Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti «Pekin+25: Ikki jins o‘rtasidagi tenglik niqobi o‘z kuchini yo‘qotdimi?» nomli olamshumul kampaniya boshladi

423
0

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti «Pekin+25: Ikki jins o‘rtasidagi tenglik niqobi o‘z kuchini yo‘qotdimi?» nomli olamshumul kampaniya boshladi

Pekinda e’lon qilingan programmaning ish boshlaganiga 2020 yili yigirma besh yil to‘ladi. Bu programma keng ko‘lamli hujjat bo‘lib, 1995 yili, sentyabr oyi, Xitoy poytaxti Pekin shahrida BMT tomonidan o‘tkazilgan to‘rtinchi xalqaro ayollar konferentsiyasida qabul qilingan. Uning maqsadi ayollar huquqlarini kengaytirish va «Ikki jins o‘rtasida tenglik»ni paydo qilish orqali ayolning xalqaro maydondagi hayotini yaxshilashdan iborat. Bu programma hayotning barcha sohalari: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, siyosat va qonundagi ikki jins masalasini davlatlar ichidagi barcha sohalarga kiritishni ko‘zlaydi.

Bu programmada xotin-qizlarga olam bo‘ylab keng imkoniyat yaratish, ikki jins o‘rtasida tenglikni ro‘yobga chiqarish va har bir joyda xotin-qizlar huquqlarini ro‘yobga chiqarishga katta e’tibor berilgani uchun uni olqishlar ostida qabul qilishdi. Pekinda qabul qilingan hujjatga 189 ta davlat suyanadi va ularning ichida aksar islomiy yurtlar hukumatlari ham mavjud. Bu davlatlar ushbu hujjatni ijro qilishga va davlatlar o‘rtasida uning amal jadvalini kuchaytirishga imzo chekishgan. Shuningdek, ushbu davlatlar ichida hujjatda kelgan maqsadlarni rivojlantirish belgilab qo‘yilgan.

Bir necha o‘n yilliklar o‘tib, Pekin hujjatida kelgan «Ikki jins o‘rtasida tenglik» tushunchasi va boshqa xalqaro ittifoqlar qadimgi va yangi davlatlar o‘rtasidagi xalqaro brend (belgi) va davlatlarning ayollarga nisbatan muomala o‘lchoviga aylangan. Odamlarning saqofiy va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar hamda bu tushunchani G‘arb paydo qilgani va u odamlar o‘ylab topgan ilmoniy aqida asosiga qurilganiga qaramay, ushbu hujjat barcha odamlar qabul qilishi zarur bo‘lgan olamshumul qadriyat sifatida qaraladigan bo‘lib qoldi.

Voqeda esa, aksariyat odamlar «ikki jins o‘rtasidagi tenglik»ka barcha ayollarga imkoniyat yaratish, ularning hayotini yaxshilash va xalqlar o‘rtasidagi taraqqiyotni ro‘yobga chiqarishning zarur vositasi deb qaraydigan bo‘lib qoldi. Shuning uchun ikki jins o‘rtasidagi tenglikka qarshi chiqqan har qanday aqida va saqofat ayolning dushmani, qoloqlik va zo‘ravonlik deb baholanadigan bo‘ldi…

BMT tashkilotining turli agentliklari, ilmoniy hukumatlar va ijtimoiy faollar mana shu maqsadda islomiy oilalar va ijtimoiy ahkomlarni nishonga olishdi. Ortidan islomiy yurtlarda tinimsiz almashayotgan rejimlar yurtlarimizda ushbu islomiy hukmlarni bekor qilish yoki o‘zgartirishga harakat qilib kelishdi. Bu ishlar ayol huquqlarini kafolatlash hamda taraqqiyot va yangilanishni ro‘yobga chiqarish nomli soxta pardalar ostida amalga oshirildi. Aksariyat aholisi musulmon bo‘lgan davlatlar va dunyo bo‘ylab islomiy diasporalarga G‘arbning ikki jins o‘rtasidagi tenglik tushunchasini majbur kirgizish mustamlakachi G‘arb davlatlari Islomga qarshi mabdaiy kurashida ishlatayotgan vosita hisoblanadi. Buni Islomning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida gavdalanadigan siyosiy nizom sifatida hayotga qaytishi oldini olish uchun ishlatmoqda. Chunki roshid Xalifalik ularning dunyodagi hukmronligi va manfaatlariga chek qo‘yadi. Shuning uchun uzoq yillardan beri feministik tashkilotlar bilan mustamlakachi o‘rtasida kuchli aloqalar davom etib kelmoqda.

Pekin tashabbusi hamda uning olam bo‘ylab ikki jins o‘rtasidagi tenglik masalasini kuchaytirish uchun amalga oshirayotgan intensiv ishlariga yigirma besh yil to‘ldi. Lekin bugun ayollar butun dunyo, shu jumladan islomiy yurtlarda siyosiy, iqtisodiy, oilaviy va ijtimoiy muammolarga duch kelmoqda va bu holat kundan-kunga yomonlashmoqda. Ularga imkoniyat yaratib berish va hayotlarini yaxshilash haqidagi va’dalar ro‘yobga chiqmadi. Shuning uchun Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti mart oyida «Pekin+25: Ikki jins o‘rtasidagi tenglik niqobi o‘z kuchini yo‘qotdimi» nomli olamshumul kampaniyani boshladi. Ushbu kampaniya ayni mavzu haqida kitob chiqarish bilan yakunlanadi. Bu kitob olamning turli joylarida aprel oyida o‘tkaziladigan ayollar halqalarida Allohning izni bilan o‘qiladi.

Ushbu kampaniya «Ikki jins o‘rtasidagi tenglik» tushunchasiga va uning ayol huquqlarini kuchaytirish, xalqlarni taraqqiy ettirish kabi da’volarini puchga chiqarishga harakat qiladi. Shuningdek, ikki jins o‘rtasidagi tenglik tushunchasi olamshumul qadriyat emasligini tushuntirish, bu tushuncha ayol hayotini yaxshilashda muvaffaqiyatsizlikka uchragani sabablarini o‘rganish, ayollar bugun yo‘liqayotgan turli muammolarning haqiqiy, mabdaiy va tub sabablarini sharhlash hamda Pekin tashabbusi va boshqa xalqaro ayollar ittifoqlarining kun tartibini fosh qilishga harakat qiladi. Bundan tashqari ushbu kampaniya asoslar, qonunlar va batafsil tartiblarni o‘z ichiga oluvchi Islom nizomi Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatida siyosiy nizom sifatida qanday tatbiq qilinishini tushuntiradi. Yana bu nizom qanday qilib ayolning sha’nini ko‘tarishi, huquqlarini ta’minlashi, yashash darajasini ko‘tarishi va davlat ichkarisida haqiqiy taraqqiyotni ro‘yobga chiqarishi haqida tushuntiradi. Dunyoning barcha joylarida ayol uchun ko‘proq adolatli, tinch va gullab yashnagan kelajak qurish istagida bo‘lgan kishilarni ushbu muhim kampaniyani kuzatish va uni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz. Kampaniyani quyida ko‘rsatilgan internet saytlarida kuzatish mumkin:

Kampaniyaning internetdagi sayti:

http://www.hizb-ut-tahrir.info/ar/index.php/hizb-campaigns/66354.html

Feysbuk sahifasi:

https://www.facebook.com/WomenandShariaAR

Kampaniyaning da’vat videolari:

https://youtu.be/U0xeisf2LvY

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qismi mudirasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.