Ey quvvat ahli, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang

0
490

Ey quvvat ahli, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang

AQSh koronavirus tufayli og‘ir ahvolga tushib qoldi. Dunyoning super kuchi maqomini egallagan bo‘lishiga qaramay, u falokat ro‘yxatida eng birinchi o‘rinni egalladi. AQShning dunyoni qutqargan kunlari faqat Gollivud filmlarida qoldi xolos, u hozir o‘zini ham eplay olmayapti.

AQSh fuqarolari orasida virusning changaliga tushganlar soni kundan-kunga ortar ekan, Pentagon ham bundan o‘z nasibasini olmoqda. Hozirda yuzlagan AQSh askarlari koronavirusga chalingani ma’lum qilindi. Asl raqamlar rasmiy raqamlardan bir necha barobar ko‘pligi hech kimga sir emas. Siyosiy mutaxassislar virus tufayli AQSh har taraflama juda katta inqiroz ostida qolishini bashorat qilishmoqda. Hozirdanoq yuz minglagan ishxonalar yopildi. Millionlagan kishi ishsiz qoldi.

Prezident Donald Tramp koronavirus tufayli 2 mln 2 yuz ming kishi o‘lishi mumkinligini bildirdi. Trampga ko‘ra, agar o‘lim 200 ming atrofida bo‘lsa bu muvaffaqiyat deganidir.

Ba’zilar “kuchli texnologiyaga ega bo‘lgan AQShga bu virus unchalik ta’sir qila olmaydi”, deyishgan edi, ammo bunday bo‘lmadi. Ko‘zga ko‘rinmas kichik zarra AQShni tiz cho‘ktirdi. Hatto dunyoda tengi yo‘q deb ko‘rilgan sog‘lik tizimi ham inqirozga yuz tutdi. O‘liklar ko‘pligi tufayli kasalxonalarning yonida vaqtinchalik o‘likxonalar qurildi. Nьyu-Yorkdagi holat juda vahimali ekanligi aytilmoqda. Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo, “minglab odamlar o‘lishi haqida o‘ylashdan boshqa choramiz yo‘q”, dedi.

Hayotni faqat lazzatdan iborat deb bilgan xalqlar koronavirus vahimasi tufayli oziq-ovqat do‘konlarining rastalarini bo‘shatib tashlash bilan bir qatorda o‘zlarini qurol-yarog‘ do‘koniga ham urishdi. Insonlarning qurol sotib olish uchun navbatda turishi birinchi marta kuzatildi, sotuvlar hajmi 800 foizga oshdi. Chunki inqiroz kuchaygani sababli insonlar boshqalar tarafidan uylarining talon-taroj qilinishidan vahimada. Kapitalizmda insonlar o‘zidan boshqaning o‘limi evaziga bo‘lsa ham yashashni xohlashadi.

Evropadagi ahvol ham bundan qolishmaydi. Zero ularning o‘zlari qanday ahvolga tushib qolganligini ochiq aytib turishibdi. Har bir davlat o‘z jonining dardiga tushgan. Nima qilishini bilmay sarosimada. Ularning dunyoni qutqarish haqidagi da’vosi faqat og‘izdagi gap ekanligi ayon bo‘ldi.

Ispaniyada Kapitalistik g‘oyalari asosida ulg‘aygan shaxslar o‘zlariga koronavirus yuqishidan qo‘rqib, qariyalar uyidagi keksa odamlarni qarovsiz qoldirishdi. Ularning holidan xabar olish uchun kelgan harbiylar keksalarni o‘z to‘shagida o‘lik holda topishdi. Bunday hodisalar son sanoqsiz kuzatilmoqda. Mana sizga manfaatdan boshqa narsani hisobga olmaydigan kapitalizmdagi insoniylik.

Shuni yaxshi bilingki, bu AQShning ham, Evropaning ham tanazzuli emas, balki bu kapitalizmning tanazzulidir. Kapitalizm tuzumi qulamoqda, buni e’lon qilish qoldi xolos.

Shunday ekan, ey Turkiyadagi, Pokistondagi, Misrdagi va boshqa Islom o‘lkasidagi kuch egalari! Chirib qolgan kapitalizm tuzumidan voz kechib, Islom tuzumini e’lon qiling. Hozir ayni vaqtidir. Quruqlik va dengiz chegaralari yopilgan, havo maydonlari yopilib, uchishlar to‘xtatilgan bir vaqtda kufr davlatlari bilan aloqalaringizni uzing. Shu paytgacha, “biz dunyodan uzula olmaymiz, tashqi davlatlar bilan xalqaro va tijoriy aloqalarimiz bor, ba’zi tashkilotlarga a’zoligimiz bor”, degan bahona o‘rtaga qo‘yilishi mumkin edi. Ammo hozir istasangiz ham, istamasangiz ham, hammasi uzildi. Hamma davlatlar chegaralarini yopdi, virus hammasini karantinga tiqdi. Bu fursatni boy bermang, bu chirib qolgan tuzumni uloqtirib, Islom Xalifaligini e’lon qiling. Buning uchun siyosiy imkoniyat yuzaga keldi. Bu Allohning hidoyatiga ergashgan kishilar uchun haqiqiy fursatdir. Allohning diniga yordam berib, Ansorlar safidan o‘rin oling, ikki dunyo baxtini qo‘lga kiritish uchun imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Siz Allohga suyaning, Allohga tavakkul qiling, Uning o‘zi kifoyadir. Alloh yaratgan birgina ko‘zga ko‘rinmas virus Amerikasini ham, Evropasini ham, Xitoyini ham, Rossiyasini ham qanday tiz cho‘ktirganini ko‘rib turibsiz. Shunday holatni ko‘rib turib ham, Amerikadan, Rossiyadan, Evropadan, Isroildan qo‘rqishingizni Allohning huzurida qanday oqlaysiz. Shuni unutmangki, Qiyomat kunida Alloh sizga bergan imkoniyat haqida albatta so‘ralasiz.

ثُمَّ لَتُسْأَلُنَّ يَوْمَئِذٍ عَنْ النَّعِيمِ

So‘ngra ana o‘sha Kunda albatta (hayoti-dunyoda sizlarga ato etilgan barcha) ne’matlar to‘g‘risida so‘ralursizlar.

Qiyomuddin Sharif

Izohlar yo'q