Kapitalizmni dunyo sahnasidan supirib tashlash vaqti keldi

443
0

Kapitalizmni dunyo sahnasidan supirib tashlash vaqti keldi

Koronovirus pandemiyasi dunyoni larzaga solishda davom etmoqda. Shu kungacha 65 minga yaqin insonning hayotiga zomin bo‘ldi, kasallikka chalinganlar soni 1 milliondan ortib ketdi. Buning ta’siri qachongacha davom etishi haqida etuk mutaxassislar ham hech narsa ayta olishmayapti. Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh kotibi Antonio Guterres koronavirus iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishini ta’kidlab, “Bu Ikkinchi Jahon Urushidan keyin biz duch kelgan eng og‘ir inqirozdir” dedi.

Ayniqsa AQSh og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda, ko‘rilgan chora tadbirlar foyda bermayapti. Prezident Donald Tramp mavjud voqelikni hayot-mamot masalasi deya baholadi. Senat virusga qarshi 2.2 tirln dollar ajratdi, ammo bu mablag‘ etarsizligi aytilmoqda. 285 mln aholi karantinda. O‘n millionlagan insonlar ishsizlar safiga qo‘shildi. Bu raqamlar hali ancha ortishi kutilmoqda.

Virus AQShning eng buyuk uchoq tashuvchi kemalaridan biri Teodor Ruzveltgacha etib bordi, askarlar orasida virusga chalinganlar 2 kunda 10 barobarga ortdi va kema ichidagi 5000 harbiysi bilan Guam orolida karantinga olindi.

Inson huquqlari haqida bong urayotgan davlatlar og‘ir kunlarda bir-biriga oid mulklarni talon-taroj qila boshladilar. Frantsiya Xitoyga millionlab jarrohlik niqoblarini buyurtma berib, pulini ham to‘lab qo‘ygan edi, ammo AQSh Xitoy aeroportida hech qanday sabablarsiz u niqoblarni tortib oldi. Bu haqida Frantsiya mintaqalar ittifoqining rahbari Renaud Muselier ma’lum qildi. Muselierning ta’kidlashicha, Frantsiyaga uchishi kerak bo‘lgan samolyot Xitoy aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShga uchib ketgan.

O‘z navbatida Frantsiya ham Italiya va Ispaniyaga yuborilgan millionlab niqoblar va qo‘lqoplarni tortib qo‘ydi. Bu haqida markazi Shvetsiyada joylashgan Molnlycke sog‘liqni saqlash kompaniyasi ma’lum qildi. “Bu juda qayg‘uli va xunuk ishdir”, dedi kompaniyaning bosh direktori Richard Tvami.

Huffington Post gazetasi o‘tgan hafta Xitoydan olib kelingan va Germaniya orqali Italiyaga yuborilgan niqoblar Germaniya tarafidan tortib olingani haqida yozdi. Tunis tijorat vaziri Muhammad al-Museylini esa Tunisga tibbiy uskunalar olib kelayotgan kema Italiya tomonidan olib ketilganligini ma’lum qildi. Chexiya o‘tgan hafta Xitoy Italiyaga yuborgan 110 ming niqobdan iborat tibbiy yordamni tortib olgan edi.

Kutilmagan vaziyat kundan-kunga rivojlanib borar ekan, bir qancha savollarni paydo qildi: Bundan keyin nima bo‘ladi? Dunyo avvalgi holatiga qaytadimi yoki dunyo tartibi o‘zgaradimi? Buyuk davlatlar, xususan Amerika o‘z maqomini saqlab qola oladimi? AQSh qulasa uning o‘rnini qaysi davlat egallaydi? va hokazo. Teledasturlarda siyosiy mutaxassislar ushbu savollarga javob izlay boshlashdi. Ba’zi mutaxassislar umumiy qilib “eski dunyo tartibi qulab, uning o‘rniga yangi dunyo tartibi keladi”, deyishsa, ba’zilari “yangi dunyoda kim muammosiz o‘z pulini chiqara olsa u ustun bo‘ladi deyishmoqda. Yana ba’zilari “Avval Evropa uning ortida AQSh qulaydi” desa, boshqalari esa, AQSh batamom yo‘q bo‘lib ketmasada, dunyo liderligi maqomini bo‘shatish arafasiga kelib qolganligini olg‘a surmoqda.

Ko‘rinib turibdiki, dunyodagi bugungi vaziyat kapitalizmning qulashidan darak bermoqda. Aslida kapitalizmni qulatadigan omil koronavirus emas, faqat koronavirus uning qulashini tezlatadi va basharasini yana ham ochilishiga ko‘makchi bo‘ladi xolos.

Bugungi kunda kapitalizmning inqirozi kundek ravshan bo‘lib qoldi. Bu haqida faqat siyosiy tahlilchilar va kuzatuvchilargina gapirayotgani yo‘q, balki oddiy xalqlar ham bu mavzuda suhbatlashayotgani va bahslashayotganini ko‘rish odatiy holga aylandi. Chunki xudbinlikka asoslangan va o‘zaro barcha aloqalarni faqat foyda-zarar asosida belgilaydigan kapitalizmning omadsizlikka uchraganini voqening o‘zi tasdiqlab turibdi.

Kapitalizm tuzumi qular ekan, uning o‘rnini albatta Islom tuzumi egallashi muqarrardir. Chunki Islomdan boshqa alьternativ tuzumning o‘zi yo‘q. Zotan, Islom ahli avval hech kuzatilmagan suratda kuchli bir istak ila Islomning xalqaro hayot sahnasiga qaytishni xohlamoqda. Ayniqsa Islom Ummati ichida Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini tiklash uchun tinim bilmay harakat qilayotgan jamoa mavjud ekan, hech ikkilanmay Islom tuzumining tez kunlarda hayot sahnasiga qaytishini bashorat qilishimiz mumkin.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.