Koronavirus tarqalishi bashariyatning yordam va tavfiq so‘rab Allohga yolvoradigan rahbarlarga muhtoj ekanini ko‘rsatmoqda

445
0

Koronavirus (COVID-19) kasalligi Pokistonda tez suratda tarqalmoqda. Buning sababi bemorlar kasallikka chalinganini bilmasdan odamlar orasida aralashib yuribdi. Chunki koronavirusning belgilari ko‘pincha keyinroq namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, bu virus bilan kasallanganlarning aksariyatida kasallik engil kechmoqda, insha Alloh ko‘pchiligi o‘z uylarida tuzalib ketadi. Biroq ozchilik odamlarning keyinchalik o‘tkir o‘pka kasalligiga mubtalo bo‘lishlari hamda ular kasalxonada keng ko‘lamli tibbiy muolajaga muhtoj bo‘lishlari kutilmoqda.

Odamlar orasida kasallikning tarqalishidan xavotirlanish paydo bo‘lganini hisobga olgan holda, vahima tarqalishini va tibbiy xizmatdan noo‘rin foydalanishni oldini olish uchun tezkor choralar ko‘rilishi lozim. Chunki psixologik stress yzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa kasallikka qarshi immunitet tushib ketadi. Aslida, rahbarlar hukumatdagi mas’ullarga, axborot vositalariga va olimlarga har qanday og‘ir holatda ham sabr qilishga chorlaydigan kuchli islomiy tushunchalarni taqdim etishlari uchun ko‘rsatmalar berishi kerak. Shuningdek, musulmonlarni Alloh Taologa yordam berishi uchun duo qilishlari, kasallikning davosi borligiga ishonishlari va Alloh Taolo musulmonga etgan zarar evaziga oxiratda mukofot berishi haqida yo‘llanmalar berishi kerak.

Rosululloh ﷺ aytadilar:

«مَا يُصِيبُ الْمُسْلِمَ مِنْ نَصَبٍ وَلاَ وَصَبٍ وَلاَ هَمٍّ وَلاَ حُزْنٍ وَلاَ أَذًى وَلاَ غَمٍّ حَتَّى الشَّوْكَةِ يُشَاكُهَا، إِلاَّ كَفَّرَ اللَّهُ بِهَا مِنْ خَطَايَاهُ»

«Biror musulmon kishiga zahmat, bemorlik, tashvish, xafalik, aziyat, g‘am etib, hatto bir tikon sanchilsa ham, Alloh uning xatolarini o‘sha sababli o‘chiradi». (Buxoriy rivoyati). Bundan tashqari musulmonlar o‘limning haqiqiy sababi ajal ekani va u Allohning qo‘lida ekani hamda gripp, tif, maleriya va korona kabi kasalliklar o‘lim holatlari ekanini bilishlari lozim.

Kasallik tarqalishi haqida aytadigan bo‘lsak, rejim odamlarga zarar keltiradigan narsada e’tiborsizlik qilmoqda. Darhaqiqat rejim kasallikka chalinib, Erondan kelgan bemorlarni sog‘lom kishilar bilan aralashishiga yo‘l qo‘ydi. Ular o‘z uylarida sog‘lom kishilar bilan bemalol aralashib yuraverdilar. Shuningdek, Pokistonning turli joylaridan o‘z uylariga qaytishdi va bu kasallikning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Odatda bu rejim xatolardan saboq olmadi. Chunki u bugun ham kasallarning sog‘lom kishilar bilan aralashishini to‘xtatish uchun hech narsa qilmadi. Bugun zarar ehtimoli mavjud ekan, faol suratda ehtiyot choralarini ko‘rishi lozim edi. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«لَا ضَرَرَ وَلَا ضِرَارَ»

«Zarar ko‘rmang va zarar ham etkazmang». (Ibn Mojja).

«لا تُورِدُوا المُمْرِضَ عَلَى المُصِحِّ»

«Sog‘ni kasalga yaqinlashtirmang». (Buxoriy rivoyati). Shuning uchun musulmonlar kasallarni sog‘ kishilardan ajratishni ta’minlashlari lozim. Shuningdek, keksalar va oldin o‘pka kasaliga chalinganlar kabi immuniteti past kishilarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shu jumladan ularga sog‘lom ovqatlanish tarzi va sport bilan shug‘ullanish kabi ko‘rsatmalar berilishi kerak.

Xavfli kasalliklarga chalingan kishilarni davolash masalasiga kelsak, bugungi mustamlakachilik tuzumidagi sog‘liqni saqlash tizimining loqaydligi ayni pandemiya davrida ochiq ko‘rinib qoldi. Masalan, Pokiston rejimi odamlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va sog‘liqni saqlash sohasiga e’tibor qaratish o‘rniga, davlat byudjetining aksar qismini sudxo‘rlik qarzlarini to‘lashga sarflamoqda. Shu bilan birga, bu mustamlakachilik tuzumi Pokistonning sanoatlashgan ilg‘or davlatga aylanmasligini hamda hayotiy zarur bo‘lgan – masalan, o‘pka kasallar uchun sun’iy nafas olish uskunasi kabi – tibbiy uskunalarga ega bo‘lmasligini ta’minlaydi.

Ey Pokiston musulmonlari! Rosululloh ﷺ shunday deydilar:

«فَالإِمَامُ رَاعٍ، وَهْوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Imom etakchidir va qo‘l ostidagilardan javobgardir». (Buxoriy rivoyati). Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘lmagani sababli biz har qanday krizisda g‘amxo‘rlik bilan boshqaruvchi xojasiz etimlarga o‘xshab qoldik. Shuning uchun Allohdan ushbu baloni ko‘tarib, bizga salomatlik va ofiyat berishini hamda 99 yil oldin, ya’ni hijriy 1342 yil 28 rajabda yo‘qotganimiz Xalifalikni qayta barpo etishimizga muvaffaq aylashini so‘rab duo qilmog‘imiz darkor. Shuningdek, Alloh bizdan rozi bo‘lishi va zaifligimizni ketkazishi uchun Alloh Taolo nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritilishini qayta tiklashga jiddiy harakat qilmog‘imiz ham lozimdir. Koronavirus tarqalishi bashariyatning yordam va tavfiq so‘rab Allohga yolvoradigan rahbarlarga muhtoj ekanini ko‘rsatmoqda

Koronavirus (COVID-19) kasalligi Pokistonda tez suratda tarqalmoqda. Buning sababi bemorlar kasallikka chalinganini bilmasdan odamlar orasida aralashib yuribdi. Chunki koronavirusning belgilari ko‘pincha keyinroq namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, bu virus bilan kasallanganlarning aksariyatida kasallik engil kechmoqda, insha Alloh ko‘pchiligi o‘z uylarida tuzalib ketadi. Biroq ozchilik odamlarning keyinchalik o‘tkir o‘pka kasalligiga mubtalo bo‘lishlari hamda ular kasalxonada keng ko‘lamli tibbiy muolajaga muhtoj bo‘lishlari kutilmoqda.

Odamlar orasida kasallikning tarqalishidan xavotirlanish paydo bo‘lganini hisobga olgan holda, vahima tarqalishini va tibbiy xizmatdan noo‘rin foydalanishni oldini olish uchun tezkor choralar ko‘rilishi lozim. Chunki psixologik stress yzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa kasallikka qarshi immunitet tushib ketadi. Aslida, rahbarlar hukumatdagi mas’ullarga, axborot vositalariga va olimlarga har qanday og‘ir holatda ham sabr qilishga chorlaydigan kuchli islomiy tushunchalarni taqdim etishlari uchun ko‘rsatmalar berishi kerak. Shuningdek, musulmonlarni Alloh Taologa yordam berishi uchun duo qilishlari, kasallikning davosi borligiga ishonishlari va Alloh Taolo musulmonga etgan zarar evaziga oxiratda mukofot berishi haqida yo‘llanmalar berishi kerak.

Rosululloh ﷺ aytadilar:

«مَا يُصِيبُ الْمُسْلِمَ مِنْ نَصَبٍ وَلاَ وَصَبٍ وَلاَ هَمٍّ وَلاَ حُزْنٍ وَلاَ أَذًى وَلاَ غَمٍّ حَتَّى الشَّوْكَةِ يُشَاكُهَا، إِلاَّ كَفَّرَ اللَّهُ بِهَا مِنْ خَطَايَاهُ»

«Biror musulmon kishiga zahmat, bemorlik, tashvish, xafalik, aziyat, g‘am etib, hatto bir tikon sanchilsa ham, Alloh uning xatolarini o‘sha sababli o‘chiradi». (Buxoriy rivoyati). Bundan tashqari musulmonlar o‘limning haqiqiy sababi ajal ekani va u Allohning qo‘lida ekani hamda gripp, tif, maleriya va korona kabi kasalliklar o‘lim holatlari ekanini bilishlari lozim.

Kasallik tarqalishi haqida aytadigan bo‘lsak, rejim odamlarga zarar keltiradigan narsada e’tiborsizlik qilmoqda. Darhaqiqat rejim kasallikka chalinib, Erondan kelgan bemorlarni sog‘lom kishilar bilan aralashishiga yo‘l qo‘ydi. Ular o‘z uylarida sog‘lom kishilar bilan bemalol aralashib yuraverdilar. Shuningdek, Pokistonning turli joylaridan o‘z uylariga qaytishdi va bu kasallikning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Odatda bu rejim xatolardan saboq olmadi. Chunki u bugun ham kasallarning sog‘lom kishilar bilan aralashishini to‘xtatish uchun hech narsa qilmadi. Bugun zarar ehtimoli mavjud ekan, faol suratda ehtiyot choralarini ko‘rishi lozim edi. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«لَا ضَرَرَ وَلَا ضِرَارَ»

«Zarar ko‘rmang va zarar ham etkazmang». (Ibn Mojja).

«لا تُورِدُوا المُمْرِضَ عَلَى المُصِحِّ»

«Sog‘ni kasalga yaqinlashtirmang». (Buxoriy rivoyati). Shuning uchun musulmonlar kasallarni sog‘ kishilardan ajratishni ta’minlashlari lozim. Shuningdek, keksalar va oldin o‘pka kasaliga chalinganlar kabi immuniteti past kishilarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shu jumladan ularga sog‘lom ovqatlanish tarzi va sport bilan shug‘ullanish kabi ko‘rsatmalar berilishi kerak.

Xavfli kasalliklarga chalingan kishilarni davolash masalasiga kelsak, bugungi mustamlakachilik tuzumidagi sog‘liqni saqlash tizimining loqaydligi ayni pandemiya davrida ochiq ko‘rinib qoldi. Masalan, Pokiston rejimi odamlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va sog‘liqni saqlash sohasiga e’tibor qaratish o‘rniga, davlat byudjetining aksar qismini sudxo‘rlik qarzlarini to‘lashga sarflamoqda. Shu bilan birga, bu mustamlakachilik tuzumi Pokistonning sanoatlashgan ilg‘or davlatga aylanmasligini hamda hayotiy zarur bo‘lgan – masalan, o‘pka kasallar uchun sun’iy nafas olish uskunasi kabi – tibbiy uskunalarga ega bo‘lmasligini ta’minlaydi.

Ey Pokiston musulmonlari! Rosululloh ﷺ shunday deydilar:

«فَالإِمَامُ رَاعٍ، وَهْوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Imom etakchidir va qo‘l ostidagilardan javobgardir». (Buxoriy rivoyati). Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘lmagani sababli biz har qanday krizisda g‘amxo‘rlik bilan boshqaruvchi xojasiz etimlarga o‘xshab qoldik. Shuning uchun Allohdan ushbu baloni ko‘tarib, bizga salomatlik va ofiyat berishini hamda 99 yil oldin, ya’ni hijriy 1342 yil 28 rajabda yo‘qotganimiz Xalifalikni qayta barpo etishimizga muvaffaq aylashini so‘rab duo qilmog‘imiz darkor. Shuningdek, Alloh bizdan rozi bo‘lishi va zaifligimizni ketkazishi uchun Alloh Taolo nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritilishini qayta tiklashga jiddiy harakat qilmog‘imiz ham lozimdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.