Koronavirusning oqibatlari

563
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Koronavirusning oqibatlari

Savol:

Xitoy hukumati Uxanь shahrida o‘nlab kishilarning koronavirus kasalligiga chalingani to‘g‘risida ilk bor 2020 yil 4 yanvar kuni ma’lum qildi va bu kasallik COVID-19, deb atala boshladi. Keyin u deyarli dunyoning barcha davlatlariga tarqaldi. Aksar davlatlar chegaralarini yopib, komendantlik soati e’lon qildi, jum’a va jamoat namozlarini to‘xtatib qo‘ydi… Bu kasallik dunyo iqtisodiyotiga katta zarba berdi. Amerika bilan Xitoy esa, bir-birini ayblay boshlashdi.

Ushbu epidemiya nimadan kelib chiqdi? U global iqtisodiyotga qanchalik darajada ta’sir qiladi? Keyin, uning to‘g‘ri muolajasi qanday bo‘ladi? Ushbu kasallik sababli jum’a va jamoat namozlarini to‘xtatib qo‘yish joizmi?

Javob:

Koronavirus inglizchada «Crown» deb ataladi va arabchasiga toj demakdir. Chunki u elektron mikroskopda toj shaklida ko‘rinadi. Bu virus ilk bor 1960 yilda topilgan bo‘lib, koronavirus, deya atalgan. So‘ng uning oilasidan bo‘lgan SARS kasalligi Xitoyning Gonkong viloyatida 2003 yili paydo bo‘lgan. O‘shanda unga chalinganlar 8422tani, vafot etganlar 916tani tashkil qilgan edi. 2004-2005 yillarda, uning yangi sulolalari paydo bo‘lib, xususan, 2012 va 2014 yillarda ko‘zga tashlandi. Biroq bu holat ayrim davlatlargagina cheklanib, juda ham oz miqdorda bo‘ldi. 2019 yilning dekabr oyiga kelib esa, Xitoyning Uxanь shahrida yana paydo bo‘ldi va u SARS virusiga 96 % o‘xshadi. Bugungi kunda u Korona 2019, ya’ni, 2019 yil paydo bo‘lgani uchun qisqacha qilib COVID-19, deb ataldi. Bu kasallikka ilk bor chalinish holatlari Xitoyning Uxanь shahridagi dengiz va hayvon mahsulotlari bozoriga bog‘liq bo‘lib, qo‘shni shaharlarga ham o‘sha erdan tarqaldi. Uning ko‘rshapalakdagi tojli viruslarga 96 % o‘xshashi aniqlandi. So‘ng virusning asli ko‘rshapalaklarga borib taqalishi hamda mana shu versiyaning ko‘proq ehtimoli borligi aytildi. Darhaqiqat, o‘lganlarning aksari Xitoyda bo‘lib, u erda ayni kasallikka chalinganlar 81193ni tashkil qildi, o‘lganlar soni esa, 3 mingdan ortib ketdi. Undan keyin Italiya, Eron, Ispaniya, Frantsiya, Qo‘shma Shtatlar kabi davlatlar turibdi. Bu illatning sur’at bilan tarqalishi butun dunyoni dahshatga soldi. Zero, 2020 yil 24 martga qadar unga chalinganlar 404000ga, undan o‘lganlar 20 mingga yaqinlashib qoldi. (Deutsche Welle, 2020 yil 25 mart). BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish «Agar COVID-19ning tarqalishi nazoratga olinmasa, millionlab inson o‘lishi mumkin», dedi. (Evronьyus, 2020 yil 19 mart). Shuning uchun ko‘p davlatlar maktablar va universitetlarni yopdi, to‘planishlarni taqiqladi, komendantlik soati va ommaviy karantin e’lon qildi, jum’a va jamoat namozlarini bekor qildi… Mana shularning bari quyidagi savollarga izoh talab qilmoqda:

Birinchi: Bu kasallik birortasining fe’lidan kelib chiqdimi yoki boshqa kasalliklar kabi, odamlarning o‘zlari qilgan qilmishlari sababli Alloh tomonidan yuborilgan bir qazomi?

Ikkinchi: Kapitalistik olam bu masalaga to‘g‘ri chora ko‘rdimi? Bunday holatlarda ko‘riladigan shar’iy chora qanday bo‘ladi?

Uchinchi: Koronavirus kasalligining neftь narxlariga, qolaversa dunyo iqtisodiga qanday ta’siri bor?

To‘rtinchi: Bu kasallik sababli jum’a va jamoat namozlari taqiqlanishi joizmi?

Birinchi: Ushbu kasallikning kelib chiqishi va uning ortida turganlar:

1 – Korona (COVID-19)ning tarqalishi birinchi Xitoydan boshlandi. Ilmiy va tibbiy tadqiqotlarga ko‘ra, bu kasallik hayvonlardan insonga yuqqan. Chunki Xitoyda odamlar iflos bilan pokni ajratmaydigan kofir va butparast bo‘lganliklari uchun barcha turdagi hayvonlarni eyish u erda keng tarqalgan. Hozirgina aytganimizdek, ommaviy axborot vositalari tomonidan berilgan hisobotlarga ko‘ra, Xitoyning Xubey provintsiyasidagi Uxanь shahri ayni iflos go‘shtlar tijoratining markazi hisoblanadi hamda ayni kasallikning o‘chog‘i ham mana shu shahardir.

Shunday qilib, koronavirus kasalligi Xitoyda tarqaldi. So‘ng, Eronning Qum shahrida temir yo‘li qurayotgan Xitoy temir yo‘l shirkati ishchilari orqali Eronga etib bordi. Ayni kasallikni Yaqin Sharqqa tarqatgan o‘chog‘i ham Eron hisoblanadi. Italiyaga kelsak, u infratuzilmadan tortib transportgacha ko‘plab sektorlarini Xitoy sarmoyasi uchun ochib qo‘ygan. Hisobotlarga ko‘ra, Lombardiya bilan Toskana Xitoy investitsiyasi eng ko‘p yotqizilgan viloyat hisoblanadi. Koronavirusga chalinishning birinchi holati ham joriy yil 21 fevralda Lombardiyada yuz berdi va u ayni kasallikka eng ko‘p chalingan viloyat hisoblanadi.

2 – Amerika Xitoyga hujum qilib, uni ushbu epidemiyaga qarshi yaxshi kurasha olmaganlik, paydo bo‘lgandan beri uni yashirib kelish hamda unga qarshi muvaffaqiyatsiz kurashda aybladi. Shunda Xitoy tashqi ishlar vazirligi matbuot voizi Chjao Litszyan bunga qattiq raddiya bildirib, 2020 yil 13 mart kuni o‘zining tvitterdagi sahifasida «Koronavirusni amerikalik askarlar Xitoyning Uxanь shahriga tashigan bo‘lishi mumkin», dedi. (Sharqul Avsat, 2020 yil 13 mart). AQSh prezidenti Tramp o‘zining hujumini davom ettirib, «Xitoyning yangi korona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kech taqdim etganligi butun dunyoga qimmatga tushmoqda», dedi. (Evronьyus, 2020 yil 19 mart). Tramp 2020 yil 16 mart kungi tvitlarida «Qo‘shma Shtatlar Xitoy virusidan zarar ko‘rgan sektorlarni, masalan aviatsiya kabi sektorlarni qo‘llab-quvvatlaydi», deya koronavirusni Xitoy virusi, deb atadi. Xitoy o‘zining tashqi ishlar vazirligi voizi orqali «Bunday izoh Xitoy imidjini buzadi. Biz buni g‘azabnok qarshi olib, qattiq qoralaymiz», deya javob berdi. (Rusiyal Yavm, 2020 yil 18 mart). Xitoy bu virusning tarqalishi ortida Amerika turibdi, degan ayblovlarni tarqata boshlaganda Vashington 2020 yil 13 mart kuni Pekindagi o‘z elchisini chaqirib olib, AQSh tashqi ishlar vazirligi rasmiysi bunday bayonot berdi: «Bunday fitna nazariyalarini tarqatish xavfli va bema’nilikdir. Biz Xitoy va butun dunyo xalqlari manfaati uchun bunga toqat qilolmasligimiz haqida Xitoy hukumatini ogohlantirishni xohlagan edik. Ammo u pandemiyaning ilk boshlanishida ko‘rgan xatti-harakatlariga nisbatan yo‘llangan tanqidlarni haspo‘shlashga urinmoqda». «Sinьxua» axborot agentligi quyidagilarni ta’kidladi: «Pekin tomonidan ko‘rilgan choralar, shu jumladan, millionlab insonlarni qattiq karantinga olish choralari tayyorgarlik ko‘rish uchun butun dunyoga «bebaho vaqt» berdi. Xalqaro hamjamiyat ham shunday fikrda…». (Rusiyal Yavm, 2020 yil 15 mart).

3 – Shunday qilib, koronavirus (Covid-19, SARS-CoV-2)ning tarqalishi to‘g‘risida Amerika bilan Xitoy o‘rtasida dahanaki jang boshlandi. Ikkala davlat ham bir-birini ushbu kasallik tarqalishining bevosita sababchisi ekanligida ayblamoqda. Shunday bo‘lsa-da, Xitoy hukumatining ham, AQSh hukumatining ham kasallik tarqalishi ortida turganligi ehtimoldan xoli emas. Biroq biz masalani o‘rganib chiqqanimizdan keyin, Qo‘shma Shtatlarning ham, Xitoyning ham koronavirusni boshqa mamlakatlarga olib borganiga yoxud uni ishlab chiqib, boshqa davlatlarga ko‘chirilishi uchun imkoniyat yaratib berganiga etarli dalillar yo‘q, degan xulosaga kelib, shu variantning ehtimoli ko‘proq, deb bilyapmiz. Bunday xulosaga kelishimizning asosan ikkita sababi bor:

Birinchi sabab: har ikkala davlat ham ayni kasallik botqog‘iga quloqlarigacha botishdi!

Masalan, yuqorida aytganlarimizga qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, korona kasalligi to‘g‘risidagi so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda ayni virusga chalinganlar soni «81272 nafarga etdi, undan o‘lganlar 3273 nafarni tashkil qildi. Bu – Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bergan ma’lumot». (Youm7, 2020 yil 23 mart). Agar kasallik tarqalishi ortida Xitoy turgan bo‘lganda edi, hech bo‘lmaganda o‘zini bundan himoyalagan bo‘lardi.

Amerikaga kelsak, «CNN Health»ga ko‘ra, AQShda koronavirusdan o‘lganlar soni 704, unga chalinganlar soni 52976 nafarga etdi. (Si-En-En Arabiy, 2020 yil 25 mart).

AQSh virusga chalinganlar soni jihatidan Xitoy va Italiyadan keyin uchinchi o‘rinda turibdi… Ko‘rilgan so‘nggi choralarga ko‘ra, amerikaliklarning uchdan bir qismi ettita shtatda uydan chiqmaslik buyrug‘iga amal qilmoqda. Chunki yakshanba kuni Luiziana va Ogayo shtatlarida kengaytirilgan tartibdagi komendantlik soati e’lon qilindi. Bu bilan bu ikki shahar Nьyu-York, Kaliforniya, Illinoys, Konnektikut va Nьyu-Jersi shtatlari qatoriga qo‘shildi. (Al-Jazira, 2020 yil 23 mart). Agar kasallikning tarqalishi ortida Amerika turganda edi, u ham hech bo‘lmaganda o‘zini himoyalagan bo‘lardi.

Ikkinchi sabab: Virusni ikkala davlatdan biri ishlab chiqqan, degan gapning to‘g‘ri emasligi. Chunki ushbu virusning laboratoriyada ishlab chiqilganiga dalil yo‘q. Masalan, «Nature Medicine» jurnalida bunday deyildi: «Virusning asosiy zanjiri va uning umumiy molekulyar tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar u tabiiy jarayonda vujudga kelgan, degan fikrni tasdiqlaydi. Agar kimdir uni laboratoriya sharoitida keltirib chiqargan bo‘lganida, biz uni virusning asosiy zanjirida ko‘rgan bo‘lar edik». (https://www.npr.org/). Bu holat Rossiya, Evropa, Eron va boshqa musulmon yurtlari kabi har qanday davlatga to‘g‘ri keladi. Chunki Xitoy va Amerika nimaga yo‘liqqan bo‘lsa bu davlatlar ham shunga yo‘liqdilar.

Demak, Alloh Taoloning quyidagi oyatida aytilganidek bo‘lgani ko‘rinib turibdi:

ظَهَرَ الْفَسَادُ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِي النَّاسِ لِيُذِيقَهُمْ بَعْضَ الَّذِي عَمِلُوا لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

«Odamlarning o‘zlari qilgan qilmishlari sababli quruqlikda ham, dengizda ham (turli) ofat-balolar yuz berdi. (Bu balo va ofatlar odamlar qilayotgan gunoh-ma’siyatlaridan) qaytishlari uchun, ularga qilgan ayrim gunohlarining (jazosini) totdirib qo‘yish uchundir»  [Rum 41]

Kapitalistlar va ularga o‘xshagan kimsalarning olamda sodir etayotgan yovuzliklarini barchamiz yaxshi bilamiz. AQSh, Rossiya, Xitoy va Evropa kabi davlatlar rahbarlari o‘z manfaatlari va nafslaridan boshqa narsaga e’tibor berishmaydi. Ular butun dunyoning va o‘z xalqlarining badbaxtligiga sabab bo‘lishdi. Ularning insoniyatga qarshi jinoyatlari juda ko‘p. Masalan, tinch aholini boyitilgan uran va napalm bombalar bilan bombalaganlar ham, Afrika qabilalarini vahshiylarcha qul qilib, ularning ustida biologik va kimyoviy tajriba o‘tkazganlar ham, qizil tanli hindularga qarshi urushlarida ularni qatli om qilganlar ham mana shulardir. Bu qilmishlarning barchasi ularning peshonalarida sharmandalik dog‘i bo‘lib turibdi. Xitoyning uyg‘ur musulmonlariga qarshi jinoyatlari butun olamni dahshatga soldi. Rossiya bilan serblarning O‘rta Osiyo, Bolqon va Shom ahliga qarshi jinoyatlari hamon davom etmoqda. Britaniyaning Hindistonda musulmon va musulmon bo‘lmaganlarga qarshi qilgan jinoyatlari oqibati hanuz o‘chgani yo‘q… Bu va boshqa ko‘plab jinoyatlar butun dunyo xalqlari ustidan hukmronlik qilayotgan mana shu rahbarlar insoniyat baxtsizligining sababchilari ekanini ochiq ko‘rsatib turibdi. Alloh azza va Jalla aytadi:

فَأَصَابَهُمْ سَيِّئَاتُ مَا كَسَبُوا وَالَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْ هَؤُلَاءِ سَيُصِيبُهُمْ سَيِّئَاتُ مَا كَسَبُوا وَمَا هُمْ بِمُعْجِزِينَ

«Bas, ularga qilgan yomonliklari etdi. Ana ulardan bo‘lgan zolim kimsalarga ham yaqinda qilgan yomonliklari etar. Ular ham qochib qutulguvchi emasdirlar» [Zumar 51]

Ikkinchi:

Kapitalistlar va ularga o‘xshaganlar ayni masalaga juda noto‘g‘ri chora ko‘rishdi. Zero, bunga qarshi ko‘riladigan to‘g‘ri choralar shar’iy choralardir:

•      Kapitalistlar va ularga o‘xshaganlar ushbu masalaga uch bosqich asosida chora ko‘rishdi:

–     Birinchi ko‘rgan choralari masalani yashirish bo‘ldi:

1 – «Xitoydagi bir hisobotga ko‘ra, Xitoy hukumati ushbu qattol kasallik mohiyatini xitoyliklardan va dunyodan yashirgan. Hukumat kasallik tarqalganini 2019 yilning dekabr oyidan oldin bilgan. Biroq, uni sir saqlagan. To yil oxiriga borib, ish kengayib ketguniga qadar uni tan olmagan. Xitoy-AQSh jurnalisti Shang Vey Vangning aytishicha, hukumat kasallik tarqalgan Uxanь shahridagi dengiz mahsulotlari sotiladigan bozorni berkitmagan, faqat joriy yilning yanvariga kelib berkitgan. Hisobotda aytilishicha, hukumat sakkiz nafar xitoylik fuqaroni ayni krizis boshlanganda kasallik haqida o‘zaro ma’lumot almashishgani uchun qamoqqa olgan. So‘ng ularni tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatish to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblagan. Uxandagi mahalliy hokimiyat o‘sha paytda ishlar normal holatda ekanini ta’kidlab, 18 yanvar kuni an’anaviy bayramni nishonlashga ruxsat bergan. Ma’lumki, unda 40 ming oila qatnashgan edi». (Sabaq veb-sayti, 2020 yil 23 mart).

2 – Shuningdek, 31 dekabr kuni Xitoy rasmiylari Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotini virus haqida xabardor qilgunga qadar, o‘z xalqini ayni krizis xavfidan dekabr oyi mobaynida ogohlantirishmadi. O‘shanda Xitoy hukumati buni «oldini olish va nazorat qilish mumkin bo‘lgan kasallik», degan edi. So‘ng yanvar oyining yigirma uchinchi kuni Uxanь shahrini yopib, kirish-chiqishlarni batamom taqiqlab qo‘ydi. (Misroviy veb-sayti, 2020 yil 23 mart).

–     Ko‘rilgan ikkinchi chora karantin va qisman izolyatsiya…

1 – «Shanba kuni Qo‘shma Shtatlardagi sog‘liqni saqlash rasmiylari yangi koronavirus bilan kasallanishning sakkizinchi holatini tasdiqladilar. AQSh mudofaa vazirligi xorijdan kelganlarning karantinga olinishi lozim bo‘lganlarini boshpana bilan ta’minlashini bildirdi… Virus paydo bo‘lgan Xitoyning markazidagi Uxanь shahri amaliy karantin holatiga o‘tdi». (Sky News Arabia, 2020 yil 12 fevral).

2 – Qo‘shma Shtatlarda esa, Nьyu-York shtatining gubernatori Endryu Kuomo «Biz karantin holatidamiz», dedi. So‘ng «Bular qo‘limizdan keladigan eng kuchli choralardir», deya qo‘shimcha qildi. Nьyu-Jersi va Illinoys shtatlariga qo‘shimcha, Nьyu-York va Kaliforniyada karantin e’lon qilinishi natijasida 85 milliondan ziyod kishi majbur uylarida qolmoqda. Ularga faqat oziq-ovqat xarid qilish va qisqa vaqt yurish uchun uyidan chiqishga ruxsat berilgan. (Deutsche Welle, 2020 yil 21 mart).

–     Ko‘rilgan uchinchi chora uylarda deyarli to‘liq shakldagi izolyatsiya…

«Dunyoda yuz millionlab kishi o‘n bir mingdan ziyod kishini yostig‘ini quritgan koronavirusning tarqalishiga chek qo‘yiladi, degan umid bilan karantinga amal qilib uylarida qolmoqda. Insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan mana shunday qattiq choralar davlatlarga qarab, turli darajada amalga oshirilmoqda. Frans-Press axborot agentligi hisobotiga ko‘ra, 30dan ziyod davlatda 800 milliondan ortiq odam majbur o‘z uyida qolmoqda. Bu holat umumiy karantin joriy qilish to‘g‘risidagi qarorlar yoki uylarda qolish to‘g‘risidagi tavsiyalar va komendantlik soati sababli yuzaga keldi. Germaniyada hukumat rasmiylari jamiyat hayotini cheklash hamda aksar aholini o‘z uylarida qolishga majburlash bo‘yicha choralarni yanada kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqishmoqda. Italiya ham ayni kasallikning tarqalishiga qarshi ko‘rayotgan choralarini yanada kuchaytirish maqsadida aholini karantinga majburlash sari tayyorlanmoqda. Ma’lumki, bu mamlakat Evropada koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan bo‘lib, virus u erda to‘rt ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Qarilar nisbati bo‘yicha ham Italiya Evropada birinchi turadi. Hukumat italiyaliklarni o‘z uylarida qolishga majburlash uchun qo‘shimcha cheklovlarni joriy qilguniga qadar, hafta oxiridagi ta’til kunlarida barcha istirohat bog‘lari va dam olish maskanlarini jamoatchilik uchun yopmoqchi. So‘nggi 24 soat ichida 627 kishi virusdan vafot etgani e’lon qilinganidan so‘ng, bu ko‘rsatgich inqiroz boshlangandan beri eng yuqori ko‘rsatgich bo‘ldi». (Deutsche Welle, 2020 yil 21 mart).

•      Ko‘rilgan ushbu uchchala choralarni obdan o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, ular muammoni hal etmasligiga, bil’aks, iqtisodni yanada barbod qilishiga amin bo‘lamiz. Bundan tashqari, bu choralar kasallikni yanada kuchaytirib, odamlar orasida zerikish va malollanishni keng yoyadi. Zero, bunday holatlar kapitalistik jamiyatlarda keng tarqalayotganini ko‘rib, eshitib turibmiz.

Shuning uchun ham Alloh Subhanahuning shariatida ko‘rsatilgan choralar ayni kasallikning to‘g‘ri muolajasidir. Ya’ni, davlat kasallikni paydo bo‘lgandan boshlab nazoratga oladi hamda kasallikni ilk kunidan boshlab, paydo bo‘lgan joyida izolyatsiya qilishga harakat qiladi. Boshqa hududlardagi sog‘lom odamlar esa, o‘z ishlarida va ishlab chiqarishlarida davom etadilar.

Imom Buxoriy o‘zining «Sahih»ida Usoma ibn Zayddan rivoyat qilgan hadisda Nabiy ﷺ marhamat qiladilar:

«إِذَا سَمِعْتُمْ بِالطَّاعُونِ بِأَرْضٍ فَلَا تَدْخُلُوهَا وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا مِنْهَا»

«Agar biror erda toun-o‘lat tarqalganini eshitsangiz, u erga kirmang. Agar o‘zingiz turgan erda tarqalsa, u erdan chiqmang». Buxoriy va Muslimda kelgan hamda Usoma ibn Zayddan rivoyat qilinib, lafzi Muslimniki bo‘lgan yana bir hadisda Payg‘ambar alayhissalom bunday deganlar:

«الطَّاعُونُ رِجْزٌ أَوْ عَذَابٌ أُرْسِلَ عَلَى بَنِي إِسْرَائِيلَ أَوْ عَلَى مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ فَإِذَا سَمِعْتُمْ بِهِ بِأَرْضٍ فَلَا تَقْدَمُوا عَلَيْهِ وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا فِرَاراً مِنْهُ»

«Toun jazo yoki azob bo‘lib, Banu Isroilga yoki sizlardan oldingi kimsalarga yuborilgan. Bas, biror erda uning chiqqanini eshitsangiz u erga bormanglar. Agar u o‘zingiz turgan erda chiqsa, ushbu o‘latdan qochib, turgan joyinglardan chiqib ketmanglar». Buxoriy Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilgan yana bir hadisda Oisha onamiz bunday deganlar: men Rosululloh ﷺdan toun haqida so‘raganimda, bunday javob berganlar:

«أَنَّهُ عَذَابٌ يَبْعَثُهُ اللَّهُ عَلَى مَنْ يَشَاءُ وَأَنَّ اللَّهَ جَعَلَهُ رَحْمَةً لِلْمُؤْمِنِينَ لَيْسَ مِنْ أَحَدٍ يَقَعُ الطَّاعُونُ فَيَمْكُثُ فِي بَلَدِهِ صَابِراً مُحْتَسِباً يَعْلَمُ أَنَّهُ لَا يُصِيبُهُ إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَهُ إِلَّا كَانَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ شَهِيدٍ»

«Toun azob bo‘lib, Alloh uni istagan kimsaga yuboradi. Mo‘minlarga esa, uni rahmat qilgan. Zero, qaysidir bandaning yurtida toun tarqalsa, u Alloh peshonaga yozgan narsadan boshqa narsa bo‘lmaydi, deb bilgan holida o‘sha yurtidan chiqmay sabr qilib o‘tirsa, albatta bitta shahid oladigan ajrga ega bo‘ladi».

Ushbu shariatda ko‘rsatilgan karantin barcha davlatlardan peshqadam bo‘lgan va birinchi darajada tsivilizatsiyalashgan bir davlatda, ya’ni, Allohdan vahi olib, Islomni chiroyli suratda tatbiq qilish bilan barchaga o‘rnak bo‘luvchi Rosul ﷺ etakchisi bo‘lgan davlatda joriy qilingan edi. Ibn Hajar «Fathul Boriy»da rivoyat qiladi: Umar roziyallohu anhu Shomga safar qildi. Sarg‘ degan joyga etib borganda, Shomda vabo chiqqani to‘g‘risida xabar keldi. O‘shanda unga Abdurrahmon ibn Avf Rosululloh ﷺning

«إِذَا سَمِعْتُمْ بِهِ بِأَرْضٍ فَلَا تَقْدَمُوا عَلَيْهِ، وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا فِرَارًا مِنْهُ»

«Agar biror erda chiqqanini eshitsangiz, u erga bormanglar. Agar o‘zingiz turgan erda chiqsa, u erdan qochib chiqmanglar», degan hadislarini eslatdi. Shunda Umar ibn Xattob orqaga qaytdi. Ya’ni, o‘lat tarqalgani haqida xabar eshitishi bilan musulmonlarni orqaga qaytarib ketdi.

Demak, Islomda davlat kasallikni o‘sha chiqqan erida izolyatsiya qilib, aholisini o‘sha erdan chiqarmaydi, u erga boshqalarni kiritmaydi… Davlat o‘zining barcha shar’iy vazifalarini ado etadi. Chunki u g‘amxo‘r va omonatgo‘y davlatdir. Shunga o‘xshash yuqumli kasalliklar tarqalgan paytda turli xil chora-tadbirlarni ko‘rar ekan, o‘zining barcha fuqarolariga tibbiy yordamni, dori-darmonlarni bepul taqdim etadi. Kasalxonalar va tibbiy laboratoriyalarni bino qilib, ta’lim va xavfsizlikni saqlash kabi davlat fuqarolarining asosiy ehtiyojlari sanalgan barcha narsalarni muhayyo qilib beradi.

Shunday qilib, to‘g‘ri muolaja – kasallikni chiqqan erida izolyatsiya qilish, bemorlarni karantinga olish, ularni g‘amxo‘rlik bilan parvarishlab, bepul davolashdan iborat bo‘lib, sog‘lom odamlar o‘z ishlarini davom ettiradilar. Ijtimoiy va iqtisodiy hayot xuddi kasallik kelib chiqishidan oldin qanday bo‘lgan bo‘lsa, o‘shanday davom etadi. Odamlarning umumiy ijtimoiy hayoti to‘xtatib qo‘yilib, o‘zlari uylarga izolyatsiya qilib qo‘yilmaydi. Iqtisodiy hayot falaj ahvolga kelishiga, yoki inqiroz yanada murakkab tus olib, qo‘shimcha muammolar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Uchinchi:

Ushbu kasallik (koronavirus)ning neftь narxiga, keyin dunyo iqtisodiga ta’siri:

Jahon iqtisodiyotining o‘sishi epidemiyasiz oddiy sharoitda ham ancha sekin ketayotgan edi… Endi, dunyo miqyosida ko‘rilayotgan choralar karantinga, to‘liq va yarim shakldagi izolyatsiyaga qarab ketayotgan ekan, nima bo‘lishini tasavvur qilavering! Zero, ushbu ko‘rilayotgan choralar global iqtisodiyotni yanada sekinlashtirib yuboradi, butunlay vayron qilmasa agar!

Darhaqiqat, koronavirus global savdoni falaj qilib, neftь narxini jarlikka qulatdi. Neftь narxi juda past darajaga tushib ketdi. Ushbu virus Rossiya va Saudiya o‘rtasida narxlar urushini keltirib chiqardi. Bunga sabab, neftь sanoatiga qattiq suyanib qolgan Rossiya neftь ishlab chiqarishni oshirishga majbur bo‘lgan edi. Amerika ham Saudiyani Rossiyaga qarshi turish uchun ishlab chiqarishni oshirishga undadi. AQSh prezidenti Tramp 2020 yil 19 mart kuni Rossiyaga tahdid qilib, «Rossiya bilan Saudiya o‘rtasidagi narxlar urushiga munosib vaqtda albatta aralashishini», aytib o‘tdi. (Amerikaning «Hurra» telekanali, 2020 yil 19 mart). Joriy oyda ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha uch yil davom etgan Rossiya-Saudiya kelishuvi buzilgach, Saudiya Amerika foydasi uchun bozor ulushlari ustida Rossiyaga qarshi kurashni boshladi. Koronavirus tarqalishi sababli neftga bo‘lgan talab butun dunyoda pastlab ketgan bir paytda, bu kurashda ikkala davlat ham neftь ishlab chiqarishga bor kuchlarini sarflashmoqda. Natijada, joriy hafta neftь narxlari yigirma yil ichida eng past darajaga tushib ketdi. Ya’ni, Brent markasidagi xom neftь fьyucherslari pastlab, bir barrel neftь narxi 28.75 dollarga tushdi. (Rosneftь kompaniyasi matbuot voizi Mixail Lionьtev Rossiya axborot agentligiga bunday bayonot berdi: «OPEK+ bitimining bir necha bor uzaytirilishi natijasida barcha neftь hajmi qisqartirildi. Bu esa, uning o‘rnini jahon bozorida Amerikaning slanets nefti to‘liq va sur’at bilan egallashiga olib keldi». (Reyter, 2020 yil 8 mart). Biroq ruslar Saudiyaning Amerikaga tobeligini bilishsa-da, neftь inqirozi oldida hech qanday chora ko‘risholmadi. Aksincha, Saudiya «2.1 million barrelga tushirish» aytilgan eski bitimni uzaytirmaslikka qaror qilish bilan Rossiyaga nisbatan inqirozni yanada kuchaytirdi va neftь ishlab chiqarishni oshirib yubordi: «Dushanba kuni neftь narxi o‘z qiymatining uchdan bir qismini yo‘qotdi va bu 1991 yildagi Ko‘rfaz urushidan keyingi eng katta yo‘qotish hisoblanadi. Shunday qilib, Brent markasidagi xom neftь fьyucherslari 22 foizga tushib, bir barreli 37.05 dollarni tashkil qildi. Avvalroq 31 foizga tushib, 31.01 dollarni tashkil etgandi va bu 2016 yil 12 fevraldan beri eng past ko‘rsatgichdir». (Reyter, 2020 yil 9 mart). Keyin Saudiya Osiyodagi mijozlari uchun neftь narxini 6 dollarga tushirdi! Bugunga kelib Rossiya OPEK+ bitimiga qaytish yo‘llarini qidirib, navbatdagi pastlashlarga moslashishga harakat qilyapti!

Shunday qilib, koronavirusning tarqalishi va neftь narxining pastlashi oqibatida dunyo iqtisodiyoti qattiq silkinishga duch keldi. Agar ahvol shunday davom etaveradigan bo‘lsa, global iqtisodiyot butunlay vayron bo‘lish ham mumkin.

To‘rtinchi: yana bir masala qoldi. Masjidlarda jum’a namozi va jamoat namozlarini taqiqlash joizmi?

Yuqumli kasalliklar tarqalgan holatda jum’a va jamoat namozlari ommaviy ravishda tark etilmaydi. Balki kasallar izolyatsiya qilinib, jamoat va jum’a namozlari uchun masjidga kiritilmaydi. Shuningdek, gigiena va dezinfektsiya kabi barcha tadbir-choralar ko‘riladi. Zarur bo‘lsa, maska taqish va undan boshqa tadbirlar ham olinadi… Keyin sog‘lom kishilar jum’a va jamoat namozlarini to‘xtatib qo‘ymay, uni ado etadilar. Zarur bo‘lsa, tibbiy xodimlar guruhi masjidlar oldiga qo‘yiladi. Ular namozga kelganlar orasida kasal bo‘lganligi gumon qilingan kishilarni tekshirib turadilar. Mana shunday choralar ko‘rilishi mumkin. Ammo sog‘lom musulmonlar uchun jum’a va jamoat namozlari bekor qilinmaydi. Chunki jum’a va jamoat namozlari haqida kelgan dalillar doimiy ravishda to‘xtatib qo‘yishni o‘z ichiga olmaydi. Shuningdek, ayni ibodatlarni ado qilishda juda katta son bo‘lishni ham talab qilmaydi. Bu haqda quyida bayon qilamiz… Ba’zi musulmonlarning jum’a va jamoat namozlariga ayrim xos sabablar tufayli kelmay qolishlari ham uzrga o‘tadi. Buni ham quyida bayon qilamiz:

1 – Jamoat namoziga nisbatan olsak, u farzi kifoya:

Jamoat namozi farzi kifoya bo‘lib, uni odamlarga namoyish qilish kerak. Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy ﷺ bunday deganlar:

«مَا مِنْ ثَلَاثَةٍ فِي قَرْيَةٍ وَلَا بَدْوٍ لَا تُقَامُ فِيهِمْ الصَّلَاةُ إِلَّا قَدْ اسْتَحْوَذَ عَلَيْهِمْ الشَّيْطَانُ، عَلَيْكَ بِالْجَمَاعَةِ فَإِنَّمَا يَأْخُذُ الذِّئْبُ مِنَ الْغَنَمِ الْقَاصِيَةَ»

«Biror qishloq yoki sahroda uch kishi bo‘lsayu, ammo namozni barpo etmasalar, ularni albatta shayton egallab oladi. Siz jamoat namozini mahkam tuting. Chunki bo‘lingan qo‘yni bo‘ri er». (Abu Dardo hasan sanad bilan rivoyat qilgan). Bu hadis jamoat namoziga taalluqli bo‘lib, jamoat namozi farzi kifoyadir. Bunga dalil shuki, ba’zi musulmonlar Rosululloh ﷺ bilan jamoat bo‘lib namoz o‘qishni tark qilganlarida ul zot ularning uyini yoqib yuborish bilan tahdid qilganlar. Ammo yoqib yubormaganlar: Imom Buxoriy Abu Hurayradan ushbuni ishlab chiqqan: Rosululloh ﷺ marhamat qildilar:

«وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ آمُرَ بِحَطَبٍ فَيُحْطَبَ ثُمَّ آمُرَ بِالصَّلَاةِ فَيُؤَذَّنَ لَهَا ثُمَّ آمُرَ رَجُلاً فَيَؤُمَّ النَّاسَ ثُمَّ أُخَالِفَ إِلَى رِجَالٍ فَأُحَرِّقَ عَلَيْهِمْ بُيُوتَهُمْ وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ يَعْلَمُ أَحَدُهُمْ أَنَّهُ يَجِدُ عَرْقاً سَمِيناً أَوْ مِرْمَاتَيْنِ حَسَنَتَيْنِ لَشَهِدَ الْعِشَاءَ»

«Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, (bir kishini) o‘tin terishga yuborib, terib kelgandan so‘ng, namozga azon aytilishiga buyursam-u, azon aytilgandan keyin bir kishini (o‘rnimga) imom qilib tayinlab, o‘zim jamoat namoziga chiqmaydigan erkaklarning uyiga bildirmasdan borib, ularning uylarini yoqib yuborsam, deb qolaman. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ular masjidda bir parcha go‘sht (yoki ustuxon) yoki chiroyli ikki kamon o‘qi borligini bilishsa, albatta xufton namoziga kelgan bo‘lar edilar». Agar jamoat namozi har bir musulmonga farzi ayn bo‘lganda edi, ul zot jamoat namoziga kelmaydiganlarni tek qo‘ymagan bo‘lar edilar. Bu erda jamoat namozini xufton namozi, deb zikr qilingan. Jamoatning eng ozi ikki kishidir. Ya’ni imom va imomga ergashuvchi. Bunga dalil Molik ibn Huvayris rivoyat qilgan hadisdir. Molik aytadi: Bir do‘stim bilan birga Nabiy ﷺning oldilariga bordik. Keyin qaytishga ruxsat so‘ramoqchi bo‘lib turgandik, ul zot bizga bunday dedilar:

«إِذَا حَضَرَتْ الصَّلَاةُ فَأَذِّنَا ثُمَّ أَقِيمَا وَلْيَؤُمَّكُمَا أَكْبَرُكُمَا»

«Agar namoz vaqti kirsa, azon va iqomat aytinglar va ikkingizdan yoshi kattangiz imom bo‘lsin». (Muslim ishlab chiqqan). Jamoat namozi faqat shar’iy uzr bilangina qoldiriladi. Kechasi sovuq bo‘lsa yoki yomg‘ir yog‘sa shar’iy uzr yuzaga kelgan bo‘ladi. Buxoriy rivoyat qilgan ushbu hadis shu haqda kelgan:

«كَانَ يَأْمُرُ مُؤَذِّناً يُؤَذِّنُ ثُمَّ يَقُولُ عَلَى إِثْرِهِ أَلَا صَلُّوا فِي الرِّحَالِ فِي اللَّيْلَةِ الْبَارِدَةِ أَوْ الْمَطِيرَةِ فِي السَّفَرِ»

«Rosululloh ﷺ muazzinni azon chaqirishga buyurardilar. So‘ng ortidan namozni uyinglarda o‘qinglar, der edi. Kechasi sovuq bo‘lsa yoki safarda yomg‘ir bo‘lib qolsa, shunday qilinardi».

2 – Jum’a namoziga kelsak, u farzi ayn bo‘lib, faqat uzr bilangina qoldiriladi. Bunga dalillar talaygina. Jumladan:

Alloh Taoloning ushbu kalomi:

إِذَا نُودِي لِلصَّلاَةِ مِنْ يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ

«Ey mo‘minlar, qachon Jum’a kunidagi namozga chorlansa (ya’ni azon aytilsa), darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar!» [Jum’a 9]

Ushbu oyatdagi buyruq vojiblikni anglatadi. Bunga mubohdan qaytariq qarinasi dalil bo‘lib, talabning qat’iyligiga dalolat qiladi. Hokim ikki sahihning «Mustadrak»ida Toriq ibn Shihob orqali ushbuni ishlab chiqqan: Abu Muso Nabiy ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«الْجُمُعَةُ حَقٌّ وَاجِبٌ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ فِي جَمَاعَةٍ إِلَّا أَرْبَعَةٌ: عَبْدٌ مَمْلُوكٌ، أَوِ امْرَأَةٌ، أَوْ صَبِيٌّ، أَوْ مَرِيضٌ»

«Jum’a namozi jamoadagi har bir musulmonning vojib haqqidir. To‘rt kishi bundan mustasno: birovning quli, ayol kishi, yosh bola va bemor». (Hokim buni ikki shayx sharti bilan sahihdir, degan). Xavf-xatarda qolgan kishiga ham jum’a vojib bo‘lmaydi. Bunga Ibn Abbos roziyallohu anhuning ushbu rivoyati dalil: Nabiy ﷺ aytdilar:

«مَنْ سَمِعَ النِّدَاءَ فَلَمْ يُجِبْهُ فَلَا صَلَاةَ لَهُ إلَّا مِنْ عُذْرٍ، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ وَمَا الْعُذْرُ؟ قَالَ: خَوْفٌ أَوْ مَرَضٌ»

«Kimda-kim azonni eshitsa-yu, uzrsiz namozga kelmasa uning namozi namoz emas. Yo Rosululloh, nima uzr bo‘ladi? deb so‘rashdi. Payg‘ambar alayhissalom: Xavf-xatar yoki kasallik, deb javob berdilar». (Bayhaqiy «Sunani kubro»da ishlab chiqqan). Shunday qilib, jum’a namozi har bir musulmonga vojibdir. Ammo biror shar’iy nusus kelgan bo‘lsa, bu buyruqni istisno qiladi. Istisno qiladigan nusus kelmagan kishilar bo‘lsa, jum’a ularga farzi ayn bo‘ladi. Shar’iy uzr mana shular bo‘lib, bularga boshqa holatlarni qiyos qilinmaydi. Chunki shar’iy nususda vorid bo‘lgan uzrgina shar’iy uzr bo‘lib, ibodatlarda qiyosga o‘rin yo‘q. Chunki ibodatlarda qiyos qilish uchun birorta ham illati aytilgan nusus kelmagan… Jum’a namozi uchun musulmonlardan bir adad bo‘lishi shart qilingan. Sahobai kiromlar jum’a namozi uchun albatta adad bo‘lishiga ijmo qilganlar. Shuning uchun adad bo‘lishi shart. Muayyan adad bo‘lishi shart qilinmagan. Chunki jamoat deyiladigan har qanday adad – modomiki, jamoat hisoblanar ekan – jum’a namozi durust bo‘ladigan adad hisoblanadi. Chunki jum’aning jamoat ekanligi Toriqning yuqoridagi hadisi bilan isbotlangan:

«الْجُمُعَةُ حَقٌّ وَاجِبٌ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ فِي جَمَاعَةٍ»

«Jum’a namozi jamoadagi har bir musulmonning vojib haqqidir». Zero, adad sahobalar ijmosi bilan sobitdir. Lekin, jum’a borasida muayyan adadga dalolat qiluvchi biror hadis kelmagan. Biroq, jamoat va adad bo‘lishi kerak. Bu esa, uch va undan ko‘p kishi bilan bo‘ladi. Chunki ikki kishi hech bir jamoada adad hisoblanmaydi. Shunga binoan, jum’a sahih bo‘lishi uchun jum’a o‘qishi vojib bo‘lgan (uzrsiz) kishilardan uch kishi bo‘lishi kerak. Agar uch kishi bo‘lmasa, u to‘g‘ri bo‘lmaydi va jum’a, deb atalmaydi. Chunki unda adad topilmadi. Darhaqiqat, jum’a namozi uchun adad bo‘lishi kerakligiga ijmo qilingan.

Shunday qilib, Xalifalik davlatida jum’a va jamoat namozi bekor qilinmaydi. Balki bu namozlarga shar’an uzrli bo‘lgan kishi hozir bo‘lmaydi, qolganlar esa, hozir bo‘ladilar. Ammo «hammaga kasallik yuqib ketyapti, shuncha ehtiyot tadbirlari olinishiga qaramay, undan qutulib bo‘lmayapti», degan gumon g‘olib kelsa, bu zaif bir ehtimoldir. Ayniqsa, jamoat namozi uchun eng ozi ikki kishi, jum’a namozi uchun uch kishi talab qilingan ekanmi, bunaqa ozginagina odamning yig‘ila olishi rojihroq. Farazan, narigi ehtimol to‘g‘ri bo‘lgan taqdirda ham, unga faqat o‘sha hududning o‘zida amal qilinadi. Demak, bu masalaga diqqat va omonat bilan qaramoq darkor. Agar adad topiladi degan gumon g‘olib bo‘lsa, jum’a va jamoat namozlari bekor qilinmaydi. Balki, hamma ehtiyot choralari ko‘rilib ado qilinadi. Ehtiyotkorlik farzni tark qilishni anglatmaydi. Balki, barcha choralarini ko‘rish barobarida, kasallikdan saqlanish uchun ehtiyotkorlikni qo‘ldan berilmaydi.

Bu masalada to‘g‘ri deb bilganim hukm mana shu. Agar davlat yuqorida aytganimizdek, g‘olib kelgan gumonni ro‘yobga chiqarishga harakat qilmasdan masjidlarni yopib qo‘ysa, odamlarning jum’a va jamoat namozlarini ado qilish uchun masjidga borishlariga to‘sqinlik qilsa, bunday davlat jum’a va jamoat namozlarini to‘xtatib qo‘ygani uchun juda katta gunohni sodir etgan bo‘ladi.

So‘zim nihoyasida shuni aytmoqchimanki, musulmon yurtlaridagi hukmdorlarning mustamlakachi kofirlarga qarichma-qarich ergashayotgani haqiqatdan juda alamli holdir. Zero, agar mustamlakachi davlatlar muayyan bir kasallikni muolaja qilishda qiynalgan paytlarida ham, bu hukmdorlar ularga ergashib ketmoqdalar. Agar biror echimni qo‘llashsa, bu echim noto‘g‘ri bo‘lsa ham, hukmdorlar uni olqishlab, mana shu to‘g‘ri, mana shu shifo, deb aytishyapti! Ha, ushbu koronavirus epidemiyasi butun yurtlar va fuqarolarni o‘tirg‘izib, falajlab qo‘yishi eng alamlisi bo‘ldi. Hatto omma hayoti to‘xtab qolay dedi… Holbuki, musulmon yurtlari ilgari bu kabi holatlarni ko‘p boshdan kechirgan. Masalan, toun-o‘lat bilan sinaldi. Holbuki, o‘zi o‘sha paytda, hijratning o‘n sakkizinchi yili Shomda rumliklarga qarshi shiddatli urush olib borayotgan edi. Hijratning oltinchi yili o‘rtasida ham «shaqfa» balosi bilan sinaldi. Bu kasallik hozirda «chipqon», deb atalyapti. O‘shanda shaqfa Shomdan Marokashgacha tarqalgan. Bu – staf bakteriyalari (bakteriyalardan bir turi) bilan yuqadigan teri yarasi kasalligidir. Bundan tashqari, musulmonlar hijriy sakkizinchi asr o‘rtalari (hijriy 749 yil)da Damashqda «touni a’zam» (kuchli o‘lat), deyilgan narsaga mubtalo bo‘lgan. Ammo bu holatlarning barchasida masjidlar yopilmagan, jum’a va jamoa namozlari to‘xtatilmagan, odamlar uylariga hibs etilmagan. Balki, kasallar izolyatsiya qilingan va sog‘lar o‘zlarini jihod qilish va er yuzini obod etish kabi ishlarini davom ettirganlar. Masjidlarga qatnab, namozlar o‘qib, Allohga duolar qilib, Undan bunday yovuz dardlardan asrashini so‘raganlar. Bundan tashqari, bemorlarga g‘amxo‘rlik bilan sog‘liqni saqlash ishlarini olib borganlar. Mana shu haqiqatdir. Ammo haqiqatdan keyin yo‘ldan ozish bor, xolos.

فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلَّا الضَّلَالُ

«Haqiqatdan keyin esa, faqatgina yo‘ldan ozish bor, xolos» [Yunus 32]

8 sha’bon 1441h

26 mart 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.