Afg‘onistondagi siyosiy bo‘hronning asosi Amerikaning o‘zidir, chunki u faqat o‘z manfaatini ta’minlaydi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Ashraf G‘ani va Abdulloh Abdulloh o‘rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklarni hal qilish uchun Afg‘onistonga keldi. Lekin Pompeoning ular bilan uchrashuvi o‘ta keskin bo‘ldi. AQSh davlat departamenti chiqargan o‘z bayonotida Afg‘onistonni tanqid qildi. Bayonotda jumladan shunday keladi: «Rahbariyatning ushbu muvaffaqiyatsizligi Amerika milliy manfaatlariga xavf tug‘diradi. Shuning uchun Amerika hukumati Afg‘onistondagi hamkorligimizni qayta ko‘rib chiqadi. Bugun rejalarimizdan birini e’lon qilamiz. Bu reja Afg‘onistondagi xarajat javobgarligini o‘zgartirish va shu yil yordamni bir milliardga kamaytirishdir. Biz 2021 yilda yana bir milliard kamaytirishga tayyormiz».
Mamlakatlardagi ko‘plab turli muammo va bo‘hronlarning kelib chiqishida Amerikaning bevosita yoki bilvosita qo‘li bor. U o‘zining milliy manfaatlarini ta’minlash uchun harbiy, siyosiy va iqtisodiy choralar orqali bosim o‘tkazib keldi. Lekin oxiri borib uning foydasiz echimga harakat qilgani o‘z isbotini topdi. Afg‘onistondagi siyosiy ishlarni yaqindan kuzatib borayotgan kishilarga yaxshi ma’lumki, yuzaga kelgan siyosiy inqiroz Amerikaning Tolibonga, Afg‘oniston hukumati va etakchilariga nisbatan olib borgan qo‘sh standartli siyosati natijasidir. Ayni shu siyosat bugungi siyosiy bo‘hronga olib keldi.
Aniq ma’lumki, Amerikaning Afg‘onistondagi sobiq elchisi Jon Bos saylov inqirozi paytida mustaqil saylov komissiyasiga shunday bosim o‘tkazgan. Boshqa tomondan AQSh ma’muriyatining maxsus vakili Zelmay Xalilzod Afg‘on etakchilari o‘rtasidagi ushbu siyosiy bo‘linishlarni yanada kuchaytirdi. Bundan ham muhimi Afg‘onistondagi prezidentlik saylovlari natijalari Amerika tomonidan yashil chiroq yoqilmasidan oldin e’lon qilindi. Shuning uchun ikki nomzoddan birining inauguratsiyasiga bugungi inqirozning asosiy avtorlaridan bo‘lgan kam sonli diplomatlar keldi.
Amerika shunga qaramay, mavjud bo‘hronning sababi Afg‘on xalqining o‘zi deya tasvirlashga harakat qilmoqda. Holbuki, bo‘hron ortida Amerikaning o‘zi turibdi. Lekin u bo‘hronni hal qilishga urinayotgan ehtiyotkor o‘rtamchi kabi ish tutmoqda. Oxirgi ikki o‘n yillik tarix shuni ko‘rsatdiki, Amerika va Afg‘onistondagi uning malaylari doim «Keskinliklarni paydo qilish va manfaatlarni ta’minlash» siyosatini qo‘llashmoqda. Ularning siyosiy inqirozlarni muolaja qilish maqsadlari yo‘q. Amerikaning bunday siyosatiga nisbatan afg‘onlarning «ham kulollik qiladi, ham idish sotadi, ham idish sotib oladi» qabilidagi maqollari to‘g‘ri kelsa kerak.
Biz Hizb ut-Tahrir Afg‘oniston viloyati a’zolari obro‘li qabila boshliqlari, siyosiy etakchilar, Tolibon va sobiq mujohidlarga aytamizki, Amerika, NATO ittifoqi va boshqa kofir davlatlar bilan do‘stlashish sharmandalikdir. Chunki haqiqiy sharaf faqat Islomni tatbiq qilish orqali ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun ular qirq yil ichida sodir bo‘lgan hodisalardan saboq olishi va yirik davlatlar Afg‘onistonda faqat o‘z manfaatlari ortidan yugurayotganini bilishi lozim. Shuningdek, bu jirkanch o‘yinda bizni shaxmat toshi sifatida ishlatishlaridan saqlanish lozim. Darhaqiqat, ular tavsiya etayotgan echimlar faqat o‘zlarining shon -shuhratini oshiradi. Bu echimlar vaqtincha bo‘lib, Afg‘oniston inqirozining asosiy sabablarini muolaja qilmaydi. Shuning uchun Afg‘on xalqi Alloh Taolo tomonidan bo‘lgan echimni olishi va siyosiy barqarorlikni ro‘yobga chiqaradigan «Mustahkam arqon»ni mahkam tutishi lozim.
أَفَمَنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَیٰ تَقْوَیٰ مِنَ اللَّهِ وَرِضْوَانٍ خَيْرٌ أَمْ مَنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَیٰ شَفَا جُرُفٍ هَارٍ فَانْهَارَ بِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِين
«Bas, bu binolarini Allohdan qo‘rqish va Uning rizoligi asosiga qurgan kishi yaxshiroqmi yoki binolariga emirilayotgan jar yoqasini asos qilib olib, shu sababli o‘zi ham jahannam o‘tiga qulagan kimsami?! Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas» [Tavba 109]