Ushbu pandemiya davrida Alloh Taologa iltijo qilib, duo qilmog‘imiz va bizga rahm qilishini, bunday balodan qutqarishini so‘ramog‘imiz darkor, chunki faqat Alloh bo‘yin egishimizga loyiq Zotdir
Bangladesh falokat yoqasida turibdi. Chunki koronavirusning tarqalishi turli ziyonlarni keltirib chiqarishni boshladi. Hukumatning virus tarqalishiga qarshi kurashdagi sustligi va ikkilanishidan tibbiyot xodimlari g‘azablanayotgan bo‘lsalar, buni oddiy odamlar ham tushunmoqdalar. Chunki virus 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Uxanь viloyatida paydo bo‘lgan bo‘lsa, hukumat oldida unga qarshi kurashda ehtiyot choralarini ko‘rishi uchun ikki oy vaqt bor edi. Hukumat esa, vaqtdan foydalanib, ehtiyot choralarini ko‘rish o‘rniga, Mujib Rahmonning xotirasini nishonlash bilan mashg‘ul bo‘ldi va odamlarni virus xatariga duchor qildi. Bugungi kunda sog‘liqni saqlash muassasalarida vaziyat ayanchli, tibbiyot xodimlari uchun himoya vositalari etishmaydi. Hukumat laboratoriya vositalariga, faol aloqa mexanizmiga va virusni aniqlaydigan testlarga ega emas. Mana shunday bir sharoitda hukumat Bangladeshda koronavirusning keng tarqalishi xatarini shubha ostiga oladigan siyosat yurgizmoqda. U shuningdek, virusdan zarar ko‘rgan va o‘lganlar haqida xabar tarqatayotgan va shu ish bo‘yicha faoliyat qilayotganlarga tahdid va qo‘rqitish orqali bosim o‘tkazmoqda. Epidemiyaga qarshi kurashishda hukumat zaiflik qilayotgan bir paytda Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati odamlar e’tiborini ayrim nasihat va to‘g‘ri ko‘rsatmalarga tortmoqda:
Birinchidan: Biz bunday og‘ir damda qo‘rqmasligimiz lozim hamda bu virus Alloh Taoloning imtihoni ekanini anglashimiz va bu ishda sabr qilib Allohni ko‘p eslashimiz lozim. Zero, Rosululloh ﷺ aytadilar:
«عَجَبًا لِأَمْرِ الْمُؤْمِنِ إِنَّ أَمْرَهُ كُلَّهُ خَيْرٌ، وَلَيْسَ ذَاكَ لِأَحَدٍ إِلَّا لِلْمُؤْمِنِ، إِنْ أَصَابَتْهُ سَرَّاءُ شَكَرَ فَكَانَ خَيْرًا لَهُ، وَإِنْ أَصَابَتْهُ ضَرَّاءُ صَبَرَ فَكَانَ خَيْرًا لَهُ»
«Mo‘minning ishlari ajoyib, uning barcha ishi yaxshilikdir. Bu narsa faqat mo‘minga berilgan. Agar unga xursandchilik etsa, shukr qiladi va u uchun yaxshilik bo‘ladi. Agar unga yomonlik etsa, sabr qiladi va bu u uchun yaxshilik bo‘ladi». Muslim rivoyati.
Ushbu virusning tarqalishi bizga va shu jumladan G‘arbga Allohdan bo‘lgan eslatmadir. Shuningdek, u bizning moliyaviy boyligimizdan hamda texnika va tibbiyot sohasida qanchalik taraqqiy etganimizdan qat’iy nazar, Alloh Taolo oldida zaif ekanimizni eslatishdir. Biz ushbu lahzalarda yanada Allohga yaqin bo‘lishimiz, qilgan xatolarimizga kechirim so‘rashimiz va doim U Zotga duo qilishimiz lozim.
Ikkinchidan: Biz kofir va mushriklar kabi ish tutmasligiz kerak. Balki tovarlarni monopoliya qilib, kunlik ehtiyoj mollarida inqiroz paydo qilmasligimiz lozim. Shuningdek, xudbin va boshqalar ishiga e’tiborsiz bo‘lmasligimiz, balki mas’uliyatni his qilib, bir-birimizga yordam qilishimiz lozim. Bundan tashqari, musulmon ekanimizni unutmasligimiz va odamlarga o‘rnak bo‘lishimiz lozim.
وَكَذَلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطاً لِتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ وَيَكُونَ الرَّسُولُ عَلَيْكُمْ شَهِيداً
«Shuningdek (ya’ni haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik» [Baqara 143]
Uchinchidan: Biz Alloh Taologa tavakkal qilishimiz, sabr qilishimiz, qo‘rqmasligimiz kerak. Shuningdek, ajal va rizq Allohning qo‘lida ekanini unutmasligimiz lozim.
وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَنْ تَمُوتَ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ كِتَاباً مُؤَجَّلاً
«Har bir jon faqat Allohning izni bilan va aniq belgilab qo‘yilgan muddatda o‘ladi» [Oli Imron 145]
وَمَا مِنْ دَابَّةٍ فِي الْأَرْضِ إِلَّا عَلَى اللَّهِ رِزْقُهَا وَيَعْلَمُ مُسْتَقَرَّهَا وَمُسْتَوْدَعَهَا كُلٌّ فِي كِتَابٍ مُبِينٍ
«O‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir. U zot ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq-ravshan Kitobda bordir» [Hud 6]
قُلْ لَنْ يُصِيبَنَا إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَنَا هُوَ مَوْلَانَا وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ
«Ayting: Bizga faqat Alloh biz uchun yozib qo‘ygan narsagina etur. U bizning hojamizdir. Bas, imonli kishilar faqat Allohgagina suyansinlar!» [Tavba 51]
To‘rtinchidan: Bangladeshdagi ayrim mintaqalarda koronavirus bilan kasallanganlar borligi qayd qilingan ekan, o‘sha mintaqalarga borishdan saqlanishimiz lozim. Chunki bu buyuk shariatimiz ko‘rsatgan himoyalanish uslublaridandir. Omir ibn Sa’d ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladiki, uning otasi (ya’ni Sa’d ibn Abu Vaqqos) Usoma ibn Zayddan Rosululloh ﷺ o‘lat haqida nima deganlar, deb so‘ragan. Shunda Usoma bunday javob qilgan ekanlar: Rosululloh ﷺ aytadilar:
«الطَّاعُونُ رِجْزٌ أُرْسِلَ عَلَى طَائِفَةٍ مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ أَوْ عَلَى مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ فَإِذَا سَمِعْتُمْ بِهِ بِأَرْضٍ فَلَا تَدْخُلُوا عَلَيْهِ وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا فِرَارًا مِنْهُ»
«O‘lat Banu Isroil yoki sizlardan oldingi qavmlarga yuborilgan kasallikdir. Agar biror joyda o‘lat tarqaganini eshitsangiz, u erga kirmang. Agar siz yashayotgan joyda tarqalsa, u erdan qochib chiqmang».
So‘nggi so‘z:
ظَهَرَ الْفَسَادُ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِي النَّاسِ لِيُذِيقَهُمْ بَعْضَ الَّذِي عَمِلُوا لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
«Odamlarning o‘zlari qilgan qilmishlari sababli quruqlikda ham, dengizda ham (turli) ofat-balolar yuz berdi. (Bu balo va ofatlar odamlar qilayotgan gunoh-ma’siyatlaridan) qaytishlari uchun, ularga qilgan ayrim gunohlarining (jazosini) totdirib qo‘yish uchundir» [Rum 41]
Xalifaligimizni yo‘qotgan kunimizdan boshlab, insonlar chiqargan tuzumlarning zulmi ostida qolib, Alloh Subhanahu va Taoloning rahmatidan mosuvo bo‘ldik. Inson tomonidan yaratilgan ushbu nizom soyasida nafaqat bosimga duch kelmoqdamiz, balki ustimizga falokatlar birin-ketin yog‘ilmoqda. Shuning uchun bor kuchimizni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni qayta barpo etishga sarflashimiz lozim. Ana o‘shanda Xalifalik er yuziga Allohning rahmatini tushiradi. Chunki Rosululloh ﷺ shunday deganlar:
«السُّلْطَانُ ظِلُّ اللَّهِ فِي الْأَرْضِ»
«Sulton Allohning er yuzidagi soyasidir». Doruqutniy rivoyati.
Xalifalik davlatida sog‘likni saqlash muassasalari ilmiy tekshirish va laboratoriya dargohlari eshigini o‘zining barcha fuqarolari uchun lang ochib beradi. Buni Xalifalik davlati moliyaviy foydani qo‘lga kiritish maqsadida emas, balki shar’iy ahkomlarga rioya qilish uchun amalga oshiradi. Zero, shar’iy ahkomlar davlatni sog‘liqni saqlash sohasida xalq ehtiyojlarini ta’minlashga va farovonlikni ro‘yobga chiqarishga buyurgan. Xalifalik davlatida jamiyatning barcha shaxslari hayotning turli sohalarida ilmiy laboratoriyalar ochish huquqiga ega bo‘ladi. Hatto bunday laboratoriyalarni ochish davlat uchun vojib bo‘ladi. Darhaqiqat, ayrim shaxslarning xususiy sektorda qilgan harakatlari koronavirusni aniqlash uchun tajriba o‘tkazish va arzon narxda qo‘llarni dezinfektsiya qiladigan vositalar ishlab chiqishga qodirligini ko‘rsatdi. Bangladeshda yashovchi Islomiy Ummat vakillari orasida iste’dodli va iqtidorli kishilar ko‘p. Shuning uchun faqat Xalifalikkina bu kabi tajribalardan foydalana oladi deya qo‘l qovushtirib o‘tirmasdan, Alloh tomonidan butun insoniyatga rahmat qilib yuborilgan salomatlik nizomini saqlash uchun ulardan foydalanish lozim.
وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَى آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَفَتَحْنَا عَلَيْهِمْ بَرَكَاتٍ مِنْ السَّمَاءِ وَالأَرْضِ وَلَكِنْ كَذَّبُوا فَأَخَذْنَاهُمْ بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ
«U qishloqlarning ahli balo-qazoyimiz tunda, uxlayotgan hollarida kelib qolishidan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? (kutmaganmidilar?)» [A’rof 97]
Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi matbuot bo‘limi