatar davlati «Tavakkul Karmon muassasasi» orqali katta mablag‘ bergan. Turli arab davlatlaridan kelgan ixvonchilar rahbarlari ishtirok etgan konferentsiyada Karmon ochilish nutqini so‘zlab «tashqi vasiylik»ka qarshi yangi inqilob qilishga chaqirdi. U tashqi vasiylikni «huquqiy qaramlik» deb atadi. Ixvonchilar rahbarlaridan bo‘lgan Karmon, Yaman Janubiy o‘tish davri kengashiga, elita kuchlariga va Toriq Affosh kuchlariga hujum qilib, ularni Arab davlatlari koalitsiyasi rahbarlariga malaylikda aybladi, ammo Husiylar haqida qasddan gapirmadi. «Tavakkul Karmon muassasasi»ning ijroiy direktori Misk Janid xonimning ta’kidlashicha, anjumanning uchta sessiyasida quyidagi masalalar muhokama qilingan: Birinchi: Yaman urushi ortidan yuzaga keladigan holat. Ikkinchi: mavjud kurashning taxminiy yakunini hisobga olgan holda belgilanadigan davlat shakli va boshqaruv tizimi. Uchinchi: Yamandagi regional va xalqaro nufuzlarning urushdan keyingi taqdiri. To‘rtinchi: urushdan keyingi ustuvor vazifalar: (nizolarni tugatishning hamda siyosiy va huquqiy javobgarlik o‘rtasidagi tiklanishning boshlanishi sifatida o‘tish davri adolatini joriy qilish).

Ixvonchilarning Arab davlatlari koalitsiyasiga qarshi tomonga o‘zgarganiga sabab, Amerikaning istagidir. Hozirda Amerika Erdogan Turkiyasi qo‘li bilan Bobulmandabni har tomonlama nazorat qilish uchun Yamanda harbiy ishtiroki bo‘lishini istayapti. Britaniyaning zaifligidan hamda Evropa Ittifoqidan chiqishi ortidan o‘zining ichki muammolari bilan band bo‘lib turganidan foydalanib qolmoqchi. Ayniqsa, Turkiyaning Somalidagi harbiy ishtiroki ayni missiyani bajarilishini qulaylashtirishi mumkin. Buning uchun Hizbul Isloh rahbarlari (Amerikaning ayni hizb ichidagi qanoti)ning Turkiyadan Yamanga aralashishini talab qilishlari kutilmoqda. Xuddi Liviyadagi stsenariy takrorlanishi mumkin. Javf va Ma’rab shaharlarida Hizbul Islohga qilingan tazyiqdan maqsad ham, Turkiyaning aralashishini talab qilishga bo‘lgan bosimlardan biri. Arab davlatlari koalitsiyasining «qonuniy» ekani da’vo qilinayotgan hukumatni qo‘llab-quvvatlashda jiddiy emasligi va foyda keltirmayotgani aytilmoqda. «Ahvol Turkiya» veb-saytida Arab koalitsiyasini provokatsiya qilish uchun Ixvon jamoasiga moyil bir qator yamanlik siyosiy rahbarlarga Husiylar bilan yaqinlashishga ko‘rsatma berilgani xabar qilindi.

Saudiya samolyotlarining «qonuniy hukumat» kuchlariga zarbalar yo‘llashi hamda Hadida porti va shahri sari ketayotgan Hodiy kuchlarining harakatiga to‘siq bo‘lib, Taaz viloyatidagi qolgan erlarni ozod etishga harakat qilishi… bularning barchasi shunga dalolat qilmoqdaki, Amerika Shimoliy rayon maydonlarini Husiylar uchun ochib-tozalab bermoqchi.

Janubiy rayonlarda joylashgan Saudiya quruqlik kuchlari amerikaparast Hasan Boum harakatini qo‘llab-quvvatlashni uddasidan chiqolmadi. Shu bois, endigi rolь Turkiyaga berilishi mumkin. Amerika qanoti bo‘lgan Hizbul Islohning da’vati bilan Turkiya Janubiy rayonlardagi o‘tish davri kengashiga qarshi kurashadi. Shu bilan birga, Amerika ayni Hizbdagi Britaniya qanotini bostirishga harakat qilyapti. Shundoq ham bu qanot bir tomondan Husiylar, ikkinchi tomondan turk kuchlari siquvi ostida qolgan edi. Shu bois, bu qanotdagi angliyaparastlar o‘zlari da’vo qilgan ikki yomondan engilrog‘ini tanlashga majbur bo‘lishyapti.

Turkiya Ixvonchilar foydasiga Yamanga aralashmoqchi ekan, buning alomatlari ko‘zga tashlanganiga uzoq bo‘lmadi. Masalan, yamanlik siyosatchilar Anqarani 2011 yilda ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ hamda shovqinni pasaytiradigan moslamaga ega bo‘lgan pistoletlarni kontrabanda yo‘li bilan olib kelganlikda ayblashdi. Mana shu qurollar siyosiy va xavfsizlik xodimlarining ko‘pchiligiga suiqasd qilishda qo‘llangan bo‘lishiga ishonilmoqda. Londonda chiqadigan «Arab» gazetasi avvalgi xabarlarda turk razvedkachilarining Yamanga kirib borishlari orqali u erdagi turklarning faolligi oshgani to‘g‘risida yozdi. Gazetaga ko‘ra, turklarning faolligini ko‘plab turk razvedkachilarining Yaman sharqidagi Mahra viloyati yo‘laklari orqali ozod etilgan ba’zi viloyatlarga insonparvarlik yordami hay’ati niqobi ostida kelishganida ko‘rish mumkin. Shuningdek, Turkiyaning Istanbul shahridan axborot telekanallari orqali Saudiya etakchiligidagi Arab koalitsiyasiga qarshi siyosiy va axborot tashviqotlari tarqatildi. Bular Amerikaning Yamandagi o‘z malaylari rollarini almashtirish rejasini amalga oshirayotganini ko‘rsatmoqda. Yana ayni gazetada Anqara Tehron bilan yaqinlashishi ortidan Husiy rahbarlarini ham qabul qilgani aytiladi. Turkiya rahbarlari bundan bir yilcha oldin Turkiyaning bir necha shaharlarida ilk bor Husiylarni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar uyushtirishdi. Bu Anqara pozitsiyasida ham katta o‘zgarish bo‘lganiga dalolat qilmoqda. Chunki ilgari Anqara rasman Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlab kelar edi. Yaman Transport vaziri Solih Jabvoniyning Turkiyaga rasmiy safar qilib, turk hukumati vakillari bilan Yaman portlari va aeroportlari boshqaruvi bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv imzolagani ham ulkan g‘azabnok reaktsiyalarni keltirib chiqardi. Natijada Yaman hukumati kelishuvdan tonishiga majbur bo‘ldi va ayni kelishuv hukumat nuqtai nazarini ifodalamaydi va unga mansub emas, dedi.

Darhaqiqat, 2020 yil boshidan beri Yamandagi urushning harbiy xaritasida kutilmagan o‘zgarish yuz bermoqda. Husiylar poytaxt San’o sharqidagi Nim rayoniga, ya’ni, urushda eng muhim front o‘laroq ko‘rilgan rayonga hujum qilishdi. Keyin havo yordami bo‘lmayotgan bir paytda, Ma’rab va Javf tomon jangovar yutuqlarga erishib, Hodiy kuchlarini chiqib ketishga majbur qilishdi. Hodiy kuchlari tashlab chiqib ketgan harbiy texnikalarini o‘lja qilib olishdi. Bundan Amerika nufuzining tobora ortib borayotgani, uning muqobilida Britaniya nufuzining pasayib borayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi.

Qayg‘uli va og‘riqli joyi shundaki, musulmon yurtlari hukmdorlari kofir g‘arbga xorlarcha itoat qilishyapti, armiyalarimiz esa, bu xoin hukmdorlar buyruqlariga so‘zsiz itoat qilishyapti. Erdogan Turkiyasi Amerika rejalarini bajarishda boshqa hukmdorlardan, masalan, Eron, Najd, Hijoz hukmdorlaridan va Misr Sisiyidan farq qilmaydi.

Biz Turkiyadagi ahlimizga shuni eslatmoqchimizki, Usmoniy Xalifalik davlati bilan bugungi Erdogan Turkiyasi o‘rtasida katta farq bor. Kofir G‘arb tomonidan hijriy 1342 yil 28 rajab oyida ag‘darilgan Usmoniylar davlatining armiyasi Yamanga uning ahli talabi bilan kelib, yamanliklarni va musulmonlarning muqaddas dargohlarini Partugaliya urushiga qarshi mudofaa qildi. Ammo Erdogan Turkiyasi Shom va Liviyada amerikaliklarga xizmat qilib yotibdi. Demak, Usmoniylar bilan Erdogan o‘rtasida ulkan farq bordir!

Yamandagi so‘nggi voqea-hodisalar shuni ko‘rsatmoqdaki, Yamanning bir butun ahli o‘rtasida chiqarilgan bu urush uzoq davom etishi mumkin. Kofirlar bu urushda ularning o‘z Islomlarini ongli tarzda tushunmasliklaridan foydalanishdi. Vaholanki, Islom ularni bir-birlariga qarshi urishishni harom qilgan. Shuningdek, bu urushda dushman G‘arb malay hukmdorlar orqali o‘zining amriga bo‘ysunuvchi kuchlarni Yaman ahliga zo‘ravon qilib qo‘ydi. Hukmdorlarning esa, ularni taxtda ushlab turgan va Ummatning dushmani hisoblangan kofir xo‘jayinlariga xizmat qilish uchun likillab qolgan stullariga mahkam yopishishdan boshqa tashvishlari yo‘q. Ummat Islomini ongli tarzda tushunib etmaguncha o‘z qaroriga o‘zi ega bo‘lolmaydi. Uning Islomi birlikka, aka-ukalikka, dushmanga qarshi kurashib, muqaddas dargohlarini ozod etishga buyurmoqda. Bu narsa Hizb ut-Tahrir barpo etish yo‘lida faoliyat qilayotgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasidagina amalga oshadi. Shuning uchun Ummat Hizb bilan birgalikda uni barpo etishga harakat qilmog‘i shart.

Roya gazetasining 2020 yil 25 mart chorshanba kungi 279-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.