Koronavirusning tarqalishini to‘xtatish shar’iy mas’uliyatdir
Koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish barcha sohalarda faoliyat qiladigan keng qamrovli tizim bo‘lishini taqozo etadi. Chunki bu tizimdagi asosiy e’tibor barcha odamlarning farovonligini ta’minlashga qaratiladi. Darhaqiqat, Insonlarning ishlarini, shu jumladan, aqidalar, qadriyatlar va ularga asoslangan qonunlarni g‘amxo‘rlik bilan boshqarishga eng yaxshi-qulay er islomiy hayot mavjud bo‘lgan erdir. Barcha insoniyatga yuborilgan oxirgi payg‘ambar Muhammad ﷺ aytadilar:
«أَلاَ كُلُّكُمْ رَاعٍ وَكُلُّكُمْ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ فَالأَمِيرُ الَّذِى عَلَى النَّاسِ رَاعٍ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ وَالرَّجُلُ رَاعٍ عَلَى أَهْلِ بَيْتِهِ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْهُمْ وَالْمَرْأَةُ رَاعِيَةٌ عَلَى بَيْتِ بَعْلِهَا وَوَلَدِهِ وَهِىَ مَسْئُولَةٌ عَنْهُمْ وَالْعَبْدُ رَاعٍ عَلَى مَالِ سَيِّدِهِ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْهُ أَلاَ فَكُلُّكُمْ رَاعٍ وَكُلُّكُمْ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»
«Barchangiz boshliqsiz va qo‘l ostidagilardan javobgarsiz. Odamlar ustidagi amir boshliqdir va qo‘l ostidagilardan javobgardir. Erkak kishi ahli oilasi ustidan boshliq va ulardan javobgar. Ayol kishi erining uyi va bolalariga boshliq va ulardan javobgar. Qul o‘z xo‘jayini moliga bosh-qosh va unga javobgar. Barchangiz boshliqsiz va qo‘l ostidagilardan javobgarsiz».
Ushbu kasallikning tarqalishini oldini olishga yordam ko‘rsatish javobgarligi qiyomat kunida butun insoniyat ustidan guvoh bo‘luvchi Islom Ummatining zimmasiga tushgan. Shuning uchun hamma inson bor sa’y-harakatini mana shu g‘oyani ro‘yobga chiqarishga qaratishi lozim.
Shuning uchun quyidagi ishlarga jiddiy ravishda rioya qilishimiz lozim:
1 – Sanitariya qoidalariga rioya qilish lozim. Masalan ikki qo‘lni doim yaxshilab yuvish, qo‘l yuvishdan oldin yuz, og‘iz va ikki ko‘zni ushlamaslik hamda yo‘talayotgan va harorati ko‘tarilgan kasallarga yaqinlashmaslik kabi ishlar shular jumlasidandir. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺ aytadilar:
«لاَ تُورِدُوا المُمْرِضَ عَلَى المُصِحِّ»
«Kasalni sog‘lomga yaqinlashtirmang».
«فِرَّ مِنَ الْمَجْذُومِ فِرَارَكَ مِنَ الْأَسَدِ»
«Moxovdan sherdan qochgandek qoching».
2 – Xususan bolalar, keksa yoshdagilar va sog‘ligida muammosi bo‘lgan shaxslar imkon qadar uyidan chiqmaslik. Tirikchilik uchun majbur chiqadigan shaxslar kasallik tarqamasligi va uni yuqtirib olmaslik uchun odamlardan uzoqroq turish va sanitariya qoidalariga rioya qilish. Ko‘chadan kirganidan keyin oilasidagilar bilan aralashishdan oldin yaxshilab ikki qo‘lini yuvish. Toki ularga kasallik yuqmasin. Chunki Rosululloh ﷺ aytadilar:
«لَا ضَرَرَ وَلَا ضِرَارَ»
«Zarar ham ko‘rmang, zarar ham etkazmang».
3 – Boshqalar bilan aloqa qilish (tegish)dan saqlanish va to‘xtatish imkoni bo‘lgan barcha tadbirlarni to‘xtatish.
4 – Qo‘l berib ko‘rishish va o‘pishish kabi jismonan bo‘ladigan aloqalardan uzoq bo‘lish.
5 – Kasallar sanitariya karantiniga rioya qilishi va uni buzmasligi.
6 – Zarur bo‘lmasa safarga chiqmaslik va majburiy holatda ehtiyot choralarini ko‘rish.
Rosululloh ﷺ aytadilar:
«إِذَا سَمِعْتُمْ بِالطَّاعُونِ بِأَرْضٍ فَلاَ تَدْخُلُوهَا، وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلاَ تَخْرُجُوا مِنْهَا»
«Agar biror joyda o‘lat kasali chiqqanini eshitsangiz, u joyga kirmanglar. Agar siz yashab turgan joyda o‘lat tarqalsa, u joydan chiqmang».
Oisha o‘lat haqida so‘raganda, Rosululloh ﷺ shunday dedilar:
«أَنَّهُ كَانَ عَذَابًا يَبْعَثُهُ اللَّهُ عَلَى مَنْ يَشَاءُ، فَجَعَلَهُ اللَّهُ رَحْمَةً لِلْمُؤْمِنِينَ، فَلَيْسَ مِنْ عَبْدٍ يَقَعُ الطَّاعُونُ، فَيَمْكُثُ فِي بَلَدِهِ صَابِرًا، يَعْلَمُ أَنَّهُ لَنْ يُصِيبَهُ إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَهُ، إِلَّا كَانَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ الشَّهِيدِ»
«U Allohning azobi bo‘lib, uni xohlaganiga yuboradi. Alloh uni mo‘minlarga rahmat qilgan. Kimki o‘latga chalinsa va Alloh peshonaga yozgan narsadan boshqa narsa bo‘lmaydi, deb bilgan holda yurtdan chiqmay sabr qilib o‘tirsa, albatta bitta shahid oladigan ajrga ega bo‘ladi».
7 – Ishonchsiz xabar va mishmishlarni tarqatmaslik. Chunki shu sababli turli xatarlar tug‘ilishi va salbiy natijalar kelib chiqishi mumkin.
8 – Mutaxassis va layoqatli kishilar muhtojlarga yordam berishga tayyor turishi.
Islomiy Ummat ushbu epidemiyaga yuzlanar ekan, unga Allohga suyangan, ehtiyot choralarini ko‘rgan va Allohga yaqin bo‘lgan holda yuzlanishi kerak. Shuningdek, Allohga tavakkal qilishi, u zotdan istig‘for so‘rashi va Allohning qazosiga yuzlangan payt mo‘minning xotirjam qiladigan islomiy aqidani mahkam tutishi lozim. Chunki kasallik Allohning qazosi bo‘lib, Alloh u bilan mo‘minlarning imonini sinaydi, mo‘minlar Alloh u bilan jazolamasligini so‘rashi lozim. Bu mo‘minlarga da’vat bo‘lib, ular Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rashi, yaxshiliklarni ko‘paytirishi hamda kuch va qudrat sohibi bo‘lmish Allohdan boshqasi shifo bermaydi degan ishonch bilan davo izlashlari lozim.
Xuddi virus kabi, kapitalistlarning ochko‘zligi ham chegara bilmaydi. Darhaqiqat, bugungi kapitalistik davlatlar insoniyatni bir necha marta vayronagarchilik jarligiga olib bordi. Bu davlatlar faqat foyda topishni bilishadi, na odamlarning ahvoliga qayg‘urishadi va na shu kabi falokatlarga tayyor turishadi. Bu ham etmagandek, ular dunyo iqtisodini ulkan qarzlar ustiga qurishdi. Bu esa, uni har qanday lahzada qulashi mumkin bo‘lgan mo‘rt iqtisodga aylantirdi. Shuning uchun ularning topgan echimi qarzlar ustiga qarz olishdan boshqacha bo‘lmadi. Bu bilan dunyo iqtisodiyotining qulashini nafaqat muqarrar, balki qulash hajmi bir necha barobar bo‘lgan ayanchli holatga olib kelib qo‘ydi.
Bugun barcha insoniyat ushbu epidemiyaga duch kelar ekan, odamlarning ishlarini g‘amxo‘rlik bilan boshqaruvchi bir davlatning haqiqiy g‘amxo‘rligiga muhtoj bo‘lib qoldilar. Ha, biz bugun faqat moddiy va foydanigina hisobga olmay, balki, insoniyatga qayg‘uradigan davlatga muhtojmiz. Butun insoniyat kasallikka iqtisodiy muammo deb emas, balki insoniy muammo, deb e’tibor beradigan bir xalifaga muhtojdir.
Olamga bizni zulmatlardan nurga olib chiqadigan yangi olamshumul etakchilik kerak.