بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Unutganga eslatma va yo‘ldan adashganga yo‘llanma: Sochi shartnomasi musulmonlar qonini to‘kish orqali tatbiq qilinmoqda bas xolis kishilar qachon qo‘zg‘aladilar?!
Ustoz Ahmad Hojimuhammad
2018 yil sentyabrda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida imzolangan Sochi shartnomasi Idlib viloyati va uning geografik chegaralari taqdirini belgilamoqda. Moskva bilan Anqara bu shartnomani mintaqaning istiqboli uchun poydevor, deb hisoblashmoqda.
Sochi shartnomasi bandlari xulosasi quyidagilardan iborat:
• Ikkala tomonning bir-biriga qarshi hech qanday jangovar harakatni amalga oshirmasliklarini ta’minlash hamda buning nazoratini Turkiya patrul xizmatlari zimmasiga topshirish;
• Keskinlik yumshatilgan zona ichkarisida 15-20 km uzunlikda qurolsizlantirilgan zonani paydo qilish;
• 15 oktyabrga qadar barcha radikal terroristik guruhlarni qurolsizlantirilgan zonadan chiqarish;
• 2018 yil oxiriga qadar M4 (Halab-Loziqiya) hamda M5 (Halab-Hama) trassalari orqali tranzit harakatini tiklash;
• Tomonlar Suriyada har qanday shakl va ko‘rinishdagi «terrorizm»ga qarshi kurashga qat’iy qaror qildilar.
• 2018 yil imzolangan Sochi shartnomasi xulosalari mana shu. Men uni o‘qimagan yoki eshitmagan insonlarga eslatyapman. Ammo uni o‘tgan bir tarixiy xotira sifatida eslatayotganim yo‘q. Balki hatto hozirgi paytda ham tatbiq qilinayotgani, kun sayin va lahza sayin ijro etilayotgani sababli eslatmoqdaman. Men buni xotirasi pashshani xotirasiga o‘xshagan kishilarga eslatmoqdaman. Chunki pashshaning xotirasi bir necha soniyaga etmay bilganini unutadi. Shuning uchun u atrofingizda aylanadi, siz uni urishga harakat qilgan paytingizda sizdan qochadi va unutib yana qaytib keladi. Bu holning ikkinchi yoki uchinchi takrorlanishida sizning qo‘lingizda o‘lim topish uning qismati bo‘ladi.
Tomonlar shartnomaga imzo chekishdi, trassalar 2018 yilning to‘qqizinchi oyida ochiladigan bo‘ldi. Biroq shartnoma tatbiqi ular o‘ylagandek oson bo‘lmayapti. To‘g‘ri, barcha jangchi guruhlar xorij davlatlariga bog‘lanib qoldi, Turkiyadagi siyosiy yo‘laklarda fitnalar tuzildi, sanog‘i oz bo‘lgan xolis mujohidlar nima qilishni bilmay qolishdi… Biroq mana shularning barchasiga qaramay, Hizb ut-Tahrir tashabbusi ostida Suriyadagi ommaviy xalq harakatlari to‘xtamay Turkiya-Rossiya o‘rtasidagi kelishuvga putur etkazdi.
2018 yilning o‘ninchi oyida Suriyadagi nufuzli kishilar va shahidlarning yaqinlari Turkiya nazorat punktlarini ziyorat qilish tashabbusini boshlab, u erlardagi turk rahbarlariga mana bunday qattiq so‘zlar bilan da’vat yo‘lladilar: «Bizning maqsadimiz Damashqdagi rejimni ag‘darib, Islom boshqaruvini barpo qilishdir. Biz shuning uchun chiqqanmiz. Bas, yo sizlar ham shu maqsadimizga qo‘shilib biz tarafda turing, yoki biz bilan dushmanimiz o‘rtasiga aralashmang, chetga chiqing. Chunki sizning punktlaringiz biror yaxshi ish qilolmayapti, sanog‘i ko‘p xolos ularning. Ammo biz sanoqni ham, javobni ham o‘rniga qo‘yamiz».
Shunday qilib, bunday sharmandali shartnomaga qarshi kurashuvchi va makrlarini o‘zlariga urib, qurollarini parchalovchi namoyishlarda minglab odam ko‘chaga chiqdi.
So‘ng 2018 yilning o‘n ikkinchi oyida xalqaro trassada ko‘p sonli nufuzli kishilar namoyish qilib, butun dunyoga, Ummatlariga murojaat qilishdi. Ular o‘zlarining sobit turishganini va bu tog‘ut rejim uchun yo‘llarni ochib berilishiga norozi ekanliklarini bayon qildilar.
Mana shularning o‘zi shartnoma egalarini va ularning ortida turgan xo‘jayinlari kofir Amerikani tashvishga solishga, tarang ahvolda qolishlariga kifoya qildi. Darhaqiqat, bu haqida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 2019 yil 27 avgustda «Rossiya-Turkiya o‘rtasidagi Idlib bilan bog‘liq shartnoma qiyin va tarang kechayotgani» haqida bayonot berdi. So‘ng «Turkiya keskinlik yumshatilgan zona ichkarisida patrul xizmatlarini olib borayotgan bo‘lsa, ayni damda Rossiya bu ish bilan zona tashqarisida shug‘ullanmoqda», deya qo‘shimcha qildi.
Biroq shartnomachilar qanday qilib Ummatni aldashga va yo‘llarni ochib, shartnomani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishdi?!
Ular bunga bir necha uslub va vositalarni ishga solish bilan muvaffaq bo‘lishdi va bu ishda ularga ichkaridagi kishilar yordam berishdi. Masalan:
Bunda Inqoz hukumatining roli katta bo‘ldi. U odamlarni bir burda non topish bilan mashg‘ul qilib, soliqlar va to‘lovlarni oshirdi, odamlarni bo‘g‘zidan oldi. Buning barobarida, Suriya lirasining dollarga nisbatan kursi tushib, oqibatda juda ko‘p tovarlar bahosi ikki va uch barobarga ko‘tarilib ketdi. Ustiga-ustak, Inqoz hukumatining ochiqdan-ochiq qarorlari sababli yonilg‘i mahsulotlari tanqis bo‘lib ketdi.
Tahriri Shom hay’atining mintaqadagi siyosiy richagi bo‘lgan Inqoz hukumati roli shu bilan to‘xtamadi. Balki ular Sochi shartnomasidan ogohlikka chaqirayotgan hamda Sohil janglarini ochishga va jinoyatchilar bilan muzokara stolini ag‘darishga da’vat qilayotgan kishilarni muntazam ovozlarini o‘chirib turish bilan shug‘ullanishdi. Muntazam ravishda, ya’ni, o‘z muassasalari bo‘lgan Vaqflar vazirligi orqali masjidlarni qattiq nazorat ostiga olib, u erga o‘zlarining imomlarini, o‘zlari istagan xutbalarni o‘qiydigan soqchi shayxlarini o‘rnatishdi.
Tahriri Shomning o‘ziga kelsak, u Turkiyaning Idlibdagi maqsadlarini amalga oshiruvchi politsiya rolini o‘ynadi. «Qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar» o‘yiniga qarshi chiqayotgan kishilarni o‘rgandi, kuzatdi va ularning ovozini o‘chirish bilan shug‘ullandi. Masalan, Hizb ut-Tahrir a’zolaridan qirqqa yaqinini hamda ular bilan birga, Idlib va Hamadagi nufuzli va taniqli shaxslarni qamoqqa oldi.
Tahriri Shom hay’ati o‘z rolini takomillashtirish uchun qattiq turib frontlarni ham ko‘z ostidan qochirmadi. Natijada mujohidlar o‘lja qilib olgan har bir zambarak, zirxli mashina va og‘ir qurol-aslahalar ayni hay’at tomonidan tortib olindi va bu bilan zonalar mana shu qurollardan tozalandi! So‘nggi paytda qonxo‘r rejimning ozod etilgan zonalarga hujum qilishi va osongina u erlarni vayron etishi bunga yaqqol dalildir.
Oxir oqibat, Erdogan turk birodarlarimizni soxta jangga kiritdi… Alloh ularni rahmat qilsin. Jangga kiritib, Sochi chegaralarini shu yigitlarning qonlari bilan chizdi va chegaralarni mustahkamladi. Keyin Moskvada o‘t ochishni to‘xtatish shartnomasi imzolandi… Uning ortidan Turkiya Moliya vaziri va bir qator rasmiylar chiqib, qator bayonotlar berishdi. Bu bayonotlaridan Turk-Rossiya manfaatlari nafaqat Suriyadagi musulmonlar qonidan, balki ular bilan birga turk musulmonlari qonidan ham ulug‘ ekanligi anglashildi.
Mana shularning barchasidan so‘ng, ko‘ringki, Alloh Taoloning quyidagi oyati karimasi bahsga o‘rin qoldirmaydigan haqiqatni ochmoqda, kufr millati bilan Islom dushmanlari bizni qirish va mabdamizdan adashtirishga juda-juda o‘ch ekanliklarini bayon qilmoqda:
وَلَا يَزَالُونَ يُقَاتِلُونَكُمْ حَتَّى يَرُدُّوكُمْ عَنْ دِينِكُمْ إِنِ اسْتَطَاعُوا
«Ular qo‘llaridan kelsa to sizlarni diningizdan qaytargunlaricha sizlarga qarshi jang qilaveradilar» [Baqara 217]
Keyin Alloh Taolo kofirlarning bizga qarshi qattiq kurashishlarini bayon qilish barobarida, bizni ham ularning adovatiga sabot bilan turishga va O‘zining va’dasiga chuqur ishonishga buyurdi:
قُلْ لِلَّذِينَ كَفَرُوا سَتُغْلَبُونَ وَتُحْشَرُونَ إِلَى جَهَنَّمَ وَبِئْسَ الْمِهَادُ
«(Ey Muhammad), kufr yo‘lini tutgan kimsalarga ayting: Shak-shubhasiz (bu dunyoda) mag‘lub bo‘lasizlar va (oxiratda) jahannamda to‘planajaksiz. Naqadar yomon joy u!» [Oli Imron 3]
Ey Shom ahlimiz!
Bugun mustaqil, o‘z-o‘zini qo‘llay oladigan va o‘z qaroriga ega bo‘lgan guruhlarni tuzish zimmamizga tushayotgan shar’iy burchdir. Bu guruhlarning o‘zgarmas maqsadlari quyidagicha bo‘lmog‘i lozim:
Asad rejimini butun basharayu arkonlari bilan qo‘shib ag‘darish, Islom va musulmonlarga qarshi to‘qilayotgan til biriktiruvlar va shartnomalarni rad etish.
«Qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar» bilan aloqalarga bolta urib, zulm yo‘lini tutganlarga tayanmaslik:
وَلاَ تَرْكَنُواْ إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُواْ فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ اللّهِ مِنْ أَوْلِيَاء ثُمَّ لاَ تُنصَرُونَ
«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (tayanmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti etar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga tayansangiz) sizlarga yordam berilmas» [Hud 113]
Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘lmish Islom boshqaruvini barpo etish. Ushbu Xalifalik kapitalistlar malaylari bo‘lgan rejimlar xarobalari uzra qad ko‘taruvchi hazoratdir. Bu haqda Rosuli akram ﷺ bunday marhamat qilganlar:
«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«Keyin Payg‘ambarlik minhojiga asoslangan Xalifalik bo‘ladi».
Roya gazetasining 2020 yil 18 mart chorshanba kungi 278-sonidan